Telegram Web Link
#repost #AQSH #uzum

Oltiariq uzumlari AQSH bozoriga kirib bordi: endi Qo‘shma Shtatlardagi supermarketlarda Oltiariqning “Kelin barmoq” navli uzumlari doimiy sotiladi!

🍇Oltiariq tumanida yetishtirilgan uzumlar AQSH bozoriga ham kirib bordi. Tumandagi “Sherakhun” xususiy korxonasi tomonidan joriy yil noyabr oyi boshlarida sinov tariqasida Qo‘shma Shtatlarga yuborilgan 1 tonna uzum “NetCost” oziq-ovqat savdo markazlari tarmog‘ining Nyu-York nuqtalariga qadoqlanib tarqatildi va ikki kunning ichida talash bo‘lib sotildi.

Bu jarayonda AQSHning Qishloq xo‘jaligi departamenti va Oziq-ovqat mahsulotlarni sanitar nazorati boshqarmasi (FDA) tomonidan Oltiariq uzumlarining eksport uchun meva karantin talablariga mosligi o‘rganib chiqildi va ijobiy xulosa taqdim etildi.

📌 Bundan kelib chiqib, Amerikadagi yirik supermarketlar bilan hamkorlik qiluvchi “E.L.A. Superior Produce Inc.” kompaniyasi bilan “Sherakhun” xususiy korxonasi o‘rtasida doimiy eksport shartnomasi imzolandi.

📝Shartnomaga ko‘ra, dastlabki partiyada 250 tonna Oltiariqning “Kelin barmoq” navli uzumi samolyotlarda yetkazib beriladi va bu doimiy davom etadi.

🇺🇸 Amerika kompaniyasi kelajakda tezkor yetkazib berishni ta’minlash maqsadida Oltiariq tumanida FDA litsenziyasidan o‘tgan AQSH meva-sabzavot bazasini yaratib, u yerni o‘zida xorijiy standart talablari asosida karantin ruxsatnomasi rasmiylashtirilish va qadoqlash tizimini yo‘lga qo‘yish uchun sarmoya kiritishga qaror qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Карантин_новости

🖥🖥🖥 НТРК

▶️ Совершенствование системы фитосанитарного контроля

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#karantin_yangilik
#ilmiy_tadqiqot

📢 O'simliklarning 200 turdagi zararli hasharotlariga qarshi qo'llash mumkin bo'lgan mikroorganizmlarni ko'paytirishning yangi texnologiyasi yaratildi

✔️ Ma'lumki, bugungi kunda butun dunyoda o'simliklarni himoya qilishda ekologik xavfsiz vositalarni keng joriy etishga e'tibor qaratilyapti. Ana shunday xavfsiz va samarali biologik vositalardan biri foydali nematodalar.

❗️Mazkur turdagi mikroorganizmlarni
100 turkumga kiruvchi 200 turdagi o'simliklarning zararli hasharotlariga qarshi qo'llash mumkin.

🔬Ilmiy-tadqiqot institutimizning olimlari tomonidan olib borilgan so'nggi tadqiqotlar natijasida foydali nematodalarni onalik materialisiz tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqildi.

🧪 Oldingi usulda mikroorganizmlar laboratoriya sharoitida ko'paytirilib, suvli suspenziyada 20-40 ml dan onalik materiali tarqatilar edi. Bunda saqlash vaqti va muhiti chegaralangan bo'lib, ba'zan onalik materialidagi foydali nematodalar manzilga yetkazilguniga qadar nobud bo'lardi.

Yangi texnologiya bo'yicha foydali nematodalarning onalik materiallarini yil davomida saqlash va ko'paytirish mumkin.

Batafsil ma'lumot 20 - dekabr kuni O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida bo'lib o'tadigan seminarda taqdim etiladi. Tadbir gibrid formatda o'tkazilib, onlayn ishtirok itish imkoniyati mavjud. Zoom havolasi taqdim etiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Sertifikatlangan urugʻlik tayyorlash vazifasi bosqichma-bosqich paxta-toʻqimachilik klasterlari va xususiy urugʻchilik korxonalariga oʻtkaziladi

“Paxtachilikda urugʻchilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-391-son, 15.12.2023-y.) qabul qilindi

📁 Qarorga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida yuqori hosildor xorijiy gʻoʻza navlari va duragaylarini olib kirish hamda paxta-toʻqimachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi paxta ekiladigan maydonlarning 10 foizigacha joylashtirishga ruxsat beriladi.

🚜 Hududlarda har 2 yilda ekilayotgan navni toʻla almashtirish, har yili tegishli nav urugʻini boshqa hududlardan olib kelish orqali urugʻ almashtirish va yillik qoʻshimcha urugʻ zaxirasini yaratish bilan kelgusida bosqichma-bosqich “tindirilgan urugʻ” ekish amaliyoti joriy qilinadi.

📆Shuningdek, 2024-yildan:

🟣paxta-toʻqimachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari tomonidan xorijdan keltirilgan gʻoʻza urugʻlarining genetik tozaligini molekulyar-genetik tahlil qilish boʻyicha mahalliy vakolatli laboratoriyalar xulosasi olinadi hamda barcha import qilinadigan gʻoʻza urugʻlarining ekinboplik sifat koʻrsatkichlari baholanadi;

🟣paxta-toʻqimachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari tomonidan xorijdan olib kelingan gʻoʻza navlari va duragaylari 2 yillik yetishtirish natijalariga koʻra koʻrsatilgan talablarga mos kelgan hollarda Oʻzbekiston hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritiladi.

➡️ Gʻoʻza urugʻchiligida erkin raqobat muhitini shakllantirish va bozor munosabatlarini rivojlantirish boʻyicha:

🔘paxta xomashyosi yetishtiruvchilarni sifatli urugʻlik bilan taʼminlash maqsadida sertifikatlangan urugʻlik tayyorlash vazifasi bosqichma-bosqich paxta-toʻqimachilik klasterlari va xususiy urugʻchilik korxonalariga oʻtkaziladi;

🔘2024-yil hosili uchun urugʻlik chigitni Paxtachilik kengashining xulosasiga asosan qoʻshimcha tarzda xususiy urugʻchilik korxonalari tomonidan yetkazib berish amaliyoti joriy etiladi;

🔘xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtish sharti bilan xususiy sertifikatsiya idoralarini tashkil etishga ruxsat etiladi.

🔔 2024-yil paxta hosilidan har bir hududda kamida 500 gektar maydonda yuqori agrotexnologiyalarga asoslangan tajriba maydonlarini tashkil qilib, paxta yetishtiruvchilar uchun amaliy dala seminarlari oʻtkazib boriladi.

2024-yil paxta yetishtirish mavsumi oxirigacha Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi tarkibida “e-urugʻ” platformasi ishga tushiriladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 #Karantin_yangilik

"Zo'r TV" telekanali

🟢 Markaziy fitosanitariya laboratoriyasiga press-tur tashkil etildi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#karantin_yangilik
#karantin_nazorat

📢 Hududlarda zararli chigirtka ko'zachalarini aniqlash bo'yicha nazorat tadbirlari o'tkazilmoqda

📍Qashqadaryo viloyati geografik joylashuvi, iqlimi jihatdan zararli chigirtka rivojlanishi uchun qulay hudud hisoblanadi. Kech kuz va hattoki qishda ham nazorat tadbirlari olib boriladi.

🦗Viloyatning G'o'zor tumanida zararli chigirtkalarning tuxum ko'zachalarini aniqlash ishlari davom etmoqda. Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati mutaxassisilari bilan hamkorlikda O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ham kuzatuv jarayonlarida ishtirok etmoqdalar.

💬 Kuzatuvlarda bir dona ko'zacha ichida o'rtacha tuxumlar soni tahlil qilindi. Belgilangan hududlarda topilgan ko'zachalarda o'rtacha 30-35 dona chigirtka tuxumi borligi aniqlandi. O'tgan 2023 yil mavsumidagi o'rganishlarda bitta ko'zachada 28-30 dona bo'lgan.

➡️ Prognozlashtirish yakunlari erta bahorgi kuzatuvlardan so'ng ma'lum bo'ladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilish uchun sharoitlarni yanada kengaytirish, xizmat ko‘rsatish va turizm sohalarini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
Prezidentimiz mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqishga alohida to‘xtaldi.

Mashhur brendlar o‘zi ishlab chiqarish qilmay, balki aniq talablarni belgilab, buyurtmalarini bunga javob beradigan ishlab chiqaruvchilarga joylashtiradi. “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i bor mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda brendga aylanmagani uchun arzon sotilmoqda.

Endi mahsulotlarni faqat o‘zimizdan chiqib ketgunicha emas, balki ularni tashqi bozorlarda brend sifatida tanitish uchun sharoit yaratib berish zarurligi ta’kidlandi.

Savdo sanoat palatasi mato, uy tekstili, ichki kiyimlar, gilam, poyabzal, charm aksessuarlar, quritilgan va konservalangan meva-sabzavot, qandolat, lak-bo‘yoq, marmar, chinni, kafel, idish va santexnikalar bo‘yicha mashhur brendlar buyurtmalarini joylashtiruvchi 30 ta “sorsing” kompaniyasi bilan kelishuvga erishib, mahalliy korxonalarimiz bilan bog‘lashi zarurligi aytildi.

Shuningdek, kelgusi yilda Xanoy (Vetnam), Los (Polsha), Ivanovo (Rossiya), Prata (Italiya) shaharlarida to‘qimachilik savdo uylarini ochishga topshiriq berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 #Karantin_yangilik

🖥🖥🖥 MTRK

🟢 Issiqxonalarda karantin nazorati

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️ Xalqaro kongress markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimi boshlanmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlaydi.

Marosimning jonli translyatsiyasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
📺https://www.youtube.com/watch?v=WMfm8zNEUHY
💬https://www.facebook.com/Mirziyoyev/videos/935610844853470
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴   #diqqat_yangilik   #mobil_ilova

🔰 Endi siz zarurat bo‘lganda birgina telefon orqali o‘zingizga kerak bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun “Agroko‘makchi” mobil ilovasining o‘zi yetarli.

📱 Mobil ilovada

zararli organizmlar, begona o‘tlar haqida batafsil ma’lumot;
ularga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalar;
sinov va ro‘yxatdan o‘tgan o‘simliklarni himoya qilish vositalari va mineral o‘g‘itlar;
eksport uchun ochilgan bozorlar;
hududlarda faoliyat yuritayotgan biolaboratoriyalar;
tuproqni agrokimyoviy tahlilini o‘tkazuvchi laboratoriyalar;
o‘simlik klinikalari;
qadoqlovchi korxonalar va boshqa foydali ma’lumotlar jamlangan.

📍 Xarita orqali zararlangan maydonni belgilab, karantin inspektorini chaqirishingiz va uning faoliyati haqida “Inspektorni baholash tizimi” orqali izoh qoldirishingiz mumkin.

📱  "Agroko'makchi" ilovasini  📱 Play market va 
📱 App store platformalaridan yuklab olishingiz mumkin.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand
<unknown>
#Karantin_yangilik  #Radio 

📻 "Samarqand radio"

🖥🖥🖥 Biologik himoyaning afzalliklari👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 #Karantin_yangilik

🖥🖥🖥 MTRK

🟢 Oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanmoqda

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#erkin_muloqot #online

🔴 Ayni damda O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olim va mutaxassislar ishtirokida “O'simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish” bo'yicha “Erkin muloqot” bo'lib o'tishini ESLATIB O'TAMIZ!

“Erkin muloqot”da siz ham ishtirok etib, qiziqtirgan savollaringizga ilmiy asoslangan javob olishingiz mumkin!

💬 Muloqot uchun doimiy havola 👇
💬 https://us06web.zoom.us/j/4834846971?pwd=RmdrUVdEVEdtTTJ0ODFYdW5RSFdtZz09

💬 Konferensiya identefikatori: 483 484 6971
Ulanish kodi: 907457

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/05 01:20:49
Back to Top
HTML Embed Code: