Telegram Web Link
🟥🟥🟥

Talabalar va professor-o'qituvchilar o'rtasida oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash bo'yicha talabalar va professor o'qituvchilar o'rtasida so'rovnoma boshlandi!

Ushbu so'rovnoma barcha davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalari va professor-o'qituvchilari uchun bo'lib, survey.hemis.uz sayti orqali HEMIS platformasidagi login-parolini kiritishi bilan so'rovnomada o'z fikrini bildirishlari mumkin.

Izoh: Avvalroq ushbu so'rovnoma faqat vazirlik tasarrufidagi oliy ta'lim muassasalari uchun edi, keyinchalik boshqa vazirlik va idoralar huzuridagi oliy ta'lim muassasalari ishtirok etishi belgilandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5️⃣5️⃣5️⃣

Talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish, ular orasida kitobxonlikni targʻib qilish, mustaqil va erkin fikrga ega isteʼdodli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida OʻzDJTU talabalari oʻrtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi oʻtkazildi.


Jadidlar hayotini qanchalik puxta oʻrganganligini sinovdan oʻtkazib, ularning ibratli hayot yoʻlini talaba yoshlar orasida keng targʻib qilish va munosib ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilayotgan ushbu tanlovda har bir fakultetdan 6 kishilik tarkibda tuzilgan bittadan jamoa qatnashdilar.

Tanlovda quyidagi jamoalar gʻolib boʻldi:

1-oʻrin Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi. Jamoaning har bir aʼzosiga oylik stipendiyaning uch baravari miqdorida mukofot puli;

2-oʻrin — Uchinchi ingliz fakulteti jamoasi. Jamoaning har bir aʼzosiga oylik stipendiyaning ikki baravari miqdorida mukofot puli;

3-oʻrin — Rus filologiyasi fakulteti jamoasi. Jamoaning har bir aʼzosiga oylik stipendiyaning bir baravari miqdorida mukofot puli taqdim etildi.

G’olib jamoalarni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🟦🟦🟦

30-aprel kuni O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab “Dekan kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Musobaqada universiteti rektori Ilxomjon To'xtasinov ham ishtirok etdi va jamoalarga muvaffaqiyat tiladi.

Fakultet dekani X.Xakimov, dekan muovinlari, tyutorlar va Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur bellashuvda barcha bosqichdagi talaba-yigit va qizlar sportning futbol, voleybol turlari boʻyicha bellashdilar.

🏆 Futbol boʻyicha o'tkazilgan musobaqada 8 ta jamoa o'zaro toʻp surdi. Qizgʻin kechgan bahsda “Kursdoshlar” jamoasi penaltilar seriyasida ustun kelib, “Dekan kubogi"ni qoʻlga kiritdi.

🏆 Talaba-qizlar o’rtasida o'tkazilgan voleybol oʻyinida 5 ta jamoa qatnashdi. G’oliblikni esa FNEM-2203 jamoasi qoʻlga kiritdi.

G'olib bo'lgan jamoalarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/06 16:23:26
Back to Top
HTML Embed Code: