Telegram Web Link
🟩🟩🟩🟩

14-may kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazida ilmiy izlanuvchilar uchun ilmiy seminar bo'lib o'tdi.


Seminar Аxborot-resurs markazi direktori Saida Kayumova va xodimi Sardor To'xtayev tomonidan tashkil etildi.

Seminar davomida ilmiy izlanuvchilarga xalqaro ma'lumotlar bazasi “Web of Science” va “Springer Nature”dan foydalanish, shuningdek, maqolalarni qanday yuklab olish haqida batafsil ma'lumot berildi.

Bundan tashqari, seminar davomida Axborot-resurs markazi avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi IRBIS64 haqida ham tushuntirildi. Ushbu tizim orqali kutubxona resurslariga oson va qulay tarzda kirish imkoniyati mavjudligi ta'kidlandi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚖️👨‍💻👩‍💻💬

Joriy yilning 15-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonaviy fan va ta’limning rivojlanishida yoshlarning o‘rni. Izlanish va ijod masalalari” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilindi.

Ilmiy-amaliy anjumanda OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Otabek Yakubovich ishtirok etib, kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi.

Konferensiya doirasida fanning barcha sohasidagi muammolarga bag‘ishlangan talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy va publitsistik tezis hamda maqolalar, tarjimalar, shuningdek, ijodiy ishlar (hikoyalar va she’rlar) muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

Joriy yil 16-may kuni 1995-1996 yillari OʻzDJTU da avval faoliyat yuritgan (golland tili ) oʻqituvchisi Josien Valraven universitetga tashrif buyurdi.


Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik ishlari boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev hamda Filologiya masalalari jurnali bosh muharriri, filologiya fanlar doktori, professor G.Bakiyevalar ishtirok etishdi.

Muloqot chogʻida golland tilini qayta tashkil qilish hamda Golland tili boʻyicha universitetga oʻqituvchilarni jalb etish yuzasidan fikr almashinildi. Uchrashuvdan soʻng universitet faoliyati boʻyicha tanishtirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 20:31:46
Back to Top
HTML Embed Code: