Telegram Web Link
📢🎉🎓

▶️ Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida "Toshkent bitiruvchi va talaba yoshlar" loyihasi doirasida oliy ta'lim muassasalari orasida tashkil etilgan "Talaba-fest" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi hamkorligida o'tkazildi.

Ushbu ko'rgazmani tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad ilmiy va innovatsion sohalarga qiziquvchi iqtidorli talaba yoshlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish hisoblanadi.

Ko'rgazma davomida har bir fakultetlardagi iqtidorli talabalar o'z ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️ “Talaba-fest” yakunida O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

💚 Ko'rgazma natijalariga ko'ra:
⚡️"Eng yaxshi innovatsion ishlanma" nominatsiyasida Ingliz filologiyasi fakulteti
⚡️"Eng yaxshi ilmiy ish" nominatsiyasi Ingliz tili 2-fakulteti va Ingliz tili 3-fakulteti
⚡️"Eng yaxshi ijodiy ish" nominatsiyasi Rus filologiyasi fakulteti, Sharq filologiyasi fakulteti va Xalqaro jurnalistika fakulteti
⚡️"Eng yaxshi loyiha" nominatsiyasi Roman-german filologiyasi fakulteti
⚡️"Milliy va zamonaviy uyg'unlik" nominatsiyasi Tarjimonlik fakulteti va Ingliz tili 1-fakulteti g'olib deb topildi.
Shu bilan birga "Eng faol fakultet" nominatsiyasi bo'yicha"
🥇 1-o'rin - Ingliz filologiyasi fakulteti
🥈 2-o'rin - Tarjimonlik fakulteti
🥉 3-o'rin - Roman-german filologiyasi fakulteti deb topildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟨🟨🟨
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida Tarjimonlik fakulteti o’qituvchilari bilan ochiq muloqot o’tkazildi.

Dasturda Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo’ldoshev, fakultet dekan muovinlari, bir qator mas’ullar, o’qituvchilar ishtirok etdi.

Suhbat davomida rektor talabalarning sifatli bilim olishi uchun yana-da ko’proq qulaylik va imkoniyatlar yaratish, pedagoglarga ular faoliyatini amalga oshirishda bajarishi zarur bo’lgan vazifalar, talabalar bilan ishlashda, ularga sifatli bilim berishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amal qilishi kerak bo’lgan ko’nikmalar haqida so’z yuritdi va o’z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, dastur davomida Tarjimonlik fakulteti o’qituvchilari rektor Ilxomjon Madaminovich va fakultet mas’ullaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 16:33:42
Back to Top
HTML Embed Code: