Telegram Web Link
#xush_xabar

O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi mudiri Babaniyazova Nargiza Po'latovnaning Buyuk Britaniya xalqaro nashriyoti — Routledge tomonidan kitobi chop etildi.

Ma'lumot uchun: Routledge - yirik ilmiy nashriyot uyi hisoblanib, asosan, gumanitar va ijtimoiy fanlar bo'yicha akademik kitoblar, jurnallar va onlayn resurslarning global nashriyotchisi hisoblanadi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan Nargiza Po'latovnani chin dildan qutlaymiz. Ularning kelgusidagi ilmiy faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahalla_yangiliklari

Milliy jurnalistikamizning jonkuyar ijodkori.

🗓 26.06.2024

@mahalla_yangiliklari_tv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍🏫👩‍🏫

27-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yigʻilishida tayanch doktorant Komilova Gulmira Olimovnaning 10.00.06– Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Bilingual sheʼriyatda lingvopoetik vositalarning qiyosiy tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Kafedra muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, savollarga asosli javob berdi. Rasmiy va norasmiy taqrizchilar tadqiqotchiga oʻz tavsiyalarini berishdi.

Tayanch doktorant Murodova Dilnavoz Nizomovnaning 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi asosida yozgan “Fenimor Kuper romanlarida hindular obrazi poetikasi” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga berilgan taqrizlardagi taklif-mulohazalar yuzasidan amalga oshirgan tuzatishlari boʻyicha hisoboti tinglandi. Dissertatsiya keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Bugun 27-iyun kuni Samarqand shahridagi Hilton Samarkand Regency mehmonxonasida Butunjahon yoshlar festivali doirasida “Global taʼlim forumi” boʻlib oʻtmoqda.


Mazkur forumda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari ham ishtirok etmoqda.

Forumda oliy taʼlimdagi islohotlar, muammomlar va yechimlarga qaratilgan boʻlib, turli mamlakatlarning yetakchi mutaxassislari va olimlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 3rd English faculty (Sarvinoz Iminjonova)
2024/10/01 19:14:28
Back to Top
HTML Embed Code: