Telegram Web Link
🟦🟦🟦

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” tashkil etildi.


Adiblar xiyobonida O’zDJTU ga biriktirilgan Aleksandr Faynberg haykali atrofidagi hududda uch kun davomida bo’lib o’tgan tadbir dasturlarida barcha fakultet dekan mudirlari, tyutorlar va stipendiant qizlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan A.Faynberg ijodi, hayoti bo’yicha ma’lumotlar berilib, talabalar yozgan, jumladan, Faynberg ijodiga tegishli she’rlar ifodali aytib berildi.

Shuningdek, “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida milliy qo’shiqlar kuylandi, milliy sport o’yinlari o’ynaldi, yozuvchi hayoti-ijodiga bag’ishlangan chiqishlar namoyish etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍🏫👩‍🏫

26-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Mahmudova Maftuna Hamza qizining 10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi boʻyicha “Mediasavodxonlik — Internet OAVdagi feyk va dezinformatsiyalardan himoya qilish vositasi sifatida” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi boʻlib oʻtdi.

Himoya jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy kengash aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va himoya muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/07 02:19:33
Back to Top
HTML Embed Code: