Telegram Web Link
🇺🇿🇨🇳Goody’da o’tkazilgan uchrashuv natijasi

🔰Avval xabar berganimizdek, O'simliklar karantini va himoyasi agentligi, Eksportchilar uyushmasi va Xitoyning yirik CUS-GROUP kompaniyasi bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlarimiz uchun seminar trening o’tkazildi.

✔️ Seminarda Karantin agentligi Markaziy eksport shtabi rahbari Kamoliddin Muqimov va shtab mutaxassislari ishtirok etib, tadbirkorlarga ikki tomonlama uchrashuvlarni tashkil etishga ko’maklashdi.

➡️ Uchrashuv natijasida Xitoyning yirik qadoqlash korxonasi Karantin agentligi bilan hamkorlikda ishlash taklifini bildirib, O'zbekiston tadbirkorlari bilan qo'shma qadoqlash korxonasini tashkil etish bo'yicha kelishib olindi.

🖋 Tadbirda o'git, pestitsid ishlab chiqish korxonalari rahbarlari ham ishtirok etib, tadbirkorlarimiz bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

✔️ CUS-GROUP kompaniyasi rahbari Karantin agentligida tadbirkorlar uchun tashkil etilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi va Xitoy tadbirkorlariga hamkorlikni mustahlamlashni tavsiya qildi.

📢 Eslatib o’tamiz, Markaziy eksport shtabi tomonidan bu kabi tadbirkorlarning manfaati uchun xizmat qiladigan uchrashuv maydonlari muntazam tashkil etilib, Karantin agentligining rasmiy sahifalarida anonslar berib borilmoqda.

#eksport_daydjest

🔰 karantin.uz 💬Facebook 📷Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰 #eksport_dayjest

✔️ “Yosh eksportchilar” loyihasining navbatdagi bosqichi Qoraqalpogʻiston Respublikasida boshlandi.

✔️ “UzKargo” aksiadorlik jamiyati tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti uchun tarif setkalari koʻrib chiqiladi.

✔️ Xitoy bozorlariga chiqish istagida boʻlgan tadbirkorlar uchun “GOODY” savdo markazida seminar-trening oʻtkazildi.

✔️ Oʻzbekistonda Italiya texnologiyasi asosida qadoqlovchi korxona filiali ochiladi.

✔️ Rossiyaning “X5 Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistondan mahsulotlarni import qilish uchun mahalliy mutaxassislarning onlayn oʻquv kurslari tashkil etiladi.

✔️ Malayziyada 800 dan ortiq savdo nuqtalariga ega kompaniyaga mahsulot yetkazib berish maqsadida savdo uyi ochilmoqda.
✔️ Oʻzbekistonga Koreya Respublikasidan yirik importyorlar delegatsiyasini kutib oliga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

🔰 karantin.uz 💬Facebook 📷Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Nurafshon TV" — Qulupnayning yangi navlari yetishtirilmoqda 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eksport_daydjest

📢 Qirgʻiziston Respublikasi bilan hamkorlik qilish istagida boʻlgan tadbirkorlar diqqatiga

🇰🇬 Qirgʻizqiziston Respublikasining Botken shahrida 2024-yil 12-oktabr kuni “Botken taraqqiyoti – yurt taraqqiyoti” II investitsiya forumi boʻlib oʻtadi. Tadbir doirasida Qirgʻiziston, Xitoy, Rossiya, Oʻzbekiston, Turkiya va boshqa mamlakatlarning yirik korxonalari va tadbirkorlar oʻrtasida B2B uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ Asosiy yoʻnalishlar:

🌲 qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va sanoati
💱 turizm
🚛 xalqaro logistika

Ushbu yoʻnalishlar boʻyicha oʻz biznesingizni rivojlantirish uchun yangi hamkorlar topish istagida boʻlsangiz, bu imkoniyat siz uchun.

Koʻrgazmada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:
https://docs.google.com/forms/d/103QL8pSLFZ6xf2TAgUJmGaX-breg4hM6w3--y8PsRck/viewform?edit_requested=true

☎️ Qo'shimcha savol va takliflar uchun:
+99871 202 00 00
+99871 202 77 76
(ichki raqam: 1514)


Mas'ul xodim: Shonanov Oybek

Markaziy eksport shtabi eksportyorlarimizni qo'llab-quvvatlashga tayyor!

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇳Hindistonda oʼtkazilayotgan loyiha doirasida Agentlik mutaxassislari entomopatogen nematodalar laboratoriyasiga ham tashrif buyurdilar

📍 Hindistondagi o‘quv dasturida qatnashayotgan Oʻzbekiston delegatsiyasi a’zolari rejalashtirilgan tadbirlarga qo’shimcha ravishda entomopatogen nematodalar tadqiqotlariga mo’ljallangan maxsus laboratoriyaga tashrif buyurdilar. Ushbu tashrifda entomopatogen nematodalar yordamida zararkunandalarga qarshi biologik kurashning ahamiyati, dalada qo‘llanish imkoniyatlari va amaliy tajribalari bilan yaqindan tanishdilar.

💬 Qizg‘in savol-javoblar: Tashrif davomida ilmiy xodimlar va laboratoriya mutaxassislari o‘rtasida ko‘plab qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya a’zolari nematodalarni amaliyotda qo‘llash, ularning zararkunandalarga qarshi samaradorligi va ekologik xavfsizligi haqida batafsil ma’lumot olishdi. Savollar nematodalarni ko‘paytirish, ularni turli zararkunandalar, xususan, qurtlarga qarshi qo‘llash imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekistonda bu texnologiyani joriy etish bo‘yicha bo’lib o’tdi.

🔬 Komstok qurtiga qarshi bionazorat tajribasi: Tadbirning eng muhim qismi Hindistonda xavfli zararkunandalardan biri hisoblangan Komstok qurtiga (Planococcus citri) qarshi nematodalar yordamida bionazorat tajribasi o‘tkazilishi bo‘ldi. Ushbu tajribada nematodalar zararkunandalarni qanday qilib zararsizlantirishi, ularning biologik faolligi va samaradorligi bo‘yicha amaliy natijalar ko‘rsatildi.

🎓 Seminar va ilmiy darslar: Seminarda o‘simliklarni himoya qilish va zararkunandalarga qarshi integratsiyalashgan kurash strategiyalari bo‘yicha keng qamrovli ilmiy darslar o‘tkazildi. Ilmiy xodimlar bionazorat vositalarining ekologik xavfsizligi, ularni qo‘llash metodologiyasi va xalqaro tajribalar bilan tanishdilar. Ushbu seminar o‘zaro bilim almashish va yangi g‘oyalarni o‘rganish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ EPPO Kengashining 74-sessiyasida ishtirok etish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib turibdi.

🍇 Ishchi tashrif doirasida Agentlik rahbari mamlakat poytaxtining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotiladigan eng yirik bozorlardan birida bo‘ldi va bozor konyukturasini o‘rgandi.

🤝 Bozor ma’muriyati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida O‘zbekistonda yetishtirilgan bir necha turdagi mahsulotlarni namuna tariqasida 1 furadan (taxminan 20 tonna) miqdorida olib kelish va realizatsiya qilishga kelishib olindi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧TARKIBIDA ENG KO'P SUV MIQDORI BOR SABZAVOTLAR

😓Kuniga sakkiz stakan suv ichish kerak, degan ma’lum va mashhur qoida bor. Ammo ko‘pchiligimiz suvni nafaqat ichish, balki "eyish" ham mumkinligi haqida unutib qo‘yamiz. Kundalik H2O ning tahminan 20 foizi qattiq yeguliklardan, ayniqsa meva va sabzavotlardan kelib tushadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 20:23:13
Back to Top
HTML Embed Code: