Telegram Web Link
2️⃣2️⃣2️⃣

4-may kuni OʻzDJTUda “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida “Rektor va talaba-yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.


Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov qatnashdi va tadbirni ochib berdi.

Shuningdek, tadbirda Uchtepa tuman Bandlikka koʻmaklashish va kambagʻallikni qisqartirish markazi xodimlari, maktab direktorlari ish beruvchi tashkilot sifatida ishtirok etdi.

Dastur davomida tadbir mehmoni Uchtepa tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari O.Raxmonberdiyev soʻzga chiqib, yoshlarga eʼtibor va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida soʻzlab oʻtdi. Shuningdek, talabalarning taklif va mulohazalari bilan qiziqdi. Talabalar tomonidan taklif hamda muammolarga qisqa fursatda yechim beriladigan boʻldi.

Tadbir davomida universitetning Marketing va talabalar amaliyoti bоʼlimi boshligʻi Boxodir Odilov 8-may kuni universitetda Ish beruvchi tashkilotlar bilan “Mehnat yarmarkasi” boʻlib oʻtishi haqida xabar berib, yarmarkaga barcha bitiruvchi yoshlarni taklif etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚖️👨‍💻👩‍💻💬

4-mayda O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti tomonidan «Fan. Madaniyat. Til: Nazariya va amaliyotning dolzarb muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.

Dasturni O’zDJTU rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich ochib berdi.

Konferensiyada yurtimizdagi nufuzli oliygohlardan kelgan professor- ustozlar, fakultet talabalari o’zlari tanlagan mavzularda nutq soʻzladi.

Anjuman zamonaviy tarjimashunoslik, qiyosiy va chogʻishtirma tilshunoslik, chet tili ta'limining dolzarb mummolari, chet tilini o'qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar, fanda yaratilgan innovatsiyalar, tajriba va yutuq, roman-german tilshunoslikning dolzarb masalalari, mutaxasislik fanlarini o'qtishda xorijiy til va tarjimaning o'rni masalalari, kompyuter va korpus lingvistikasi, xorijiy tillarni oʻqitishda zamonaviy uslublar, raqamli texnologiyalar kabi dolzarb mavzularga bagʻishlandi.
 
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📕Joriy yilning 4-may kunida O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida ''5-may Xalqaro Sayg'oqlarni asrash kuni'' munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy, targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.
📒Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovinlari Sh. Nazarov , S.Ibragimov fakultet tyutorlari va talabalar tadbirda ishtirok etishdi. Tadbir qiziqarli savol-javob tarzida tashkil qilindi.
2024/10/05 01:28:18
Back to Top
HTML Embed Code: