Telegram Web Link
Pomidor mevalarining yorilish sabablari va oldini olish choralari

🍅 Meva yorilishining asosiy sababi sug‘orish rejimining buzilishidir. Pomidor suvga talabchan ekin bo‘lib, muntazam va o‘lchovli sug‘orishni talab qiladi. Sug‘orish tartibi o‘zgarishi yoki kutilmagan miqdorda suv berilishi mevaning ichki bosimini oshiradi va bu yorilishga olib keladi. Shuningdek, agar pishib qolgan mevalar vaqtida terib olinmasa, ular suvni ko‘p yutib, yorilish ehtimoli ortadi.

💧Suv harorati ham pomidor mevalariga ta’sir qiladi. Haddan tashqari issiq yoki sovuq suv quyilishi o‘simlik stressini oshiradi va bu ham yorilish xavfini kuchaytiradi. Ayniqsa, yozning issiq kunlarida sovuq suv ishlatishdan saqlanish lozim, bu o‘simlikka zarar yetkazishi mumkin. Umumiy sabablar natijasida pomidor mevalari dum qismida yoriqlar hosil bo‘ladi, bu esa mahsulot sifatiga ta’sir qiladi va uni tez buzilishiga olib keladi.

Oldini olish choralari va tavsiyalar

🍅Pomidorlarni har doim bir xil miqdorda va muntazam sug‘orish muhim. Sug‘orish rejimini meva o‘sishi bosqichlariga moslashtirish kerak, chunki pishish davrida suvga bo‘lgan talab oshadi. Shunday vaziyatda sifatli va tajribaga asoslangan uslublarni qo’llab, doimiy kuzatuvni amalga oshirish lozim bo’ladi.

🔘 Sug‘orish uchun ishlatiladigan suv tuproq harorati bilan mos bo‘lishi lozim. Saharda sug‘orish tavsiya etiladi, bu o‘simlikka qulay sharoit yaratadi va stressni kamaytiradi. Pishgan mevalarni imkon qadar tez yig‘ib olish lozim. Bu nafaqat yorilishdan saqlaydi, balki hosilning sifatini saqlashga yordam beradi.

😖Kaltsiy va kaliy kabi mineral moddalarning etarli darajada berilishi pomidor qobig‘ining mustahkamligini oshiradi va yorilish xavfini kamaytiradi. Ushbu tavsiyalar pomidor mevalarining yorilishining oldini olishga va hosilning sifati va saqlanish muddatini yaxshilashga yordam beradi.

#repost

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi
📢 CIIE-2024: 252 kvadrat metrda O'zbekiston mahsulotlari namoyish etilmoqda

🇨🇳 Xitoyning Shanxay shahridagi eng yirik Pechjou ko'rgazmalar zalida Import mahsulotlari Xitoy xalqaro ko'rgazmasi (CIIE) boshlandi. 1 million kvadrat metrdan ortiq ko'rgazma maydonida 150 ming turga yaqin mahsulotlar tashrif buyuruvchilar e'tiboriga havola etiladi.

🇺🇿O'zbekiston joriy yilda faxriy mehmon sifatida taklif etilib, 11 ta muhim tarmoq bo'yicha o'z salohiyatini namoyish etmoqda.

🔰 Nufuzli tadbirda Agentlikning Markaziy eksport shtabi mutaxassislari ishtirok etib, O'zbekiston stendiga tashrif buyuruvchilarni mamlakatimizning eksport salohiyati bilan tanishtirmoqda. Shuningdek, mahalliy mahsulot yetishtiruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatilishiga yordam ko'rsatilmoqda.

🖋 Ishtirokchilarni koʻrgazma mavzulari boʻyicha 5 blokga taqsimlangan:

🍉 1-blok - Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoatini aks ettirib, har xil turdagi eksportbop mahsulotlar, jumladan yangi uzilgan sabzavot va mevalar, poliz ekinlari, sharbatlar, ichimliklar va konservalar, oʻsimlik yogʻi, asal va boshqalar namoyish etiladi.

🧱2 -blok. Elektronika va qurilish sanoatiga bag'ishlangan bo'lib, unda elektrotexnika va qurilish mahsuloti naʼmunalari taqdim etiladi.

🧪3 -blok. Kimyo va farmatsevtika sanoati zonasi bo'lib, bu yerda kimyo va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoniga oid foto va videomateriallar hamda mineral oʻgʻitlar, kimyo tolalar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, keng turdagi dori mahsulotlari, maxsus tibbiy buyumlar, dorivor oʻsimliklar namoyish etiladi.

🗺 4 -blok. Turizm va IT. Bu yo'nalishda Oʻzbekistonning turistik salohiyatini keng targʻib qiluvchi materiallar joylashtirilgan.

👕 5-blok. Yengil sanoat bloki bo'lib, bu yerda matolar, choyshablar, tayyor kiyimlar, sport va harbiy kiyimlar, toʻqimachilik mahsulotlari, sport anjomlari namoyish etiladi.

🤝 Umid qilamizki, mazkur ko'rgazma ham tadbirkorlarimiz uchun manfaatli shartnomalarga asos bo'ladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏤 Import mahsulotlari Xitoy xalqaro ko'rgazmasi hamda "Canton fair" ko'rgazmasi oldidan O'zbekistonda ko'rilgan tayyorgarlik haqida Xitoy Xalq Respublikasining "CGTN на русском" telekanali orqali lavha efirga berildi.

#OAV_biz_haqimizda

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar va manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllari tasdiqlandi

🗃Unga ko‘ra davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarda quyidagi namunaviy shakllar asosida hujjatlar to‘ldiriladi va yuritiladi:

mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma;

xodimning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi;

aloqador shaxslarning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi.

Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reestri:

mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimida manfaatlar to‘qnashuvi holati vujudga kelganda ushbu xodim tomonidan;

ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya xodim ishga qabul qilinayotganda, boshqa ishga o‘tkazilayotganda va yil yakuniga ko‘ra xodim tomonidan;

aloqador shaxslarning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya xodimga aloqador shaxslar tomonidan to‘ldiriladi.

Mavjud va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestriga kiritiladi.

🔎Ushbu namunaviy shakllar davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarda manfaatlar to‘qnashuviga oid yuqoridagi hujjatlarning to‘ldirilishi va yuritilishi bo‘yicha bir xil yondashuv va amaliyotni joriy etishni ko‘zda tutadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥 O'simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilmay yuqori hosil olib bo'lmaydi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Eksport bozori tahlil qilindi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Meva-sabzavotlarni qayta ishlash bo'yicha qanday standartlar mavjud?

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha bir qator xalqaro va milliy standartlar mavjud. Bu standartlar mahsulot sifati, xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

1️⃣ ISO 22000. Bu xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi standarti qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda xavfsizlikni ta’minlashga yordam beradi. ISO 22000 mahsulotning har bir bosqichida xavflarni aniqlash va boshqarish uchun talablarni belgilaydi.


2️⃣ Global G.A.P (Good Agricultural Practices). Bu standartga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish va yig‘ib olish jarayonlarida yagona sifat va xavfsizlik qoidalari belgilanib, ularga amal qilinishi nazoratga olinadi.

3️⃣ HACCP (Hazard Analysis and Critical Control Points). Xavf tahlili va muhim nazorat tizimi bo‘lib, qayta ishlash jarayonida xavflarni aniqlash va ularni nazorat qilish imkonini beradi. HACCP oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun keng qo‘llaniladi.

4️⃣ GMP (Good Manufacturing Practices). Sifatli ishlab chiqarish amaliyotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda toza, gigiyenik va xavfsiz jarayonlarni ta’minlashga qaratilgan standart. GMP mahsulotni yetkazib berish va saqlash jarayonlarida ham amal qilinishi kerak bo‘lgan qoidalarni o‘z ichiga oladi.

5️⃣ Organic Certification. Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda foydalaniladigan sertifikat bo‘lib, mahsulotlarda kimyoviy moddalar va sun’iy ingrediyentlar ishlatilmasligini talab qiladi. Bu sertifikat atrof-muhitga zarar yetkazmaslik va iste’molchilar uchun ekologik mahsulot yetkazib berishni maqsad qilgan.

6️⃣ ISO 9001. Sifat menejmenti tizimi sifatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida sifatni boshqarish va nazorat qilish uchun keng qo‘llaniladi. Bu standart sifatni oshirishga yordam beradi.

7️⃣ Fair Trade. Adolatli savdo tamoyillariga asoslangan standart bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda ishlab chiqaruvchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

8️⃣ ISO 14001. Bu atrof-muhit menejmenti tizimi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatishni rag‘batlantiradi. Bu standart resurslarni tejash va chiqindilarni kamaytirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlaydi.

9️⃣ IFS Food (International Featured Standards). Mazkur standart chakana va ulgurji savdo uchun oziq-ovqat xavfsizligi va sifat menejmenti standarti bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda xavfsizlik va sifatni ta’minlashga yordam beradi.

🔟 Rainforest Alliance: Bu sertifikat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ekologik va ijtimoiy mas’uliyat bilan qayta ishlashni rag‘batlantiradi. U ekologik xilma-xillikni saqlash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va mehnat sharoitlarini yaxshilashga e’tibor qaratadi.

🥬 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ushbu standartlar nafaqat mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlaydi, balki atrof-muhit va ijtimoiy mas’uliyatni ham oshirishga xizmat qilib, xalqaro maydondagi hamkorlarning ishonchini mustahkamlashga asos bo'ladi. Shuningdek, xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda mosh mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic  #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

📍Farg‘onada xurmo eksporti avjida. Kuniga o‘rtacha 150 tonna xurmo eksportga rasmiylashtirilmoqda

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan
oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish
chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
2024/11/20 03:36:57
Back to Top
HTML Embed Code: