Telegram Web Link
Qishloq xo'jaligida nematodalarning ahamiyati. Ular qanday turlarga bo'linadi?

🪱Nematodalar qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega, lekin ular foydali va zararli turlarga bo‘linadi. Zararli nematodalar ekinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning o‘sishini sekinlashtiradi, hosilni kamaytiradi va ba’zi hollarda butunlay yo‘q qiladi.

🌱Ular o‘simliklarning ildizlariga zarar yetkazadi, natijada o‘simliklar suv va ozuqalarni to‘g‘ri o‘zlashtira olmaydi. Bu turdagi nematodalar paxta, kartoshka, pomidor, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlariga jiddiy zarar keltirishi mumkin.

🤑Shu bilan birga, foydali nematodalar ham mavjud. Ular zararkunandalarga qarshi kurashishda yordam beradi. Masalan, ba’zi nematoda turlari tuproqdagi zararli hasharotlar bilan oziqlanib, ularni nazorat qilishda tabiiy bioagressor sifatida ishlatiladi.

▶️Nematodalar 500 000 dan ortiq turga ega va odam boshiga 57 milliard qurtni tashkil etadi, bu qishloq xo'jaligida tez-tez e'tiborga olinmaydigan kuchdir. Ular juda katta qiyinchilik tug'diradi va muqobil nazorat usullariga intilish ham hayotiy, ham murakkabdir.

Fitoparazitar (o’simliklarga zararli) nematodalar

🍀Ular o’simliklarning ildizlari, barglari yoki urug’lariga zarar keltiradi va qishloq xo’jalik ekinlariga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ildiz tugunli nematodalar ildizlarda tuguncha shakllarini hosil qilib, suv va ozuqa moddalarining o’simlikka kirishini cheklaydi.

Ildiz kuzatuvchi nematodalar ildiz tizimini zaiflashtiradi va o’simliklarning o’sishini to’xtatadi. Ular, bug’doy, arpa va boshqa g‘alla ekinlari uchun zararli. Shtir nematodalari esa, g‘alla ekinlarida uchraydi va ildiz tizimiga zarar keltiradi, o’simliklarning suvsizlanishiga sabab bo’ladi.

Yirtqich nematodalar (foydali nematodalar)

📌Yirtqich nematodalar boshqa zararli tuproq organizmlari, masalan, zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanadi va biologik nazorat vositasi sifatida ishlatiladi.

Masalan, Steinernema va Heterorhabditislar zararkunanda hasharotlarni yo’q qilib, ekinlarni himoya qilishda yordam beradi. Ushbu nematodalar biologik pestitsidlar sifatida ishlatiladi va tuproqdagi zararkunandalarga qarshi tabiiy kurash vositasi hisoblanadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Sirdaryo" MTRK - O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida oshqovoqning “Muskat” va “Gantel” navlarini yeshtirgan tomorqa yer egalari bilan uchrashdi.

#oav_biz_haqimizda

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

📍Farg'ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi korxonalardan biri tomonidan 10 dan ortiq sarxil mevalar tabiiyligini saqlagan holda quritilib, MDH davlatlariga eksport qilinmoqda.

🍊Mahsulotni eksportga tayyorlash jarayonida uning fitosanitar holati o‘rganilib, ehtiyoj tug‘ilganda zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berilmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇫🇷Fransiyaga tashrif doirasida O'simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Fransiya karantin xizmati – Oziq-ovqat bosh boshqarmasi rahbari Emmanuel Koyen bilan uchrashdi.

Muloqotda fitosanitariya sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalasi ko'rib chiqildi. Bunda asosiy yo'nalishlar etib oʻzaro tashriflarni amalga oshirish, mutaxassislar malakasini oshirish, raqamlashtirish masalalari muhokama etildi.

🧑‍💻 Yana bir mavzu ikki davlat karantin xizmatlarining elektron axborot tizimlari integratsiyasi bo'lib, bu borada elektron hujjat almashinuvini yo'lga qo'yishga kelishib olindi. Erishilgan kelishuv natijasida O'zbekistondan eksport bo'lgan mahsulotlar aviatransport orqali yetkazilganda fitosanitariya sertifikatlarining elektron shakllari oʻzaro tan olinadi.

‼️ Muloqotda mahalliy meva-sabzavotlar eksporti hajmini oshirish uchun Fransiyaning fitosanitariya bo'yicha import talablari o'rganildi. Shuningdek, mamlakatda meva-sabzavot va oziq-ovqat importi bilan shug'ullanuvchi yirik korxonalar yuzasidan ma'lumot almashildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eksport_dayjest

🤵 Varshavada oziq-ovqat ko'rgazmasi o'tkaziladi

🗓2024-yil 6-7-noyabr kunlari Polsha poytaxtida oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari yo'nalishida "Future Private Labels Expo" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.

👫Tadbirda sohaga oid xalqaro kompaniya vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

🖊 Ma'lumot uchun, Future Private Labels Expo Polsha va xorijdagi ishlab chiqaruvchilar uchun turli mahsulotlarni taqdim etish va ishonchli hamkorlar topish uchun yaxshi imkoniyat.

🗣Ko'rgazma doirasida butun dunyodan oziq-ovqat va ichimliklar mahsulotlari namoyish etiladi. Shunindek, ko'rgazma doirasida Innovatsion forum ham tashkil etiladi. Unda xalqaro ekspertlar oziq-ovqat yo'nalishidagi tendensiyalar haqida ma'lumotlar berib o'tadilar.

🤝Biznes uchrashuvlar ham o'tkazilishi rejalashtirilgan. B2B formatidagi uchrashuvda potensial importyor va exportyorlar bilan muloqot olib borish va shartnomalar imzolash imkoniyati taqdim etiladi.

☎️ Murojaat, savol va takliflar uchun:
+99871 202 10 00
+99871 202 77 78
(ichki raqam: 1591)

📩 Elektron pochta manzili:
[email protected]

☎️Mas'ul xodim: Mehriddinov San'atbek

Markaziy eksport shtabi eksportyorlarimizni qo'llab-quvvatlashga tayyor!

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida tanlovga qo‘yiladigan vakant lavozimlar ro‘yxati

😄 Innovatsion rivojlanish va xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig'i ➡️ MALAKAVIY TALABLAR

G‘o‘za, sabzovot, poliz va kartoshkaning xavfli va karantindagi zararkunandalariga qarshi kurashni joriy etish laboratoriyasi
😄 Katta ilmiy xodim ➡️ MALAKAVIY TALABLAR

Qishloq xo‘jalik ekinlarida xavfli va karantindagi begona o‘tlarni o‘rganish va qarshi kurashish laboratoriyasi
😄 Katta ilmiy xodim ➡️ MALAKAVIY TALABLAR

Qishloq xo‘jalik ekinlarida xavfli va karantindagi begona o‘tlarni o‘rganish va qarshi kurashish laboratoriyasi
😄 Kichik ilmiy xodim ➡️ MALAKAVIY TALABLAR

Moliya-iqtisod bo‘limi
😄 Moddiy boyliklar bo‘yicha yetakchi buxgalter➡️ MALAKAVIY TALABLAR

Hujjatlar 23.10.2024 dan 27.10.2024 gacha (shu kuni ham) qabul qilinadi

🖊 Ma‘lumotnomalarni quyidagi telegram
raqamlarga yuborishingiz mumkin:
☎️+998 99 875 84 10, +998 90 126 02 06
@Karantin_himoya

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jahon bozori yana bir qadam yaqin!

Endi O‘zbekiston mahsulotlarini AsiaExport platformasida ham joylashtirish imkoni mavjud.

💻AsiaExport – bu qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan mahalliy eksportyorlarni xorijiy hamkorlar bilan bog‘lovchi platforma bo‘lib, uning asosiy maqsadi O‘zbekiston kompaniyalari uchun eksportni qulay va samarali qilish, eksport hajmini oshirish hamda yangi hamkorlar topish uchun imkoniyat yaratishdir.

📱Onlayn-bozorda taklif etilayotgan mahsulot haqida to‘liq ma’lumot tayyorlab, ularni platformaga joylashtirishning o‘zi kifoya. Dastur faoliyat turi, yo‘nalish, taklif va talabga qarab xaridorlarni o‘zi topib beradi.

🤝 Xaridorlar va sotuvchilar uchun xavfsiz to‘lov tizimlari va sotuvchilarni sertifikatlash orqali himoya qilinishi ham ta’minlangan. Bu orqali xavfsiz tranzaksiyalarni amalga oshirish mumkin.

O‘z ishingizni kengaytiring! AsiaExport – bu shunchaki platforma emas, bu halqaro bozorda ishonchli hamkorlar topish imkoniyatidir!

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi

Shuningdek, BRIKS sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vazirining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🖋 Respublikada 59 ta korxona organik sertifikatga ega

🇺🇿O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy inspektorlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda monitoring olib borildi. Monitoring davomida eksportbop mahsulotlar yetishtirish salohiyatiga ega dehqon, fermer xo‘jaliklari, bog‘larlar to‘g‘risida ma’lumotlar jamlandi.

🍎 Bugungi kunda jahon bozorida organik mahsulotlarga talab ortib borayotganini inobatga olgan holda organik mahsulotlar yetishtirish imkoni mavjud yerlar saralandi. Dastlabki monitoring natijalariga ko‘ra, 12 ta hududda organik mahsulot yetishtirish mumkin.

📍Xalqaro namunadagi sertifikatga ega eng katta maydon Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, viloyat hududida jami 11 070 gektar maydonda xalqaro organik standartiga mos mahsulot yetishtirish imkoni mavjud.

🥬 Ikkinchi o‘rinda Buxoro viloyatining 1300 gektar maydoni va Jizzax viloyatining 1150 gektar yerlari. Kuchli 5 talikda Namangan viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi organik mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirilgan yerlar.

🫥 ORGANIC, GLOBAL GAP va ISO sifat sertifikatlariga ega mahsulot yetishtiruvchi agroklasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tadbirkorlik subyektlari soni jami 59 tani tashkil etadi. Xalqaro sertifikatga ega korxonalarning aksariyatida organik paxta va g‘alla hamda dorivor o‘simliklar yetishtirilmoqda.

💊Shuningdek, 158 ta agroklaster, fermer va dehqon xo‘jaliklarida minerla o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilishda kimyoviy vositalarsiz ekologik toza mahsulotlar yetishtirilayotganligi aniqlandi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eksport_dayjest

🇹🇷 Turkiyada turizm, sanoat, oziq-ovqat, to'qimachilik, chakana savdo, transport va logistika va boshqa ko'p tarmoqli sohalar yo'nalishida xalqaro ko'rgazma bo'lib o'tadi.

🗓 2024-yil 7-9-noyabr kunlari Istanbul shahrida davom etadigan "Turkiy davlatlarning biznes dunyosi 2024" ko’rgazmasida O’zbekiston tadbirkorlari ham o’z mahsulotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

👨‍👩‍👦 Xalqaro ko'rgazmada Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya, O'zbekiston, Vengriya, Turkmaniston, Yaqin sharq, Afrika va Yevropaning bir qancha mamlakatlaridan korxonalar ishtirok etadi.

✔️ Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan eksportyorlarimiz uchun bu xalqaro maydonda hamkorlikni kengaytirish imkoni degani.

💻 Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/1Lz0Ce5tsoCH2cbnf_HQoQR9qia8-a7HYU-qs2WzhI4s/viewform?edit_requested=true

☎️ Murojaat, savol va takliflar uchun:
+99871 202 1000
+99871 202 77 78

👨‍🦱 Mas'ul hodim:
Shananov Oybek
📱 @Shananov2

🔰 Markaziy eksport shtabi eksportyorlarimizni qo'llab-quvvatlashga tayyor!

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 — Yurtimizga noqonuniy olib kirilayotgan o'simliklar to'xtatib qolindi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷 Koreya Respublikasi hamkorligida O'zbekistonda uzumning yangi navi yetishtriladi.

O'simliklar karantini va himoyasi agentligida Koreya Respublikasining “TMS Global Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Muloqotda kompaniya vakillari O‘zbekistonga tashrif doirasida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyati bilan tanishganini ma'lum qildi.

🍇 “TMS Global Group” kompaniyasi – qishloq xojaligida yangi navlarni yaratish, eksportbop mahsulotlarni yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Korxona bu borada katta tajribaga ega bo‘lib, navlarni tanlashdan tortib quritishgacha bo‘lgan texnologiyani ishlab chiqqan.

🍇 Kompaniya mutasaddilari O‘zbekistonda ishonchli hamkorlarni topishni maqsad qilgan. “TМS Global Group” direktori mamlakatimizda ochiladigan bog'larda ilg'or tajriba asosidagi tizimni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganini ma'lum qildi.

🛕 Uchrashuv doirasida fitosanitariya tahlillarini olib boradigan Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi faoliyati o‘rganildi, fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash masalalari ahamiyati muhokama etildi.

💬 Shuningdek, bugungi kunda Janubiy Koreyaga eksport qilinayotgan meva-sabzavotlarning sifat nazorati, yuzaga kelayotgan muammolar masalasi tahlil etildi, ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.

🔰 karantin.uz 💬Facebook 📷Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Buxoro" MTRK - Kogon tumanida kuzgi yer kovlash ishlari olib borildi.

#oav_biz_haqimizda

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
  Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda bodom mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic  #export  #bodom

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/20 11:42:19
Back to Top
HTML Embed Code: