Telegram Web Link
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

24-aprel kuni O’zDJTU da Malayziyaning bir qator tashkilotlari, jumladan, Milliy qonunchilik palatasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.


Mehmonlarga O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyati, oliygohda malay tilining o'qitilish tartibi haqida ma’lumot berilib, ushbu mamlakat oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari to'g'risida fikr almashildi.

Yakunda o’zaro hamkorlik masalalari va aloqalarni rivojlantirish bo’yicha umumiy fikr taqdim etildi va bir qancha kelishuvlar rejalashtirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qayta tayyorlov kurslari tashkil etilishini ma’lum qiladi

Talabgorlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kurslarda tahsil olishlari mumkin:

🔹 Chet tili o‘qituvchilarini qayta tayyorlash bo‘yicha:
- til mutaxassislari uchun 4 oylik (576 soat);
- nomutaxassislar uchun 8 oylik (1152 soat);
🔹 Rus tili bo‘yicha qayta tayyorlov kurslari 5 oylik (720 soat);

Mazkur kurslar OTMni tamomlaganlar uchun bo‘lib, maktab, akademik litsey, kollej va texnikumlarda dars berish imkonini beradi. Kurslarni tugatgandan so‘ng chet tillari o'qituvchisi sifatida dars berish huquqini beruvchi diplom beriladi.

🔹
Gid-tarjimonlarni qayta tayyorlash kursi 5 oylik (630 soat);

Kurslarni tugatgandan so‘ng sertifikat beriladi hamda gid-tarjimon davlat reyestriga kiritiladi.

🔹 Aviabort kuzatuvchilari (styuardessa) boshlang’ich kursi - 1 oylik.

🗓 Boshlanish sanasi: 2024-yil 1-may

📌 Qoʻshimcha ma’lumot va roʻyxatdan oʻtish uchun biz bilan bog’laning: @Jahon_tillari_malaka_oshirish

☎️ Telefon: 90-336-56-01

📍Manzil: Toshkent shahar Uchtepa tumani Kichik halqa yo‘li G9A mavzesi 21-uy, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining tarjimonlik fakulteti 1-qavat 129-xona.

Ta’lim reklamasi
2024/10/07 04:27:10
Back to Top
HTML Embed Code: