Telegram Web Link
Forwarded from 3rd English faculty (Sarvinoz Iminjonova)
🟥🟥🟥0️⃣0️⃣0️⃣

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha asosida “KOMPARATIVISTIKA” (COMPARATIVE STUDIES) ilmiy-uslubiy jurnali tashkil etildi va birinchi soni eʼlon qilindi.

“Komparativistika” (Comparative Studies) ilmiy elektron jurnali fan nomzodlari va fan doktorlari, yosh olimlar, mustaqil tadqiqotchilar, oʻqituvchilar va magistrantlarning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tadqiqot natijalari aks etgan maqolalarini eʼlon qilish uchun qabul qiladi.

Maqolalarni taqdim qilish uchun O'zDJTU Jahon adabiyoti kafedrasiga murojaat qilishingiz mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 20:41:49
Back to Top
HTML Embed Code: