Telegram Web Link
🟨🟨🟨🟨🟨
🏆🏆🏆

Joriy yilning 14-may kuni poytaxtimizdagi "Sag'bon" kurash majmuasida kurash sport turi bo'yicha talabalar o'rtasida Toshkent shahar birinchiligi bahslari bo'lib o'tdi.

Respublika final bosqichi yo'llanmasini beruvchi ushbu saralash musobaqasida O’zbekiston davlat jahon tillari talabalari ham ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra, O’zDJTU Rus filologiyasi fakulteti talabalari:
1. Jumanazarova Xanimjon 2-o'rinni;
2. Tursunboyeva Marjonoy 3-o'rinni
qo'lga kiritishdi.

Talabalarimizni yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusida ham zafarlar yor bo’lishini tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚖️👨‍💻👩‍💻💬

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat chet tillar instituti, Toshkentdagi Alyans fransez tashkiloti hamkorligida 2024-yil 4-may kuni Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi tomonidan “Innovatsiya, ta’lim sifati va rivojlanish” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.


Anjumanda muhokama qilingan yo‘nalishlar:
1. Roman-german tilshunosligi: muammolar, tadqiqotlar va zamonaviy yechimlar;
2. Tilshunoslik, xorijiy adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqotning dolzarb masalalari;
3. Pedagogik ta’lim: xalqaro tajriba va innovasion yondashuvlar hamda axborot texnologiyalarini qo‘llash masalalari;
4. Zamonaviy tilshunoslikda fundamental va amaliy innovasion tadqiqotlar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

15-may kuni O'zDJTU da “ Islom – ma’rifat dini, “Ilmdan boshqa najot yo’q”, “Ma’rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” mavzularida davra suhbati boʻlib oʻtdi.


Uchrashuvni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor V.Sadiyev ochib berdi.

Uchrashuvda Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimi J.Meliqoʻziyev hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat rahbari o'rinbosari, siyosiy fanlar doktori, professor F.N.Jurakulov ishtirok etib, nutq soʻzladi, hozirgi kunda dolzarb diniy masalalar yuzasidan talabalarga tegishli maslahat va tavsiyalar berdi, barcha talabalarni ogohlikka chaqirdi.

Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislardan munosib javob oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟨🟨🟨
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida Ingliz tili uchinchi fakulteti o’qituvchi va tyutorlari bilan ochiq muloqot o’tkazildi.


Dasturda Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani I.Ismailov, fakultet dekan muovinlari, bir qator mas’ullar, o’qituvchilar va tyutorlar ishtirok etdi.

Suhbat davomida rektor talabalarning sifatli bilim olishi uchun yana-da ko’proq qulaylik va imkoniyatlar yaratish, pedagoglarga ular faoliyatini amalga oshirishda bajarishi zarur bo’lgan vazifalar, talabalar bilan ishlashda, ularga sifatli bilim berishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amal qilishi kerak bo’lgan ko’nikmalar haqida so’z yuritdi va o’z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, dastur davomida Ingliz tili uchinchi fakulteti o’qituvchilari va tyutorlari rektor Ilxomjon Madaminovich va fakultet mas’ullaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konferensiya

14-may kuni O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlar kafedrasi tomonidan "O'qituvchilar ta'liminining tadqiqotlarga asoslangan transformasiyasi: an'ana – innovatsiya asosi" mavzusida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumandan videolavha.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | Rasmiy️ (Зайнаб Тўраева)
14-may, OʻzDJTU psixologi Zebinisi Xayrullayeva Ingliz tili 2-fakulteti tyutorlari bilan hamkorlikda 1-bosqich talabalari ishtirokida psixologik trening tashkil qildi.

⚜️Tyutorlarning murojaati asosida talabaning psixik rivojlanishidagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda differensial diagnostika amalga oshirildi.

“Assosial xulq-atvor sabablari va shakllarini belgilash” mavzusida tashkil qilingan trening koʻtarinki ruhda oʻtdi.

🔆Talabalarda uchraydigan oʻquv malakalari va koʻnikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvoridagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlarni aniqlash va sabablarini oʻrganish boʻyicha turli psixologik usullar qoʻllanildi.

📍
🟦 |Telegram| 🟦Instagram| 🟦Facebook|
2024/10/03 06:26:29
Back to Top
HTML Embed Code: