Telegram Web Link
👨‍💻👩‍💻🧠
🟩🟩🟩🟩

7-may kuni O’zDJTU psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan “Aql va qalb ustunligi" mavzusida seminar trening tashkil etildi.


Ingliz tili ikkinchi fakulteti talabalari ishtirokida bo’lib o’tgan seminar-treningda Pedagogika fanlari doktori, dotsent Aripova Matluba Lutfullayevna, tyutor Maftuna Utbosarova, 3-bosqich talaba yoshlari ishtirok etishdi.

Dastur davomida "Art-terapiya" dan keng foydalanilgan holda, talabalar holati diagnostika qilinib, kerakli mashg'ulotlar orqali profilaktik jarayonlar amalga oshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢🎉🎓

6-may kuni O’zDJTU da Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Talaba yoshlar gastronomik va pazandachilik festivali” tashkil etildi.


Festivalda universitetdagi pazandachilikka qiziqadigan barcha talaba-qizlar ishtirok etib, o’z mahoratlarini ko’rsatishdi.

Dastur davomida turli millat taomlari tayyorlandi, karvin san’atidan xabardor bo’lgan talabalar tomonidan nafis ijod namunalari taqdim etildi, shuningdek, quvnoq kuy-qo’shiqlar aytilib, raqslar namoyish qilindi.

Tadbir yakunida festivalda faol ishtirok etgan talaba-qizlar maxsus sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚖️👨‍💻👩‍💻💬

7-may kuni OʻzDJTU da "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.


Xalqaro anjuman doirasida Jahon adabiyotining durdona asarlari tadqiqi, Sharq va Gʼarb adabiy jarayoni, Oʻzbek va jahon adabiyotining qiyosiy talqini, tarjimashunoslik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ilmiy anjumanga boshqa davlat hamkor universitetlaridan vakillar tashrif buyurdi. Xalqaro anjumandan koʻzlangan maqsad, oʻzbek va jahon adabiyoti namoyandalarining hamkorligini kuchaytirish, turkiy xalqlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalarni yanada kengaytirishdan iborat.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 23:19:12
Back to Top
HTML Embed Code: