Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ EPPO Kengashining 74-sessiyasida ishtirok etish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib turibdi.

🍇 Ishchi tashrif doirasida Agentlik rahbari mamlakat poytaxtining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotiladigan eng yirik bozorlardan birida bo‘ldi va bozor konyukturasini o‘rgandi.

🤝 Bozor ma’muriyati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida O‘zbekistonda yetishtirilgan bir necha turdagi mahsulotlarni namuna tariqasida 1 furadan (taxminan 20 tonna) miqdorida olib kelish va realizatsiya qilishga kelishib olindi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧TARKIBIDA ENG KO'P SUV MIQDORI BOR SABZAVOTLAR

😓Kuniga sakkiz stakan suv ichish kerak, degan ma’lum va mashhur qoida bor. Ammo ko‘pchiligimiz suvni nafaqat ichish, balki "eyish" ham mumkinligi haqida unutib qo‘yamiz. Kundalik H2O ning tahminan 20 foizi qattiq yeguliklardan, ayniqsa meva va sabzavotlardan kelib tushadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 "Renessans TV" — Yurtimizga noqonuniy olib kirilayotgan o'simliklar to'xtatib qolindi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖 Mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarga davlat tilini o‘rgatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazida o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan aholi vakillari uchun “O‘zbek tili” kursi bepul tashkil etilmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇦🇿 Ozarbayjon bozori tahlili: mayiz va boshqa turdagi quritilgan mahsulotlarga talab bor!

🔰 Ozarbayjon Respublikasiga ishchi tashrif davomida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Bokudagi yana bir yirik ulgurji mavdo markazida bo‘ldi.

🌱 "Meveyli" bozori asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiyasiga ixtisoslashgan bo‘lib, bu yerda Agentlik rahbari bozor konyukturasini o‘rgandi, mavjud talab va takliflarni tahlil qildi. Mahsulotlarning qadog‘iga ham e’tibor qaratildi.

🫐 E’tiroflisi, O‘zbekiston quruq mahsulotlariga bu yerda talab yuqori. Ayniqsa, mayizning bir necha turlari eksportini ko‘paytirish taklif qilindi.

🙌 Shuningdek, o‘rganishlar davomida "Meveyli" bozori ma’muriyati bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Yevropa va Oʻrta yer dengizi oʻsimliklarni himoya qilish tashkiloti (EPPO) kengashining 74-sessiyasida ishtirok etdi.

🇦🇿Shu kunlarda Ozarbayjon poytaxtida Yevropa va Oʻrta yer dengizi oʻsimliklarni himoya qilish tashkiloti (EPPO) kengashining 74-sessiyasi davom etmoqda.

🌷 Maʼlumot uchun, xalqaro tashkilot oʻsimliklar sogʻligini muhofaza qilish, invaziv zararkunandalarning yangi hududlarga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha strategiyalarni ishlab chiqadi hamda zararkunandalarga qarshi kurashning zamonaviy, xavfsiz va ilmiy jihatdan isbotlangan samarali usullaridan foydalanishni targʻib qiladi.

🖋 Tadbirda xalqaro tashkilotga aʼzo davlatlar vakillari ishtirok etib, milliy fitosanitariya tizimi holati, yangicha yondashuvlar va ilmiy tadqiqotlar natijalarini taqdim etdilar.

‼️ EPPO bilan oʻzaro hamkorlik Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini tashqi tahdidlardan himoya qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, mamlakatimiz iqlimi va sharoitiga toʻla mos kela olidigan xalqaro fitosanitariya standartlarini ishlab chiqish imkoni yuzaga keladi. Qolaversa, ilgʻor tajribani joriy etish eksportni kengaytirish, xalqaro bozorlarda oʻz oʻrnimizni mustahkamlash, O'zbekiston iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Yosh eksportchilar" loyihasi Xorazm viloyatida

#oav_biz_haqimizda

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#erkin_muloqot #online

🔴 Bugun O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olim va mutaxassislar ishtirokida “O'simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish” bo'yicha “Erkin muloqot” bo'lib o'tishini ESLATIB O'TAMIZ!

“Erkin muloqot”da siz ham ishtirok etib, qiziqtirgan savollaringizga ilmiy asoslangan javob olishingiz mumkin!

💬 Muloqot uchun doimiy havola 👇
💬 https://us06web.zoom.us/j/4834846971?pwd=RmdrUVdEVEdtTTJ0ODFYdW5RSFdtZz09

💬 Konferensiya identefikatori: 483 484 6971
Ulanish kodi: 907457

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇦🇿 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi doirasida mamlakat Oziq-ovqat xavfsizligi agentligi raisi o‘rinbosari Balarehim Quliyev bilan uchrashdi.

🤝 Muloqotda ikki mamalakat o‘rtasida o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida imzolangan Bitimni amalga oshirish maqsadida asosiy yo‘nalishlarni belgilab oldilar.

✍️ Malaka oshirish maqsadida:
- fitosanitar xavfni baholash;
- zararkunandalar xavfini boshqarish;
- laboratoriya tadqiqotlari va diagnostikasi;
- dala nazorati;
- innovatsion zararsizlantirish usullari (sovuq va issiq bilan ishlov berish, fumigatsiya);
- o‘simliklarni himoya qilishda kimyoviy vositalardan samarali foydalanish;
- zararkunandalarga qarshi biologik usullar;
- ilmiy salohiyatni rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni mustahkanlashga kelishib oldilar.

Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon o’rtasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini import va eksport qilish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida fitosanitariya sohasidagi axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali fitosanitariya sertifikatlarni almashish choralarini ko‘radilar.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎃 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda qovoq mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#infographic #export #qovoq

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#etirof

Avval xabar berganimizdek, Boku shahrida Yevropa va Oʻrta yer dengizi oʻsimliklarni himoya qilish tashkiloti (EPPO) kengashining 74-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

🖊 Kengash sessiya doirasida tashkilotning 2023-yilgi moliyaviy hisoboti, shuningdek, kun tartibiga kiritilgan muhim masalalardan biri – tashkilot Kengashining prezidenti va vitse-prezidenti (o‘rinbosari) ni tayinlash masalasini ko‘rib chiqdi.

🔰 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh mutaxassisi Sultonmahmud Sultonov yana Kengashining vitse-prezidenti etib saylandi.

🌏 Ma’lumot uchun, EPPO Yevropa-Oʻrta yer dengizi mintaqasida oʻsimliklar salomatligi sohasida hamkorlik qilish uchun masʼul boʻlgan hukumatlararo tashkilotdir. Tashkilot 1951-yilda Yevropadagi 15 ta davlat tomonidan tashkil etilgan. Hozirda xalqaro tuzilmaga 52 davlat aʼzo boʻlgan.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 14:36:55
Back to Top
HTML Embed Code: