Telegram Web Link
🟨🟨🟨
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida Ingliz tili birinchi fakulteti o’qituvchilari bilan ochiq muloqot o’tkazildi.


Suhbat davomida rektor pedagoglarga ular faoliyatini amalga oshirishda bajarishi zarur bo’lgan vazifalar, talabalar bilan ishlashda, ularga sifatli bilim berishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amal qilishi kerak bo’lgan ko’nikmalar haqida so’z yuritdi va o’z tavsiyalari berdi.

Shuningdek, dastur davomida Ingliz tili birinchi fakulteti o’qituvchilari rektor Ilxomjon Madaminovich va fakultet mas’ullaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

13-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Jadidlar” klubi ochilishi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 
Tadbirni O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Shuningdek, tadbirda Abdulla Qodiriyning nevarasi Xondamir Qodirov ham ishtirok etib, jadidlar, jumladan, Abdulla Qodiriy haqida nutq so’zladi.

Dastur davomida jadidlar hayotiga bag’ishlab tayyorlangan videorolik taqdim etildi, jadidlarning Olmoniya davlatidan qaytishi sahna ko‘rinishi orqali namoyish qilindi, xususan, “Jadidlar” klubi a’zolari tomonidan tayyorlangan boshqa sahna ko’rinishlari qo’yib berildi.

Tadbir yuqori kayfiyatda, saviyali tarzda o’tdi va tomoshabinlarga manzur bo’ldi.
 
 
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩

13-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tyutorlari uchun o‘quv-seminar tashkil qilindi.


Seminarni universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva olib bordi. Dasturdan ko’zlangan maqsad, talaba-yoshlarning psixologik ijtimoiy holatlarini diagnostika qilish, ulardagi turli hissiy buzilishlarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan psixologik bilimlarni etkazishdan iborat.

O‘quv-seminar davomida "Stress holatlaridan chiqish va pozitiv fikrlash" mavzusi doirasida kerakli manbaalar tavsiya qilindi. Seminar so‘ngida esa tyutorlar uchun amaliy mashg‘ulotlar taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2024/10/03 15:22:36
Back to Top
HTML Embed Code: