Talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish, ular orasida kitobxonlikni targʻib qilish, mustaqil va erkin fikrga ega isteʼdodli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida OʻzDJTU talabalari oʻrtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi oʻtkazildi.
Jadidlar hayotini qanchalik puxta oʻrganganligini sinovdan oʻtkazib, ularning ibratli hayot yoʻlini talaba yoshlar orasida keng targʻib qilish va munosib ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilayotgan ushbu tanlovda har bir fakultetdan 6 kishilik tarkibda tuzilgan bittadan jamoa qatnashdilar.
Tanlovda quyidagi jamoalar gʻolib boʻldi:
1-oʻrin — Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi. Jamoaning har bir aʼzosiga oylik stipendiyaning uch baravari miqdorida mukofot puli;
2-oʻrin — Uchinchi ingliz fakulteti jamoasi. Jamoaning har bir aʼzosiga oylik stipendiyaning ikki baravari miqdorida mukofot puli;
3-oʻrin — Rus filologiyasi fakulteti jamoasi. Jamoaning har bir aʼzosiga oylik stipendiyaning bir baravari miqdorida mukofot puli taqdim etildi.
G’olib jamoalarni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30-aprel kuni O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab “Dekan kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqada universiteti rektori Ilxomjon To'xtasinov ham ishtirok etdi va jamoalarga muvaffaqiyat tiladi.
Fakultet dekani X.Xakimov, dekan muovinlari, tyutorlar va Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur bellashuvda barcha bosqichdagi talaba-yigit va qizlar sportning futbol, voleybol turlari boʻyicha bellashdilar.
G'olib bo'lgan jamoalarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30-aprel kuni O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi va Germaniyaning Heidelberg pedagogika universiteti bilan hamkorlik doirasida 3-bosqich talabalari uchun e'lon qilingan talabalar almashinuvi tanlovining yakuniy-suhbat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda jami 15 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi. Suhbatga “Motivationsschreiben” natijalari eng yaxshi boʻlgan 5 nafar talaba taklif qilindi.
Tanlov natijalariga ko’ra, FNEM 2112-guruh talabasi Peysenova Gulnur 2024-2025 o'quv yilining 7-smestrini Germaniyaning “Heidelberg” pedagogika universitetida davom ettiradi.
Gulnurga kelgusida ham omad va zafarlar yor bo’lishini tilaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM