Telegram Web Link
🇹🇲Turkmanistonning Ashxobod shahrida Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarining chigirtkalarga qarshi kurashiga oid texnik seminar tashkil etildi.

🔰 Unda O'simliklar karantini va hamoyasi agentligi Chigirtka va tut parvonasi xizmati mutaxassislari ham ishtirok etishdi.

🦗Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya davlatlari vakillari qatnashgan tadbirda chigirtkalarga qarshi kurash bo'yicha joriy yil amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi yillar uchun rejalar muhokama qilindi.

🖋 Seminarda FAOning markaziy Osiyo davlatlari bo'ylab o'tkazgan kuzatuv-nazorat ishlari hamda chigirtkalarga qarshi kurashda biopestitsidlarni qoʻllash boʻyicha taqdimotlari namoyish etildi.

🇨🇳 Shuningdek, Xitoy bilan biopestitsidlar sohasida tajriba almashish va yangi texnologiyalarni joriy qilishda tajribali mutaxassislar tomonidan ma'ruzalar o'qib eshittirildi. Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlarining chigirtkaga qarshi oʻtkazgan kimyoviy ishlovlaridan keladigan salbiy taʼsirlarni monitoring qilish va pestitsidlarni boshqarish tizimini sinovdan oʻtkazish borasida kerakli ko'rsatmalar berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan «Yurtimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish istiqbollari» mavzusida eksportchi korxona vakillari va tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

👫Unda O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori o‘rinbosari U.Yunusov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi boshlig‘i R.Sherbaev, soha vakillari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxana rahbarlari, dehqon-fermerlar va tadbirkorlar ishtirok etdi.

💬Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarini hukumatimiz tomonidan yaratilgan imtiyozlar va qulayliklar bilan tanishtirish, muammo va to‘siqlarni aniqlash hamda hal qilish, ularning taklif va tavsiyalarini eshitishdan iborat.

Eksportyorlar tomonidan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishdagi muammolari o'rganilib, soha mutaxassislari tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha berilgan savollarga javob berildi hamda qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Markaziy eksport shtabi mutaxassislari nimalar bilan shug‘ullanadi?

#Markaziy_eksport_shtabi   #faoliyat   #jarayon  #xalqaro_aloqalar

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish istiqbollari" mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

🔰 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Beruniy va Amudaryo tumanlarida faoliyat yuritayotgan eksportchi korxona vakillari va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o’tkazdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi boshlig‘i Rinat Sherbaev, tuman hokimi Rustam Shamuratov, soha vakillari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekporti bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari, dehqon-fermerlar va tadbirkorlar ishtirok etgan tadbirda sohadagi yechimtalab muammolar, mavjud masalalar muhokama etildi.

💬 Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan imtiyozlar va qulayliklar bilan tanishdilar.

🌎 Qoraqalpog‘istonlik eksportchilar elektron platformalarda mahsulotlarni joylashtirib, elektron tijoratda ishlash taklifini olg‘a surdi. Agentlik direktori bu taklifni qo‘llab-quvvatladi va Agentlik tomonidan mazkur yo‘nalish bo‘yicha sa’y-harakatlar boshlanganini, kelajak bozori elektron tijorat bilan bog‘liq ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, soha vakillarining meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bilan bog’liq holati yuzasidan fikrlari tinglanib, soha bo‘yicha berilgan savollarga javoblar hamda qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong'in xavfsizligi oyligi” o'tkazilmoqda

🗣Mamlakatimiz bo'ylab har yili aholi va hududlarni kuz-qish mavsumi uchun tayyorlash, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazib kelinadi. Joriy yilda ham 15-noyabrdan-15-dekabrga qadar respublikamiz bo‘ylab yong‘in xavfsizligi oyligi e’lon qilindi. Oylik doirasidagi targ‘ibot tadbirlarida Agentlikning tizim tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqda.

O'tkazilayotgan tabdirlardan birida Yakkasaroy tuman FVV boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan yong‘inlar va turli xildagi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishi va bunday hollarda qanday harakatlarni amalga oshirish lozimligi to'g'risida kerakli ko'rsatmalar berildi. Agentlik xodimlari esa o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

❗️Eslatib o'tamiz agentlikning respublika bo'ylab barcha hududiy bo'linmalarida “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni namunali va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Markaziy eksport shtabi rahbari Husniddin Ismoilov ishtirokida onlayn seminar o’tkaziladi

📆 15-noyabr kuni soat 15:30 dan boshlab eksport faoliyatiga oid asosiy bilim va tushunchalar bo‘yicha onlayn seminar dars tashkil etilmoqda. Sizda ham qishloq xo’jaligi eksportiga oid savollar, sohaga qiziqishingiz bo’lsa seminarda ishtirok eting!

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi havola orqali o'ting 👈

☎️ Murojaat, savol va takliflar uchun: +99871 202 77 78

👨‍💻 Mas'ul xodim: Muxammadali Baxtiyorov

📱@MuxamadaIi

Markaziy eksport shtabi eksportyorlarimizni qo'llab-quvvatlashga tayyor!

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Региональная встреча национальных комитетов по упрощению торговли

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/16 04:36:52
Back to Top
HTML Embed Code: