Telegram Web Link
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi delegatsiya Germaniya davlatidagi xizmat safarini 23-may kuni ham davom ettirdi.


Safarning navbatdagi manzili Mainz shahridagi Gyotenberg universiteti boʻldi. Tashrif avvalida OʻzDJTU rahbari hamda vakillari Gyotenberg universiteti rahbariyati tomonidan kutib olindi. Ikki universitet rahbariyati oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv avvalida, odatga koʻra, ikki universitet faoliyati va oʻqitish tizimi haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi va videolavha namoyish etildi.

Soʻng, ikki universitet rahbarlari kelajakda amalga oshirilishi kutilayotgan hamkorlik borasida oʻz takliflari bilan oʻrtoqlashdi. Talabalar va tajriba almashinish va bu borada sharoitlar yaratilishi haqida kelishib olindi. Kelishuvlar asosida memorandum imzolandi.

Shuningdek, Germaniyada tarjima maktabi boʻyicha yetakchi boʻlgan Mayns universitetini tarjima sohasida kadrlar tayyorlash tajribasini oʻzlashtirish va xorijlik talabalar uchun yozgi lagerlar tashkil etish borasida kelishib olindi.

Samimiy ruhda boʻlib oʻtgan uchrashuv soʻngida tomonlar oʻzlarining esdalik sovgʻalarini ulashdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 🟥🟥🟥

🎮 PUBG MOBILE TURNIRI

❗️Kibersport ishqibozlari❗️
Sizlarni "PUBG MOBILE" bo'yicha yirik kibersport musobaqasiga taklif etamiz.

Turnirda 16 ta jamoa (offline) rejimda ishtirok etadi. Har bir jamoada 4 ta kibersportchi bo‘ladi va o‘yin 5 ta kartada o‘tkaziladi: Erangel, Miramar, Erangel, Miramar, Erangel.

⚡️ Musobaqa shartlari:
1. Faqat mobil qurilmadan foydalanishga ruxsat etiladi.
2. Quyidagilar taqiqlanadi:
   ▶️ 35 darajadan past bo‘lgan profilda o‘ynash;
   ▶️ Emulyator (kompyuter), IPad va boshqa Pad turlari;
   ▶️ "Cheat" va "Configuration" kabi haqiqiy o‘yinga qarshi bo‘lgan fayllar.

📌 O‘yinda qaytadan o‘ynashni so‘ragan ishtirokchi turnirdan diskvalifikatsiya qilinadi.

🏆 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori tomonidan g’olib jamoalar umumiy qiymati 12 million so’m bo’lgan quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 o‘rin: 5 000 000 so‘m
🥈 o‘rin: 4 000 000 so‘m
🥉 o‘rin: 3 000 000 so‘m

❤️‍🔥 Ishtirokchilarga omad tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazida profilaktik tadbir tashkil etildi.


Uchtepa tumani Ichki ishlar bo'limi bilan hamkorlikda bo'lib o'tgan dastur davomida mutaxassislar tomonidan "Jinoyatchilik va uni oldini olish" mavzusi doirasida davra suhbati o'tkazildi.

Talabalar mutaxassislarga o'z savollari bilan murojaat qilib, qoniqarli javoblar olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

24-may kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Culture and logistics" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.


Tadbir avvalida fakultet dekani Amrullo Karimov bugungi kunda logistika sohasining yurtimizdagi rivoji, sohaga berilayotgan e’tibor va bunda til bilish, kommunikatsiyaning o’rni haqida gapirib o’tdi.

Seminar-treningda Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti ta'lim yo'nalishi talabalariga logistika sohasida faoliyat yuritish haqida ma’lumotlar berildi. Logistika sohasida faoliyat yuritgan talabalar o'z tajribalari bilan bo’lishdi. Tadbir so’ngida talabalar bilan qiziqarli savol-javoblar, fikr almashish, munozaralar olib borildi.

📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 22:30:00
Back to Top
HTML Embed Code: