Telegram Web Link
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫
#Inson uchun

Toshkentda nogironligi boʻlgan shaxslar ishlab chiqargan mahsulotlarning savdo koʻrgazmasi bugun oʻz ishini boshladi.

1−may kuni “Oʻzekspomarkaz”da nogironligi boʻlgan shaxslar ishlayotgan korxonalarning mahsulotlari namoyish etiladigan “Inson uchun” savdo koʻrgazmasida OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etib, universitet uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni xarid qilish maqsadida jami 669 million soʻmlik shartnoma imzolashga erishdi.

Koʻrgazmada 200 ga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlar ishtirok etdi. Unda OʻzDJTU rahbariyati vakillari talabalar turar joyi uchun zarur mebel, toʻqimachilik, sport, texnika, poligrafiya va boshqa turdagi mahsulotlarni xarid qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan Ingliz tili birinchi fakulteti tyutori Rustamova Surayyo hamkorligida 1-bosqich tаlabalari uchun "O'quv mativlari" mavzusida psixologik trening tashkil etildi.

Trening davomida mavzu haqidagi kerakli psixologik ma'lumotlarga to'xtalib, talabalarga foydali va kerakli psixologik manbalar yetkazildi.

Ushbu trening so'ngida talabalar o'zlariga qiziq bo'lgan savollarga mutaxassis tomonidan javob olishdi.

#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
Forwarded from Uchtepa tuman hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔔 “Ma’rifat ulashib” g’oyasi asosida Uchtepa tumani hokimi F.Abdullayev, O‘zDJTU rektori I.Tuxtasinov bilan Ma’naviyat va ma’rifat saroyida “Yoshlar bilan ochiq muloqot” uchrashuvi tashkil etildi.

📌Muloqat davomida yoshlar tomonidan savollar va takliflar bildirildi.

🖌Tuman hokimi va O‘zDJTU rektori o‘rtasida “Mahalla yoshlari uchun xorijiy tillar (rus, ingliz, nemis, fransuz, xitoy va koreys) o‘quv kurslarini bepul tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi va 60 ta mahallalarga 60 ta valontyorlar biriktirildi.

📚Hokim va sektor rahbarlari tomonidan talabalar turar-joy kutubxonasiga kitoblar to`plami sovg'a qilindi.

👉https://www.tg-me.com/uchtepahokimligi

Web-site |facebook | instagram | youtube
#Favvoralar_kuni

Har yili O'zbekistonimizda 1-may "Favvoralar kuni " sifatida nishonlanib kelinadi.

⛲️ Shu sana munosabati bilan joriy yilning 1-may sanasida O'ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti tyutorlari hamda talabalari tomonidan "Favvoralar kuni" ga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.

🇺🇿 Tadbir davomida talabalar tomonidan favvoralar to’g’risida ma'lumotlar berilib hamda yurtimizni madh etuvchi she'rlar o'qildi.

#Fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
2024/10/05 15:25:07
Back to Top
HTML Embed Code: