Telegram Web Link
🇩🇪🇺🇿 Agentlikda GIZ loyihasi rahbari B.Shorayt bilan uchrashuv tashkil etilib, O‘zbekistonda eksportni rivojlantirishga qaratilgan istiqboldagi hamkorlik chora-tadbirlari muhokama qilindi.

💬 Muhokamalar jarayonida asosiy e’tibor sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, xususan, ushbu jarayonlarga xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalarga yangi texnologiyalarni joriy qilishga qaratildi.

Mahsulot yetishtirish va eksport qilishda xalqaro sertifikatsiya tizimi, xususan, Global GAP sertifikatsiyasi muhim omillardan ekanli muhokama qilindi. Agentlik va GIZ hamkorligida fermer xoʻjaligi va korxonalarni Global GAP dasturi boʻyicha malakasini oshirish choralarini koʻrishga kelishildi. Bunda, GIZ koʻmagida 17 nafar malaka oshirgan davlat va xususiy sektor vakillari imkoniyatidan ham foydalaniladi.

Organik mahsulot yetishtirishni keng joriy etish masalasi ham muhokamalar markazida bo'ldi. Mavjud ma'lumotlarni oʻzbek tilida tayyorlab, qoʻllanmani Agentlikning “Agrokoʻmakchi” mobil platformasi orqali keng ommaga yetkazishga kelishildi.

Shu oʻrinda, yetishtirilayotgan mahsulotlarning xavfsizligi, jumladan, ularning inson salomatligiga salbiy taʼsirini oldini olishda mahsulot tarkibidagi pestitsid va ogʻir metall tuzalarini meʼyorini nazorat qilish muhim vazifalardan ekanligi va bu yo'nalishda ham hamkorlik olib borishda kelishib olindi.

#GIZ #xalqaro_hamkorlik #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩🏻‍🔬 11-fevral — Xalqaro ilm-fandagi xotin va qizlar kuni

O‘simliklar karantini va himoyasi tizimida ham olima ayollar va ilm-fanga hissa qo‘shib kelayotgan qizlar faoliyat yuritib kelmoqda.

🧪 Tadqiqotlari bilan o‘simliklar himoyasi tizimini takomillashtirish, zararli organizmlarga qarshi izlanishlar olib borib, yangi uslub va yondashuvdarni ilgari surayotgan, hasharotlarning katta kolleksiyalarini yaratib, har bir kunida taraqqiyot va rivojlanishga qadam tashlayotgan yetakchilar bayramingiz muborak bo‘lsin!

#tabrik  #xalqaro_kun

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — "Bir hudud - bir mahsulot" ko‘rgazmali seminari👆

#Karantin_yangilik #export #seminar

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infographic #export

🧄 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda sarimsoq piyoz mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu yil 127 ming gektarda tuproq unumdorligini oshirish va 677 ming gektar yaylovlarni degradatsiyadan chiqarish bo‘yicha yangi dastur amalga oshiriladi.

Joriy yilda bog‘, tokzor, sabzavot, poliz, ozuqa ekini va issiqxonadan iborat 1,8 million gektar yerlarni ham to‘liq raqamlashtirishga topshiriq berildi.

Shuningdek, ushbu yerlarda ekinlar joylashuvi, vegetatsiya jarayoni, hosildorligi, mineral o‘g‘it sarfi “Agroplatforma”da yuritiladi.

Yig‘ilishda meva-sabzavot yetishtirish va eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shu maqsadda aholiga yana 60 ming gektar yerlarni tarqatishga qaror qilindi. Buning natijasida 1,5 million tonna qo‘shimcha mahsulot olib, eksportni yana 200 million dollarga oshirish mumkin bo‘ladi.

Yoshlarni dehqonchilikka yaxshi o‘qitib, bu yerlarda band qilish muhimligi ta’kidlandi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — O‘simliklar karantiniga doir nazorat tadbirlari👆

#Karantin_yangilik  #monitoring #dolzarb_tadbir

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_tavsiya

🌱 Organik o‘g‘itlar qanday ahamiyatga ega?

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 НТРК — В Сурхандарьинской области для экспортёров плодоовощной продукции организован семинар

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 06:19:26
Back to Top
HTML Embed Code: