Telegram Web Link
🇺🇿 🇷🇺Eksporti hajmini oshirish masalalari Rosselxoznadzorda ham muhokama etildi

Xabar berib borayotganimizdek, Agentlik vakillari Rossiya Federatsiyasida boʻlib turibdi. Ishchi tashrifi doirasida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi rahbari Ibrohim Ergashev Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati (Rosselxoznadzor) rahbari Sergey Dankvert bilan uchrashdi.

✍️ Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish masalasi muhokama etildi.
Maʼlumot uchun, Rossiya Federatsiyasining Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi mazkur tashkilot veterinariya va fitosanitariya yoʻnalishida federatsiya hududida nazoratni amalga oshiradigan organ hisoblanadi.

💬 Muloqot davomida tomonlar bugun qishloq xoʻjaligi sohasidagi holatni tahlil qilib, tovarayirboshlash soʻnggi yillarda keskin oshganini taʼkidladilar. Endigi maqsad meva-sabzavotlarning sifatini yanada oshirish, saralash, qadoqlashga alohida eʼtibor qaratib, bunda fitosanitariya qoidalariga amal qilish muhim.

🟢 Ijobiy tajriba sifatida Jizzax viloyatida barpo etilgan “BMB-NRC Agrologistics” agrologistika markazi keltirildi. Markaz hududida fitosanitariya laboratoriyasi tashkil etilgan boʻlib, Rossiyaga eksport boʻladigan mahsulotlarning tekshiruvini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratilgan. Bunda mahsulot buzilishining oldini olish, tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish, hujjatlar rasmiylashtiruvida ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish nazarda tutilgan.

🤝 Kelishuv doirasida fitosanitariya yoʻnalishida hamkorlikni yanada kengaytirish, Rosselxoznadzor vakillarining Jizzax viloyatidagi “BMB-NRC Agrologistics” agrologistika markaziga tashrifini tashkil etish rejalashtirildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍈 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda qovun mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic #export #qovun

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇷🇺 Rossiyalik xaridorlar uchun premium segmentda mahsulotlar yetkazib berilishi masalasi muhokama etildi.

🔰 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Х5, "Пятерочка", "Магнит", "Перекрёсток" kabi 40 ga yaqin tarmoqlar va mazkur tarmoqlarga mahsulotlarni qadoqlash bilan shug'ullanadigan "Artfood" qadoqlash korxonasi mutasaddilari ta'sischilari bilan uchrashdi.

✍️ Ma’lumot uchun, “Artfood” korxonasi Rossiya bozoriga ekzotik mevalar olib kiradigan eng yirik korxona bo‘lib, bu yo‘nalishda 25 foizlik ulushga ega. Bundan tashqari, Moskva viloyatida o‘z bog‘larida 4 yildan buyon rezavorlar ham yetishtiradi. Bundan Rossiyada yetishtirilmaydigan unikal navlar tanlangan bo‘lib, bunday navlar tijorat navlar hisoblanadi hamda transport va logistika jarayonlariga, harorat o‘zgarishiga chidamli. Asosiy segmenti “premium” darajasidagi mahsulotlar bo‘lib, chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi bir qancha tarmoqlar uchun mevalarni saralab, qadoqlab berishga ixtisoslashgan.

👫 Bundan tashqari, korxona 5 yildan buyon agrotexnologiyalardan tortib marketing masalalarini qamrab oladigan yo‘nalishlarda mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. Mazkur yo‘nalishda hamkorlar uchun sayyor amaliy seminarlar ham tashkil etilib, qisqa o'quv kurslari yo‘lga qo‘yilgan.

🤝 O‘zbekistonlik eksportyorlar "Artfood" uchun salohiyati yuqori hamkor bo‘lib, mamlakatimizdan xurmo, uzum, anor, gilos, anjir, nektarin import qilishga qiziqishi borligini bildirdi. Shuningdek, eksportyorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash tarafdori ekanligini ta’kidlab, mamlakatimiz tadbirkorlari uchun qulay shartlarda hamkorlik olib borishga tayyorligini ma’lum qildi.

➡️ Tashrif davomida Agentlik rahbari "Artfood"korxonasining saralash, qadoqlash sexlari bilan tanishdi, o‘rnatilgan uskunalar, ishlash tartibi, asosiy talablar va jarayonlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.
❤️ Talablarga asosan O‘zbekiston uchun qo‘llanma tayyorlanib, metodik ma’lumotlarni yuborish, samarali dialog olib borish uchun elektron hujjat almashinuvini yo‘lga qo‘yish va ishchi guruh faoliyatini tashkil etishga kelishildi.

🍎🍏 "Artfood" hududida xom meva va rezavorlarni pishishi uchun mahsus kameralar mavjud bo‘lib, ma’lum muddat mahsulotlar mazkur kameralarda saqlanadi. Biroq o‘tgan yillarda ba’zi turdagi mahsulotlar muddatidan oldin uzilganligi sababli kameralarda ham saqlash uchun yaroqsiz ko‘rinishda olib kelinganligi aytib o‘tildi va bunday holatlarni bartaraf etishda karantin xizmati ko‘maklashishi so‘raldi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢📢 Qoraqalpog'iston Respublikasi O'simliklar karantini va himoyasi agentligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligidagi "Pestitsidlardan barqaror foydalanish" bo'yicha seminar-trening bo'lib o'tmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 20:21:52
Back to Top
HTML Embed Code: