Telegram Web Link
🟥🟥🟥

Millat shamchirog’i bo’lgan hurmatli kutubxonachilar!


Sizlarni 21-may — Respublikamizda Kutubxonachilar kuni bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati nomidan chin yurakdan muborakbod etaman!

Yosh avlodning yorqin kelajagiga mustahkam poydevor qo’yishga hissa qo’shayotgan barcha zahmatkash va ziyokor kutubxonachilarga sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va faqat muvaffaqiyatlar yor bo’lishini tilayman.

Jamiyat salohiyatini yuksaltirish, savodxonligini oshirish va ma’naviyat sari chorlashdek sharafli ishingizda doim zafarlar hamrohlik qilsin. Yuzingiz yorug’, martabangiz hamisha ulug’ bo’lsin!

Yana bir bor kasb bayramingiz bilan tabriklayman, aziz kutubxonachilar!

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📸👩‍🏫👨‍🏫

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

21-may kuni amerikalik mutaxassis Ilene Giamanco va AQSh elchixonasi vakili Feruz Akobirov O’zDJTU huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markaziga tashrif buyurdi.


Uchrashuv davomida amerikalik mutaxassis Ilene Giamanconi malaka oshirishda dars berishga jalb qilish maqsadida suhbat bo'lib o'tdi.

Ilene Giamanconing 2024-yil sentyabr oyidan ish faoliyatini boshlashi rejalashtirilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

O'zDJTU 3-talabalar turar joyida O'zbekiston xalq shoirasi Xalima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yiligiga bag'ishlangan “Oila va jamiyat, tarbiya, she'riyat” mavzusi doirasida davra suhbati bo’lib o’tdi.


Dastur Ingliz tili uchinchi fakulteti Xotin-qizlar bo'yicha dekan maslahatchisi X.Nishanova, Ingliz tili birinchi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi M.Aripova, TTJ pedagogi X.Ravshanov tomonidan tashkil etildi.

Suhbat davomida talabalar tomonidan Xalima Xudoberdiyevaning she'rlari yoddan aytildi va shoiraning hayot yo'li, ijodi haqida so'z yuritildi. Bir qator mavzular haqida qizg’in muhokamalar olib borildi.

📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 20:33:36
Back to Top
HTML Embed Code: