Telegram Web Link
Forwarded from UzSWLU Team ⚽️ (Abdulloh Shuxratovich)
🔴 Coca-Cola Students Cup. Dastlabki bosqichga qur’a tashlandi.

Fiskal vs UzSWLU

📅29-aprel
⌚️Soat 15:30

📍Manzil

@uzswlu_football_team
Share↗️
🟩🟩🟩🟩
👨‍💻👩‍💻🧠

29-aprel kuni O’zDJTU da Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha koʻngillilar (volontyorlar) uchun seminar-trening tashkil etildi.


Dastur tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan maʼruza shaklida olib borildi.

Seminar-treningni O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Universiteti mas’ul xodimi tomonidan protokol haqida tushuncha, etiket turlari va muloqot qoidalari, delegatsiyani kutib olish, salomlashish, muomala qoidalari eslatib o’tildi.

Shuningdek, Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan investitsiya, sanoat va savdo bo‘yicha tanishtiruv, yurtimizda investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan islohotlar va investorlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Yakunda seminar-trening ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob va ko’rsatmalar taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥

Talabalar va professor-o'qituvchilar o'rtasida oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash bo'yicha talabalar va professor o'qituvchilar o'rtasida so'rovnoma boshlandi!

Ushbu so'rovnoma barcha davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalari va professor-o'qituvchilari uchun bo'lib, survey.hemis.uz sayti orqali HEMIS platformasidagi login-parolini kiritishi bilan so'rovnomada o'z fikrini bildirishlari mumkin.

Izoh: Avvalroq ushbu so'rovnoma faqat vazirlik tasarrufidagi oliy ta'lim muassasalari uchun edi, keyinchalik boshqa vazirlik va idoralar huzuridagi oliy ta'lim muassasalari ishtirok etishi belgilandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻👩‍💻🧠

29-aprel kuni O’zDJTU psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan psixokorreksion ishlar reja asosida amalga oshirildi.


"Hayot go‘zal, yashamoq zavqli" shiori ostida o'tgan psixologik treningda Tarjimonlik fakulteti tyutori G.Odilova hamda 3-bosqich talabalari ishtirok etishdi.

Treningda shaxslararo munosabatlar,
oilaviy munosabatlar, farzand va
ota-ona munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan buzilishlarni to'g'irlashga, o‘zaro ijobiy aloqalarni hosil qilishga qaratilgan dastur asosida mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 3rd English faculty (Sarvinoz Iminjonova)
O’zDJTU Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi MGLU-102 guruh talabalari Toshkent yapon bog’iga tashrif buyurdi.

Dastur davomida talabalar tabiat qo’ynida ingliz tilidan ochiq dars o’tkazishdi, ekologik lug'atlar yod olishdi va ingliz tilida maroqli suhbat qurishdi.

Bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazish maqsadida tashkil etilgan tashrif talabalarda ajoyib taassurot qoldirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2024/10/06 16:22:59
Back to Top
HTML Embed Code: