Telegram Web Link
🟥🟥🟥

Bugun 4-may — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov tavallud topgan kun.


Ushbu sana munosabati bilan universitet jamoasi Ilxomjon Madaminovichni chin dildan tabriklab, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va soha rivojida amalga oshirayotgan salmoqli ishlarida ulkan zafarlar tilaydi!

Yurtimiz taraqqiyotida Sizning ham ulkan hissangiz bor. Buni har kungi tigʻiz va samarali ish faoliyatingiz, Vatan ravnaqi yoʻlidagi saʼy-harakatlaringiz, fidokorona mehnatingiz orqali yaqqol sezib, guvohi boʻlib turibmiz.

Sizga mustahkam sogʻliq, oilaviy tinchlik va xotirjamlik, farzandlar baxt-u kamolini koʻrish, el-yurt manfaati, xalqimizga xizmat qilishdek sharafli, lekin oʻta masʼuliyatli ishlaringizda yutuqlar doimiy hamrohingiz boʻlishini tilaymiz. Mamlakatimiz taraqqiyoti yoʻlida fidoyilik bilan xizmat qilishdan aslo charchamang!

Yoshlarga ziyo ulashish va ularga taʼlim-tarbiya berishdek ulkan baxtdan Sizni aslo ayirmasin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/05 15:20:38
Back to Top
HTML Embed Code: