Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Фарзандим 40 кунлигидаёқ ўқишга чиққанман” – билими сабаб 20 дан ортиқ давлатда бўлган хоразмлик қиз ҳикояси

Хоразмлик Ўғилнур Атаева бир неча йил олдин президент таклифи билан Тошкентда вазирликлардан бирида иш бошлаган. “1,5 ёшда дадам вафот этиб, болалик нималигини билмай катта бўлганман. 19 ёшда турмушга чиққач, қайнота-қайнонам ўқитишди. Шундан кейин муваффақиятларим бошланди”, дейди Ўғилнур ўзи ҳақида.

📹 ТЎЛИҚ СУҲБАТНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
0️⃣0️⃣0️⃣🏆🏆🏆

Bugun respublika Yosh tomoshabinlar teatrida Frankofoniya-2024 tadbirlari doirasida Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida teatr tanlovi boʻlib oʻtdi.


Unda Respublikamizning 20 dan ortiq taʼlim tashkilotlaridan jamoalar ishtirok etdi.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 3 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

- Eng yaxshi aktyor nominatsiyasida Roman-german filologiyasi fakultetining 4-kurs talabasi Axmedov Temur;

- Eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Roman-german filologiyasi fakultetining bitiruvchi talabasi Faylyasova Diana;

— Eng yaxshi spektakl nominatsiyasida Tarjimonlik fakulteti teatr jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Jamoani tanlovga tayyorlovchi Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi Davronova Zulfiya Boboyevna va barcha ishtirokchi talabalarni ushbu gʻalaba bilan tabriklaymiz.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/19 23:32:22
Back to Top
HTML Embed Code: