Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦗 Hududlardan xabarlar: chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari davom etmoqda

Chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarini zararli chigirtka 3-4 yoshida bo‘lganida o‘tkazish maqsadga muvofiq. Bu zararkunanda qanot chiqargunigacha bulgan faza. Sababi chigirtka qanot chiqarganidan so‘ng bir kunda kamida 50-60 kilometr masofani bosib o‘tishi va yo‘lida uchragan barcha yashillikni yeb bitirishi mumkin.

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlari hududlarida tungi kimyoviy ishlov berish tadbirlari tongga qadar olib borilib, bugungi kunda saksovul bukur chigirtkasi bartaraf etilmoqda.

🔴 Muhim eslatma: saksovul bukur chigirtkasi qishloq xo‘jaligi ekinlari, yaylovlarga xavf tug‘dirmaydi!

🦗Bu turdagi to‘da hosil qiluvchi chigirtkalar saksovul bilan oziqlanadi. Hasharot saksovulzorlarga zarar yetkazmasligini ta’minlash maqsadida kimyoviy tadbirlar monitoring asosida olib borilmoqda.

⚡️ Alohida e’tibor transchegaraviy hududlarga qaratilib, qo‘shni davlatlardan zararli hasharot kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

🔰O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati xodimlari tomonidan chegaradosh viloyatlarda tun-u kun nazorat tadbirlari olib borilyapti.

#chigirtka #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan “Sharq tomon savdoga yo‘l ochish: O‘zbekiston” loyihasi doirasida mahalliy eksportyorlar uchun seminar tashkil etildi.

🤝 Mazkur loyiha Shveytsariya hukumati tomonidan miloyalashtirilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni xalqaro standartlar bilan tanishtirishni, mamlakatimizda mahsulotlar eksportiga doir talablarning joriy etilishiga ko‘maklashishni maqsad qilgan.

✍️ Taklif etilgan spiker – Korneli Sonneveld bo‘lib, mutaxassis  sohada 25 yillik tajribaga ega. Nestle, Mead Johnson, Nissan Foods kabi yirik xalqaro korporatsiyalarda sifat nazorati va mahsulotlarning xavfsizligi bo‘yicha mas’ul mutaxassis bo‘lib faoliyat yuritgan ekspert 2 kun davomida mahsulotlarning qadoqlash va markirovka qilish bo‘yicha standartlar bilan tanishtiradi.

◽️ Muhim hujjatlardan biri markirovkalash bo‘yicha Kodeks bo‘lib, u mahsulotlarni qadoqlashda yagona markirovka talablarini nazarda tutadi. Mazkur talablarning joriy etilishi tadbirkorlarga O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarni ulgurji narxlarda emas, balki yakuniy iste’molchiga yetib boradigan darajada yuqori qiymatda realizatsiya qilish imkoinin beradi.

💬 Seminarning ilk kunida tadbirkorlar, eksportchi korxonalarning texnologlari va mutasaddilar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan javoblar olishdi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥Упаковка и маркировка – значимые составляющие в экспорте плодоовощной продукции 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Biohimoya bo‘yicha dolzarb o‘ttiz kunlik” e'lon qilindi

🦗🦗 O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 9-noyabrdagi “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, tabiatda biofonni rivojlantirish va zararkunandalar tarqalishining oldini olish hamda ularga qarshi biologik kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida “Biohimoya bo‘yicha dolzarb o‘ttiz kunlik” tadbiri o’tkaziladi.

Shu maqsadda maxsus ishchi guruhlar tashkil etilgan bo’lib, tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosidagi tizimli ishlar olib borilishi belgilandi.

📍Reja asosida hududiy bo‘linmalar hamda zaruratga ko‘ra Agentlik ilmiy-tadqiqot institutining olim va mutaxassislari tomonidan biomahsulotlarni dalada qo‘llanilishining maqbul muddati, me’yorlari hamda iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha ko‘rgazmali seminarlar tashkil etilishi ko’zda tutilgan.

🤝 Bu kabi tadbirlar aholi xonadonlari, dehqon va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida ham o'tkaziladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😄 - Quvasoy giloslari Xitoy va Janubiy Koreya bozorlarida

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Toshkent viloyatida chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari olib borilayotgan hududlarda bo‘lib, vaziyatni o‘rgandi.

🦗 Bugun zararli chigirtkaga qarshi kimyoviy ishlovlarni amalga oshirishda transchegaraviy hududlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu Qozog‘itson Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Navoiy viloyatlari, Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan Xorazm hamda Buxoro viloyatlari.

📍 Qozog‘iston hududida zararli chigirtka tarqalgani tufayli favqulotda holat e’lon qilingani ma’lum. Bu esa O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash bo‘limi mutaxassislarining xushyorligini oshiradi.

🌏 Transchegaraviy hududlarda olib borilayotgan jararyonlarni joyida o‘rganish maqsadida Agentlik rahbari Qobray tumanida bo‘ldi. Joylarda ishlov olib borayotgan mutaxassislar bilan birga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan barcha hududlar nazorat qilindi, zararli chigirtka tarqalishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarda "bufer" zonalar tayyorlandi.

👫 Har bir tuman kesimida shtab tashkil etilib, qo‘shni davlatlar bilan tezkor ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash topshirig‘i berildi.
Ma’lumot o‘rnida, Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati xodimlari kecha tunda Qozog‘iston hududini ko‘zdan kechirib, zaruriy choralarni ko‘rdilar. Chegara hududlari doimiy nazorat ostida.

#chigirtka #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hududlarda zararli chigirtka xavfi bartaraf etilmoqda

🦗 Respublikamizning barcha hududlarida birdek zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari davom etmoqda. Xususan, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kun davomida olib borilgan jarayonlardan foto va videotasvirlarda kimyoviy kurash samarasini ko‘rish mumkin.

🔴 Eslatib o‘tamiz, chigirtkaga qarshi kurash mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida 144 ta OVX va VP-1 traktor purkagichi, 309 ta motorli osma qo‘l purkagichi, 28 ta yuqori unumli purkagichli avtomashinalar – jami 500 dan ortiq texnika jalb etilgan.

📌 Ma’lumot uchun, 2024 yilda respublikada zararli chigirtkalarning 574,8 ming gektar maydonda kurash tadbirlari olib borilishi bashorat qilingan. Bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha 383, 3 mingdan ortiq gektar maydonda kimyoviy ishlov o‘tkazildi.

🔍Kuzgi va bahorgi kuzatuvlar natijasida hasharot tuxum qo‘ygan areallar ham ko‘zdan kechirilib, favqulotda vaziyat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida kurash choralari davom etmoqda.

👆Eslatib o‘tamiz, zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarini olib borish bepul. Aholi murojaatlari 1288 va 71 202 28 88 raqamlariga qabul qilinadi.

📍Hududiy xizmatlar rahbarlari va agronomlarining raqamlari rasmiy manbalarda berilgan bo‘lib, telegram tarmog‘idagi rasmiy sahifada ham ko‘rsatib o‘tilgan.

🖥 OAV vositalari, ijtimoiy tarmoqlardagi axborot kanallari, internet nashrlari uchun tezkor ma’lumotlarni taqdim etib borish maqsadida zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlariga oid xabarlar #chigirtka va #chigirtkaga_qarshi_kurash xeshteglari ostida joylashtirib kelinmoqda.

#chigirtka #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/29 14:53:27
Back to Top
HTML Embed Code: