Telegram Web Link
0️⃣0️⃣0️⃣

📣 30-aprel kuni OʻzDJTU rektori I.M.Tuxtasinovning tashabbusi bilan oliygoh tarkibidagi Ingliz va Tarjimonlik fakultetlarida Pedagogik qayta tayyorlash tarmoq markazi direktori A.Abidjanov hamda Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi B.Odilov rahbarligida targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.

O’zDJTU qayta tayyorlov kurslari tashkil etilishini targʻib etish hamda talabalarni bandligini taʼminlash maqsadida universitet huzuridagi pedagoglarni qayta tayyorlash tarmoq markazida ingliz tili, rus tili, gid-tarjimonlik kurslari hamda aviabort kuzatuvchilari (styuardessa) boshlangʻich kursi ochilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtildi.

Maʼlumot uchun: Talabgorlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kurslarda tahsil olishlari mumkin:
▶️ Chet tili oʻqituvchilarini qayta tayyorlash boʻyicha:
- til mutaxassislari uchun 4 oylik (576 soat);
- nomutaxassislar uchun 8 oylik (1152 soat);

▶️ Rus tili boʻyicha 5 oylik qayta tayyorlov kurslari (720 soat);

Kurslar OTMni tamomlaganlar uchun boʻlib, maktab, akademik litsey, kollej va texnikumlarda dars berish imkonini taqdim etadi. Kurslarni tugatgandan soʻng chet tillari oʻqituvchisi sifatida dars o’tish huquqini beruvchi diplom beriladi.

▶️ Gid-tarjimonlarni qayta tayyorlash 5 oylik kursi (630 soat);

Kurslarni tugatgandan soʻng sertifikat beriladi hamda gid-tarjimon davlat reyestriga kiritiladi.

Aviabort kuzatuvchilari (styuardessa) 1 oylik boshlangʻich kursi

🗓 Boshlanish sanasi: 2024-yil 1-may

📌 Qoʻshimcha maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun manzil: @Jahon_tillari_malaka_oshirish

☎️ Telefon: 90-336-56-01

Badlik va ishga joylashish masalasida
☎️: 90-788-03-30

Batafsil: OʻzDJTU KARYERA MARKAZI VA BANDLIK MARKAZI | https://www.tg-me.com/karyera24

📌Manzil: Toshkent shahar Uchtepa tumani Kichik halqa yoʻli G9A mavzesi 21-uy, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakulteti 1-qavat 129-xona yoki 6-qavat 622-xona.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/05 22:48:06
Back to Top
HTML Embed Code: