Telegram Web Link
🔰 Agentlik xodimlari uchun Yunus Rajabiy uy-muzeyiga ekskursiya tashkil etildi

✍️ O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi markaziy apparatining bir guruh xodimlari “Moziyga sayohat” dasturi doirasida Yunus Rajabiy uy-muzeyiga tashkil etilgan sayohat orqali ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini yanada boyitdilar.

Bu yerdagi 7000 mingga yaqin eksponat, xususan, Yunus Rajabiyning shaxsiy buyumlari, hunarmandlik namunalari, shogirdlari va musiqa ixlosmandlarining ko‘plab sovg‘alari Agentlik xodimlariga katta taassurot qoldirdi.

💬 Ekskursiya davomida O‘zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Unda Hasan Rajabiy muzeyni tashkil etish jarayoni, otasi – Yunus Rajabiy bilan bog‘liq iliq xotiralarini xodimlarga so‘zlab berdi. Ayniqsa, ustoz hofiz tomonidan ijro etilgan diltortar navolar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G’o’za parvarishida muhim palla: biolaboratoriyalarda ko’paytirilgan entomofaglar dala maydonlariga chiqarilmoqda

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇰🇷 Bugun O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasi mutaxassislari va Koreya Respublikasining KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda trening o’tkazildi

🤝 Mazkur trening Agentlik va xalqaro tashkilot o’rtasida imzolangan chora-tadbirlar rejasi asosida tashkil etilib, “Karantin ostidagi mahsulotlarga fitosanitar ishlov berish usullarini xalqaro standartlardan kelib chiqib takomillashtirish” mavzusiga qaratildi.

🚛 Qishloq xo’jaligi mahsulotlarning eksport va importida muhim bosqichlardan hisoblangan fumigatsiya tizimi ham takomillashtirilmoqda. Karantin ostidagi mahsulotlarning sifatli fumigantlar bilan ishlov berilishi yangi turdagi hasharot, begona o’t urug’lari, kasallik qo’zg’atuvchi virus va bakteriyalarning kirib kelishini oldini oladi. Mutaxassislar samarali fumigantlarni, me’yor va talablarni muhokama etishdi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda shaftoli mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#infographic #export #shaftoli

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Piskent tumanida agrotexnik tadbirlar davom etmoqda: paxta maydonlariga feremon tutqichlar oʻrnatilib, zararkunandalarga qarshi biomahsulotlardan foydalanilmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢📢

Ayni vaqtda O'simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashevning Xitoy Xalq Respublikasiga ishchi tashrif davomida mamlakat Bosh bojxona maʼmuriyati bilan uchrashuvi boshlandi.

‼️ Ma'lumot uchun, Xitoyda fitosanitariya yo'nalishidagi vazifa va xizmatlarni davlatning Bosh bojxona ma'muriyati amalga oshiradi. Agentlik mutaxassislari O'zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarning Xitoyga eksporti borasidagi muzokara va kelishuvlarni mazkur organ bilan hamkorlikda olib boradilar.

Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi ko'magida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv doirasida oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish masalasi muhokama etilmoqda. Jumladan,

🫒quritilgan, dukkakli va boshqa mahsulotlar boʻyicha eksportchi korxonalarni Xitoy Reyestriga kiritilishini tezlashtirish;

🌱 bodom eksporti uchun fitosanitar ruxsat olish maqsadida xitoylik mutaxassislarning respublikamizdagi bodom yetishtiriladigan dalalar, bogʻlar va qadoqlash korxonalarida karantin tekshiruvlarini oʻtkazish uchun Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etilishi kelishilmoqda.

#life #Xitoy #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐛 Kartoshka kuyasi (Rhthorimaea orerculella Zell)

🥔 Asosan kartoshka (ildiz, poya, tuganak) õsimligiga zarar yetkazadi, kartoshka barglarini va ba’zan butun õsimlikni quritib qõyadi. Urğochi kuya umrida 150-200 tagacha tuxum qo'yadi, bir yilda 5–6 avlod beradi.

✔️ Agrotexnik kurash choralari.
Zararkunandani dalada qishlab qolishiga yõl qõymaslik uchun yer maydonlarini chuqur haydash va yaxob suvi hamda shõr yuvush kabi tadbirlarni õtkazish kuyaning qishlovga ketgan ğumbaklarini 50-70 % gacha nobud qiladi.

🚻 Kimyoviy kurash choralari: Kartoshka kuyasiga qarshi ta’sir etuvchi moddasi Emamektin benzoat, Tiametoksam, Imidakloprid, Dimetoat, Sipermetrin bo'lgan kimyoviy preparatlar bilan ishlov berish lozim. Kartoshka kuyasi tarqalgan maydonlarda tavsiya etilgan kimyoviy himoya vositalari bilan 2-3 marta 15–20 kun oralatib ishlovlar o'tkazish zarur.

👉 Urug‘likka mo‘ljallangan kartoshkani kuzda quyidagi insektitsidlar bilan dorilab saqlash maqsadga muvofiqdir. Selest top (0,05% lik), detsis (0,1% lik) va sipermetrin (0,03% lik) preparatlari suvdagi eritmasida kartoshkani “cho‘miltirib” olib, quritib, keyin saqlab qo‘yilsa, urug'lik kartoshkani 95% gacha saqlab qolish mumkin.

🥔 Omborxonalarda kartoshkani saqlash jarayonida past harorat (3-5°) da saqlash orqali kartoshka kuyasi rivojlanishdan to‘xtashi va nobud bo‘lishiga erishish mumkin.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Oʻzbekistonda 1 kilogramm moshning oʻrtacha narxi 15 ming soʻm.
Chet elda mazkur turdagi mahsulotning 1 tonnasi 800 dollar atrofida.

👉 Xulosa: mahsulotni yuqori qiymatli bozorlarga eskport qilish yaxshi, biroq don, dukkakli va moyli ekinlarni iste’mol uchun undirishga mo’ljallangan mahsulot sifatida jahon bozoriga chiqarish undanda katta daromad olib keladi. Misol uchun, bir kilogramm o'stirilgan moshni Yevropa bozorlariga, Yaponiya va Janubiy Koreyaga 1 tonnasini 1600-1700 dollargacha sotish mumkin.

🤝 Buning uchun, eksportchi-tadbirkorlarga yuqorida keltirib oʻtilgan mahsulotlar eskportiga ruxsat beruvchi sprut sertifikati kerak boʻladi.

🖊 “Eksportga moʻljallangan va isteʼmol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-aprel dagi 201-son qaroriga muvofiq aniq tartib-taomillar belgilab berildi.

🔰 Eksportga moʻljallangan va isteʼmol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish uchun Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga murojaat qilishingiz mumkin

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇨🇳Xitoyda oʻtkazilgan muzokaralar samarali yakunlandi: 4 turdagi mahsulotni eksport qilish uchun Bayonnoma imzolandi

Kun avvalida xabar berganimizdek, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Xitoyda ishchi tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turibdi. Tashrif davomida Agentlik rahbari Bosh Bojxona maʼmuriyati vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

🖋 Tomonlar Xitoyga eksport qilinadigan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish boʻyicha hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar. Bugungi kunda Chin mamlakatiga 22 turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini fitosanitariya sertifikati asosida eksport qilish imkoniyati mavjud. 900 dan ortiq korxona Xitoy reyestriga kiritilgan boʻlib, Oʻzbekiston eksportni rivojlantirish yoʻnalishida faollik koʻrsatayotgan davlatlardan biri ekanligi eʼtirof etildi. Bunday ijobiy oʻzgarishlarda ikki mamlakat rahbarlarining oʻzaro doʻstona munosabatlari va ishonchi asos boʻlayotgani alohida qayd etildi.

📢 Muzokaralar davomida yana 4 turdagi mahsulotni eksport qilish huquqini beruvchi Bayonnoma imzolandi. Endi Oʻzbekiston tadbirkorlari fitosanitariya sertifikati asosida oʻrik, nektarin, olxoʻri va za'faron mahsulotlarini Xitoy talabiga rioya qilgan holda eksport qilish mumkin.

🤝 Agentlik rahbari eksportni jadallashtirish maqsadida qisqa fursatlarda 4 turdagi mahsulotni eksport qiluvchi korxonalar reyestrini shakllantirilishini maʼlum qildi, Xitoy tomoni oʻz navbatida roʻyxatni koʻrib chiqish hamda reyestrni tasdiqlashni tezlashtirishga vaʼda qildi.

🍈 Shuningdek, qovun eksport qiladigan korxonalar reyestriga Surxondaryo viloyatidagi korxonalar ham kiritiladigan boʻldi. Bugungi kunga qadar Xitoyga bunday imkoniyat faqatgina Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatdagi korxonalarga taqdim etilgandi.

🍇 Yangi uzilgan uzum va bodom eksporti uchun yetishtiruvchi korxonalarning reyestrga kiritilishi maqsadida Xitoy mutaxassislari tashrifi amalga oshirilib, inspeksiya oʻtkazilishi belgilangan edi. Bosh Bojxona xizmati Agentlik mutaxassislariga ishonch bildirib, videotranslyatsiya shaklida inspeksiya oʻtkazishga kelishildi. Jarayon natijasiga koʻra, uzum va bodom eksportini ham boshlash mumkin boʻladi.

📱Eʼtibor qaratilgan mavzulardan yana biri Agentlikning e-Phytouz avtomatlashtirilgan tizimining Xitoy platformasi bilan to’g’ridan-to’g’ri integratsiyasi masalasi boʻldi. Mazkur yoʻnalishdagi rejalarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekistonlik mutaxassislarning Xitoyga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi. Natijada hujjatlar almashinuvini tezlashtirish, chegara maskanlarida yuk qolib ketishi, qalbaki sertikifatlar rasmiylashtirilishining oldin olinadi.

🖊 Shuningdek, ilmiy yoʻnalishda hamkorlikni kuchaytirish masalasi ham koʻrib chiqildi. Bunda yangicha yondashuv asosida eksport\import operatsiyalarida ishtirok etadigan mutaxassislarning malakasini oshirishi uchun kurslar oʻtkazilishiga kelishildi. Inspektorlar avia, temir yoʻl va yuk mashinalari postlarida jarayonlarni oʻrganish, fumigatsiya tizimidagi yangi texnologiyalar bilan tanishishi, ichki karantin xizmati inspektorlari esa mahsulotni eksportga tayyorlash, dalalar va bogʻlarda fitosanitar nazorat va tahlillarni toʻgʻri olib borish bosqichlari bilan tanishish imkoniga ega boʻladilar.

🌱 Maʼlumki, yangilik sifatida ilk bora gʻoʻza maydonlariga Xitoy navlari qadaldi. Shu sababli hamkorlikning alohida tarmogʻi sifatida gʻoʻzani zararli organizmlardan himoya qilish, sifatli feromonitoring olib borish, dala nazorati kabi yoʻnalishlar belgilandi.

🍉 Istiqbolda tarvuz, piyoz, xurmo, olma va bodring mahsulotlariga fitosanitar ruxsatnoma olish jarayonlarini tezlashtirishga kelishib olindi. Shuningdek, aloihad departament tomonidan tariq mahsulotiga fitosanitar ruxsatnoma olish uchun muzokaralar olib borilishi borasida ham kelishuvga erishildi.

‼️ Fitosanitar ruxsatnoma olingan 4 turdagi mahsulot: oʻrik, nektarin, olxoʻri va za'faronni Xitoyga eksport qilish bilan bogʻliq talablar Agentlikning rasmiy manbalarida eʼlon qilinadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 04:58:50
Back to Top
HTML Embed Code: