Telegram Web Link
0️⃣0️⃣0️⃣🏆🏆🏆

Bugun respublika Yosh tomoshabinlar teatrida Frankofoniya-2024 tadbirlari doirasida Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida teatr tanlovi boʻlib oʻtdi.


Unda Respublikamizning 20 dan ortiq taʼlim tashkilotlaridan jamoalar ishtirok etdi.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 3 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

- Eng yaxshi aktyor nominatsiyasida Roman-german filologiyasi fakultetining 4-kurs talabasi Axmedov Temur;

- Eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Roman-german filologiyasi fakultetining bitiruvchi talabasi Faylyasova Diana;

— Eng yaxshi spektakl nominatsiyasida Tarjimonlik fakulteti teatr jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Jamoani tanlovga tayyorlovchi Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi Davronova Zulfiya Boboyevna va barcha ishtirokchi talabalarni ushbu gʻalaba bilan tabriklaymiz.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

17- may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent viloyati Chinoz tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 26- 17- 21-41 sonli maktablar oʻrtasida universitet talabalarini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida MEMORANDUM imzolandi.

Unga koʻra, universitet talabalar bandligini taʼminlash maqsadida tashkilotning vakant oʻrinlari haqidagi eʼloniga muvofiq talabalarning oʻqishdan boʻsh vaqtlarida ishga yuborish, tashkilot esa ularni mehnat shartnomasi asosida toʻliqsiz ish kuni rejimi bilan ishga qabul qilishga kelishib olindi.

Mazkur memorandum asosida talabalarning mehnatini tashkil etish boʻyicha tashkilotning vakant oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni talabalarga yetkaziladigan boʻldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/26 10:22:23
Back to Top
HTML Embed Code: