Telegram Web Link
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida “O‘zbekiston fitosanitariya xizmati salohiyatini rivojlantirish va o‘simliklar karantini chegara punktlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tdi.

👫 Loyiha doirasida mamlakatimizda o’rganishlar olib borgan Koreya Respublikasi ekspertlari 7 ta asosiy yo’nalishni belgilab, Agentlik mutaxassislari bilan hamkorlikda ish olib borishdi.

🤝 Belgilangan sohalar bo’yicha Agentlik direktoriga o’rganishlar natijasi taqdim etildi hamda kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

#Karantin_yangilik #KOICA #xalqaro_hamkorlik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlar diqqatiga!!!
 
📣 Joriy yilning 1-avgustidan boshlab qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sifatli saralangan, kalibrlangan va qadoqlangan holda eksport qilgan tadbirkorlik subyektlari transport kompensatsiyasini toʻliq olish imkoniyatiga ega boʻladi.

🖥 Bunda, mahsulotni xorijiy bozorlarga eksport qilishda Agentlikning karantin.uz rasmiy veb saytida elon qilingan qadoqlash korxonalarining birida saralab, kalibrlab va qadoqlab bo’lgandan so’ng, bu haqda Oʻsimliklar karantini davlat inspektorini xabardor qilishin lozim.

🔰 Agentlik tomonidan rasmiylashtirilayotgan ichki fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirish uchun arizada:

1- Saralash, kalibrlash va qadoqlash korxona nomi hamda uning Agentlikdagi qadoqlash korxonalarining ma’lumotlar bazasidagi ro‘yxat raqami,
2- Mahsulot qadoqlangan korxonaning joyi,
3-Mahsulotni hajmi,
4-Saralash, kalibrlash, qadoqlash turi va uning soni,
5-Dalolatnomasi (qadoqlash korxonasi bilan eksportchi korxona o‘rtasidagi rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar to‘g‘risida) kabi ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi.

📑 Xalqaro Fitosanitar sertifikati namunasining 17-bandida (Qo‘shimcha ma’lumotlar) – saralash, kalibrlash va qadoqlash korxonasi nomi hamda uning Agentlikdagi qadoqlash korxonalarining ma’lumotlar bazasidagi ro‘yxati raqamini kiritilgan bosa xarajatlar to‘liq kompensatsiya qilinadi.

#Karantin_yangilik #kompensatsiya #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

🖊 Qonunchilikka koʻra, yuridik va jismoniy shaxslarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesilgan daraxt va butalardan kam boʻlmagan yirik oʻlchamli (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) koʻchatni ekish hamda ularni kamida 2 yil davomida parvarish qilish boʻyicha qoʻshimcha majburiyat yuklatiladi.

Bunda daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan yigʻimni toʻlaganlik yuridik va jismoniy shaxslarni kompensatsiyaviy ekish hamda parvarish qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.

⚡️ Eslatma: Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima mavjud.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yosh eksportchilar” loyihasi yakunlandi.

Hafta davomida saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan yigit-qizlar O’zbekiston mahsulotlari eksporti bilan bog’liq barcha yo’nalishlar bo’yicha bilim va ko’nikmalarini oshirdilar.

Loyiha ishtirokchilariga sertifikat topshirildi. Sertifikatlarni O’simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori o‘rinbosari Ulug‘bek Yunusov hamda O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi Yorqin Malikov topshirdilar.

#yoshlar_siyosati #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 - «Yashil makon»: ko`chatlar parvarishi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi.

Joriy haftada davlatimiz rahbari huzurida ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, hafta davomida Prezidentimiz davlat tashrifi bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘lishi, Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida hamda "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Hafta yakunida Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida rasmiy tashrif bilan yurtimizga kelishi kutilmoqda.
Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda mosh mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic  #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ "Agroko‘makchi" mobil ilovasi yangilanganini ma’lum qilamiz.

Xizmat turlari bo‘limiga:
🔬 SES laboratoriyalari
🌲 Mineral o‘g‘it omborlari va shtab tarkibi
🌿 Hamda feromon tutqichlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar kiritildi.

Foydali ma’lumotlar bo‘limida esa endi mahalliy va import bo‘lgan urug‘ va ko‘chatlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🔼 Shuningdek, eksport operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida Eksport qilinishi mumkin bo‘lgan davlatlar va ular tomonidan qo‘yilgan talablar, meva-sabzavot mahsulotlariga tavsiya etiladigan minal eksport narxlari hamda xorijiy davlatlarda bozor mahsulotlari narxlari to‘g‘risida so‘nggi ma’lumotlar kiritib borilmoqda.

🖥 Alohida rukn orqali qadoq ishlab chiqaruvchilar korxonalar,  logistika xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar, yetishtirilayotgan eksportbop ekinlar maydoni va yaqin 20 kunda pishib yetilishi  kutilayotgan hosil, omborlarda mavjud mahsulotlar to‘g‘risida ham ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

👨‍👩‍👦 Bugungi kunda 60 mingdan ortiq foydalanuvchi “Agroko‘makchi” ilovasining imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqda. Siz ham ilovani yuklab oling.

📱 Mobil ilovani 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈 platformalaridan yuklab olishingiz mumkin.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Qashqadaryo" MTRK — G'o'za parvarishida “Dolzarb 40 kunlik”

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘simliklar karantini va himoyasi tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan g‘o‘za maydonlari karantin dala nazoratidan o‘tkazilmoqda.

✍️ Kogon tumanida g‘o‘za maydonlarida uchraydigan xavfli zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlarini uyushqoqlik bilan amalga oshirilishini tashkil qilish, shuningdek, ushbu tadbirlar bo‘yicha nazoratni o‘rnatish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi Kogon tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

👫 Bu borada tumanda har bir fermer xo‘jaliklari mas’ullar bilan uchrashib, mavjud g‘o‘za maydonlari karantin dala nazoratidan o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga Fermer va dehqon xo‘jaliklari egalariga zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan kurash, agrotexnik, biologik va kimyoviy choralarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🪱 Entomopatogen nematodlar: innovatsion himoya vositasi

Entomopatogen nematodalar, xususan Steinernema feltiae va Steinernema carpocapsae kabi turlari, zararkunandalarga qarshi samarali kurash vositasi hisoblanadi. Nematodalar zararkunandalarning tanasiga kirib, ularni tezda nobud qiladi.

✍️ Ushbu nematodalar ko’sak qurti, kuzgi tunlam, simqurtlar, meva pashshalari va trips kabi zararkunandalarga qarshi samarali kurashadi.

🌿 Biologik kurash usullari kimyoviy pestitsidlarga qaraganda atrof-muhitga zarar yetkazmaydi.
🌱 Entomopatogen nematodalar o‘simliklar uchun zararsiz bo‘lib, faqat zararkunandalarni yo‘q qiladi.
♻️ Biologik kurash usullari uzoq muddatda barqaror qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga yordam beradi.
💰 Nematodalar uzoq muddatli va arzon narxlarda samarali himoya vositasi hisoblanadi.

✍️ 1 gektar maydonga 100 mln. ta nematoda qo‘llaniladi. Entomopatogen nematodlar suvli suspenziya holida dala va bog‘larga purkash yo‘li bilan qo‘llaniladi.

Eng samarali davr zararkunandalarning aktiv bo‘lgan vaqti, odatda kechqurun yoki tongda qo‘llash tavsiya etiladi. Nematodlar uchun optimal sharoitlar tuproqning namligi va haroratiga bog‘liq. Nematodlar namlikni yaxshi ko‘radi, shuning uchun purkashdan keyin yer maydonlarini suv bilan sug‘orish tavsiya etiladi. Eng yaxshi natijalar +20°C dan +30°C gacha bo‘lgan haroratda kuzatiladi.

🟠 Har bir ekin turi uchun aniq dozalar va qo‘llash texnikasi mavjud bo’lib, profilaktika va IZMM dan past bo’lganida 1 gektar maydonga 100 mln. tadan 500 mln. tagacha foydali nematodalar, bir mavsumda 3 martadan 5 martagacha tarqatiladi.

🔴 Kuchli zararlangan hududlarda esa 1 gektar maydonga 500 mln. dan 1 mlrd. gacha miqdorda bir hafta farqi bilan 3 martadan 10 martagacha qo’llash tavsiya qilinadi.

🇺🇿 Mahalliy entomopatogen nematodalar xorijiy kompaniyalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga nisbatan yanada samarali va arzon hisoblanadi.

📌 Entomopatogen nematodalarning onalik mahsulotini O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutidan olishingiz mumkin:
📍Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy,
📞+99871 260-48-53, +99833 136-11-77

👆Bu tavsiyalar nafaqat ekinlarni hosildorligini oshiradi, balki atrof-muhitni ham himoya qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 22:28:26
Back to Top
HTML Embed Code: