Telegram Web Link
Forwarded from Xalqaro jurnalistika fakulteti (Umida Umarova)
🟥🟥🟥

Hurmatli yurtdoshlar, aziz faxriylar!


Barchangizni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni bilan qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman!

Mana shunday musaffo osmon, erkin va ozod hayot uchun ming shukurlar boʻlsin. Bu yoʻlda jon fido qilgan, urush maydonlaridan qaytmagan ming-minglab yurtdoshlarimiz, universitet rivojiga umrini bagʻishlab, olamdan oʻtgan fidoiy ustozlarimizning yodi doim qalbimizda qoladi.

Bugun jang maydonlarida mardlik va jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilib, hozir oramizda sogʻ-salomat boʻlib yurgan muhtaram faxriylarimiz, fidoyi ustozlarimiz, ilmga umrini baxshida etgan olimlarimizga universitetimiz jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!

Hurmat bilan, Ilxomjon TUXTASINOV, OʻzDJTU rektori, professor.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 09:30:16
Back to Top
HTML Embed Code: