Telegram Web Link
Forwarded from 3rd English faculty (Sarvinoz Iminjonova)
🟦🟦🟦

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” tashkil etildi.


Adiblar xiyobonida O’zDJTU ga biriktirilgan Aleksandr Faynberg haykali atrofidagi hududda uch kun davomida bo’lib o’tgan tadbir dasturlarida barcha fakultet dekan mudirlari, tyutorlar va stipendiant qizlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan A.Faynberg ijodi, hayoti bo’yicha ma’lumotlar berilib, talabalar yozgan, jumladan, Faynberg ijodiga tegishli she’rlar ifodali aytib berildi.

Shuningdek, “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida milliy qo’shiqlar kuylandi, milliy sport o’yinlari o’ynaldi, yozuvchi hayoti-ijodiga bag’ishlangan chiqishlar namoyish etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/06 20:26:57
Back to Top
HTML Embed Code: