Telegram Web Link
O‘simliklarni himoya qilish bo'yicha Yevropa tizimlari o'rganiladi

✍️ O'zbekiston O'simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari B.Xamrayev Turkiyaning Antalya shahrida o‘simliklarni himoya qilish vositalari bo‘yicha 54-ishchi guruh yig'ilishida ishtirok etmoqda.

❤️ Ma'lumot uchun: EPPO vazifalaridan biri tashkilotga a'zo davlatlarga o'simliklarni himoya qilish vositalarini ro'yxatdan o'tkazish yoki ruxsat berish uchun zarur bo'lgan chora-tadbirlar to'g'risida maslahat berishdan iborat. Shuningdek, ushbu tashkilot integratsiyalashgan boshqaruv tamoyillaridan foydalangan holda o’simliklarni himoya qilish visitation o'sha mamlakat hududida sotilishi va qo’llanilishini nazorat qiladi. Ushbu maqsadga erishish uchun EPPO mutaxassislari o'simliklarni himoya qilish vositalarining samaradorligini baholash sohasida ko'plab standartlarni ishlab chiqmoqdalar.

💬 Yig‘ilishni EPPO bosh direktori Niko Horn va Turkiya Qishloq xo‘jaligi vazirligining Oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi direktor o‘rinbosari Yunus Bayram ochib berdi.

👫 Yig‘ilishda Yevropa Ittifoqi, Irlandiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Shvetsiya, Chexiya, Polsha, Slovakiya, Italiya, Niderlandiya, Avstriya, Germaniya, Fransiya, Daniya, Ozarbayjon va O‘zbekistondan ekspertlar ishtirok etdi.

🟢 Xususan, fungitsidlar, inseksitsidlar va gerbitsidlar samaradorligini baholash guruhlari tomonidan umumiy standartlar bo‘yicha ma’ruzalar olib borildi, ularning samaradorligini baholash standartlari tasdiqlash uchun muhokamaga qo'yildi.

➡️ Keyingi 2 kun davomida samaradorlikni baholashning umumiy standartlari va bu borada ma’lumotlarni shakllantirish uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish, fungitsidlar va inseksitsidlar samaradorligini baholashda hosildorlik ma’lumotlarini qayd etish tamoyillari ko‘rib chiqiladi.

🖥 Bugungi kunga qadar 300 dan ortiq standartlar EPPO tomonidan tasdiqlangan va EPPO ma'lumotlar bazasiga kiritilgan.

🔰 Uchrashuv doirasida B.Xamrayev Turkiya o'simliklarni himoya qilish milliy agentligi rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi, unda mamlakatlar oʻrtasidagi oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi va mamlakatda pestitsidlarni roʻyxatga olish va nazorat qilish boʻyicha maʼlumot taqdim etildi.

#EPPO #xalqaro_hamkorlik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning yurtimizga davlat tashrifiga doir tadbirlarlar davomida muhim yo’nalishlarda ikki tomonlama manfaatli hujjatlar qabul qilindi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Senatining Аgrar va suv xoʼjaligi masalalari qoʼmitasi raisi Bahodir Tojiev boshchiligidagi ishchi guruh Farg'ona viloyatida boʼlib, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga oʼz vaqtida va sifatli bojxona xizmatlarini koʼrsatish, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun yer ajratish, eksportbop ekinlarni joylashtirish hamda eksport hajmini oshirish boʼyicha belgilangan vazifalar bajarilishini oʼrganmoqda.

✍️ Oʼrganishlar davomida tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini amalga oshirishda yaratilgan imkoniyatlar, bojxona hamda qishloq xoʼjaligiga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati xususida maʼlumotlar berilib, aholiga yer ajratish tartibi, mahsulotlarni eksport qilish, saqlash va yuklashga ixtisoslashtirilgan infratuzilmalarni tashkil etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilyapti.

🧾 Mazkur sohalarga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash boʼyicha masʼul davlat organlarining faoliyati, ularning quyi tuzilmalarida amalga oshirilgan ishlar, yuzaga kelayotgan muammolarning hal qilinganligi, qishloq xoʼjaligida xotin-qizlar va yoshlar bandligini taʼminlash, yangi ish oʼrinlari yaratish holati tahlil qilinib, soha mutaxassislariga bu borada aniq topshiriqlar yuklatilmoqda.

❤️ Xususan, bugun ishchi guruh tomonidan Fargʼona tumanidagi Vodil Qizilqoʼrgʼon massivi hududida joylashgan malina plantatsiyasi, Oltiariq tumanidagi Vodiy TIF bojxona postiga qarashli “Qapchugʼay” eksportga koʼmaklashish markazi hamda hududdagi zamonaviy muzlatkichli omborxonalar faoliyati, mahsulotlarni eksport qilishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Oʼrganishlar jarayonida eksportyorlar va tadbirkorlar bilan muloqot qilindi.

➡️ Ishchi guruhning hududdagi oʼrganishlari davom etmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Nurafshon TV" — 🔬Fitosanitar laboratoriyalarning moddiy-texnik imkoniyati mustahkamlandi 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berganimizdek, O'simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Bobir Xamrayev Turkiyaning Antalya shahrida O‘simliklarni himoya qilish vositalari bo‘yicha 54-ishchi guruh yig'ilishida ishtirok etmoqda.

🔰 Yig'ilish doirasida Bobir Xamrayev Italiyaning fitosanitariya xizmati rahbari M.Fidanza bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi. Muloqotda mamlakatlar o‘rtasidagi o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Natijada Italiya tomoni O'zbekistondan kelgan mehmonlarga "Twinning Projects" (tengdosh loyihalar) doirasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

🤝 Ma’lumot uchun: "Twinning Projects" Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va uchinchi mamlakatlar o'rtasida institutsional hamkorlik uchun muhim vosita hisoblanadi.

🌀 Muzokaralar yakuni bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston Respublikasida "Twinning Projects"ni amalga oshirish masalalarini ko'rib chiqishga kelishib oldilar.

#EPPO #xalqaro_hamkorlik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Surxondaryo" MTRK — Korrupsiya taraqqiyot kushandasi 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👫 Endi chet tillarini bilgan yoshlar eksport amaliyotida professional mutaxassis bo'la oladi

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ilmiy haftalik doirasida “KARYERA KUNI” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ham o'tkazildi.

🔰 Tadbirda 80 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari vakillari qatorida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mutaxassislari ham ishtirok etdilar.

👫 Agentlikning yoshlar yetakchisi Mirsaid Mirahmedov universitetni tamomlayotgan va xorijiy tillarni o‘zlashtirishga ishtiyoqi baland yosh mutaxassislar uchun yo'lga qo'yilayotgan loyiha haqida batafsil ma'lumot berdi. 3-bosqichdan iborat mazkur lohiyaga ko'ra:

✍️ “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida tillarni o‘zlashtirgan yoki chet tillarini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar loyihada ishtirok etish uchun saralab olinadi;
✍️ xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan yoshlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga tayyorlash va sotish bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan o‘qitiladi;
✍️ O‘quv-seminarlarni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Eksportchilar uyushmasi bilan hamkorlikda eksport qiladigan korxonalarga biriktirib, ularni ish bilan ta’minlashda yordam ko'rsatiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 16:31:08
Back to Top
HTML Embed Code: