Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
👨‍💻👩‍💻🧠

22-aprel kuni Ingliz tili 3-fakultetida O‘zDJTU psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan seminar trening tashkil etildi.


Fakultet tyutori M.Tojiyeva hamda 2218-2239 guruh talabalari ishtirokida o’tkazilgan seminar treningda "Shaxsiy rivojlanish", "Shaxsiyatning holati” mavzularida psixologik ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, dastur davomida “Tasavvurimdagi men”, “Hissiy holatdan chiqish yo‘llari” psixogik mashg‘ulotlari amalga oshirilib, mutaxassis tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. Trening talabalarda o’zgacha qiziqish uyg’otdi va o’z shaxsiyatlarini anglab olishlariga katta hissa qo’shdi.

📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟨🟨🟨🟨🟨
🟥🟥🟥

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi va uning ota-onasiga Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan minnatdorchilik izhor etildi.


22-aprel kuni o’zining fuqarolik burchini chuqur anglagan holda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni o’z vaqtida fosh etish hamda jinoyatda gumonlanib, qidiruvda bo’lgan shaxsni fosh etishda Ichki ishlar organlari xodimlariga ko’rsatgan amaliy yordami natijasida og’ir turdagi jinoyatni sodir etgan shaxsni qo’lga olinishida jonbozlik ko’rsatgan fuqaro, O’zDJTU talabasi Elmurodov Mirzabek Qurbonovichni tarbiyalab, halol pok vijdon bilan kamolga yetkazganliklari uchun Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi nomidan qahramonning ota-onasiga minnatdorchilik e’lon qilindi.

Taqdirlash marosimida O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov ham qatnashdi va talabamiz hamda uning ota-onasiga rahmat aytib, o’z samimiy niyatlarini bildirdi. Mirzabekka maxsus tashakkurnoma va esdalik sovg’alari topshirildi.

Mirzabek kabi talabalarimizning borligi universitetimiz uchun yuksak faxr!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/07 16:24:47
Back to Top
HTML Embed Code: