Telegram Web Link
🗓Joriy yilning 2-may sanasida Tarjimonlik fakulteti tyutorlari G.Gayirova va M.Hamidova oʻziga biriktirilgan GID-2225 va2228 guruh talabalarini xalqimizning Buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasini aks ettiradigan, otalarimiz va bobolarimizning fashizmga qarshi kurashdagi qahramonligini abadiylashtirgan, ularning ibratli jasorati va matonatiga bo‘lgan katta hurmatimizdan dalolat beradigan "G'alaba bog'i''ga sayohat tashkil qilishdi.
🏛 Sayohat mobaynida talabalar juda ham mamnun boʻlishdi va oʻzlariga kerakli boʻlgan ma’lumotlarni olishdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan “Ommaviy axborot vositalari global davrida o’zlikni, qulay muhit va barqaror axborot makonini qanday saqlash kerak?” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov ishtirok etib, “Sifatli tadqiqotlar orqali media ta’lim loyihalarini amalga oshirish” mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, dekan bugungi kunda universitetda madiata’limni o’qitish bo’yicha qo’llanib kelinayotgan metodikalar, tajribalar haqida gapirib o’tdi.

Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar agentligi, O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi, YUNESCOning O’zbekistondagi vakolatxonasi, “Yuksalish” umummilliy harakati mas’ullari, O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston Respublikasidagi jurnalist kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, NNTlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/05 09:20:23
Back to Top
HTML Embed Code: