Telegram Web Link
#Rektor_kubogi

Bugun O'zDJTU da Quvnoqlar va zukkolar ko'rik tanlovi bo'yicha  fakultetlararo Rektor kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.Unda QVZ ko'rik tanlovining Respublika bosqichida g'alaba qozongan sobiq chempion "Bolalar" jamoasi hakamlar hay'ati sifatida ishtirok etdi.

Unda universitet rektori I.Tuxtasinov so'z olib bellashuvga start berdi.Fakultetlardan tashkil topgan jamoalar kubok uchun kurash olib bordi.

Yakunda hakamlarning qaroriga koʻra:

🥇1-oʻrin — “Piramida” jamoasi(Ingliz tili 3- fakulteti)
🥈2-oʻrin — “Oligarx” jamoasi(Xalqaro jurnalistika)
🥉3-oʻrin — “Brothers” jamoasi(Ingliz tili 1-fakulteti) gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Eslatib oʻtamiz, gʻolib jamoalar quyidagicha ragʻbatlantirildi:

💵 1-oʻrin — 9.000.000 soʻm;
💵 2-oʻrin — 6.000.000 soʻm;
💵 3-oʻrin — 3.000.000 soʻm.

Universitet barcha jamoalarga ishtirok uchun minnatdorchilik bildiradi va kelgusidagi bahslarda omad yor bo'lishini tilaydi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Forwarded from 3rd English faculty (Saidrizayev)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti 2201-guruh talabasi Uzoqova Marjona Sherali qizi joriy yilning 9-fevral sanasida "Foreign languages" telekanalining "GOOD MORNING, UZBEKISTAN" ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi. Dastur davomida Marjona so'z mulkining sultoni - hazrat Alisher Navoiy to'g'risidagi qimmatli ma'lumotlarni o'rtoqlashdi va suhbatga qo'shimcha ravishda har yili universitetimizda "Alisher Navoiy" nomidagi maxsus davlat stipendiyasi uchun tanlov tashkil qilinishini ham keltirib o'tdi. Dasturning to'liq sonini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/FLTV_MTRK/1125
Biz professor-o'qituvchilarimiz va talabalarimiz bu kabi dasturlarga tashrif buyurib, universitetimiz nufuzini oshirishga hissa qo'shayotganlaridan g'oyat mamnunmiz!
Forwarded from UzSWLU Team ⚽️ (Abdulloh Shuxratovich)
🔴 Coca-Cola Students Cup. Dastlabki bosqichga qur’a tashlandi.

Fiskal vs UzSWLU

📅29-aprel
⌚️Soat 15:30

📍Manzil

@uzswlu_football_team
Share↗️
2024/10/06 06:25:28
Back to Top
HTML Embed Code: