Telegram Web Link
🍓 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda malina mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#Infographic #export #malina

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇷🇺 Moskvaning “Food city” oziq-ovqat tarmog‘i rahbarlari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekistondan kelayotgan yuk mashinalariga qulayliklar yaratish, yetkazilgan mahsulotlarni qabul qilish, saqlash va realizatsiya vaqtida qabul qilish markazlaridagi muzlatkichlardan hamyonbop narxlarda foydalanish takliflari ilgari surildi. Bunda O‘zbekiston tomoni sifatli, sara mahsulotlarni yetkazib berish majburiyatini o‘z zimmasiga olishini ta’kidlandi.

💬 Shuningdek gilosni o‘qlash holatlarini bartaraf etishda karantin xizmatining o‘rni va eksportyorlarga ko‘maklashishiga javobgar ekanligi aytib o‘tildi.

🤝 “Food city” rahbariyati takliflarni qabul qildi va har bir masala yechimi bo‘yicha aniq mexanizm ishlab chiqishni ma’lum qildi.

➡️ Kelgusi bir yarim yil ichida yangi avtoturargoh va saqlash ombori qurilishi boshlanib, bunda 18 gektar maydonda saqlash omborlari va yarmarkalar tashkil etilishi rejalashtirilgani qayd etildi.

🍏🍎 Rossiyaga O‘zbekistondan eksport bo‘layotgan mahsulotlar hajmi ortib borayotganini inobatga olib, mahsulotlarni sifatli qadoqalash va iste’molchiga qulay bo‘lgan ko’rinishda yetkazish muhimligi ta’kidlandi. Misol tariqasida joriy yildan boshlab o‘rik mahsuloti gofra qutilarda eksport qilingan.

🚛 Ma’lumot uchun, 2023-yilning o‘zida O‘zbekistondan “Food city” tarmog‘iga 20 mingdan ortiq yuk mashinasida 440 ming tonna mahsulot olib kelingan.

✍️ Oziq-ovqat tarmog‘ida O‘zbekiston mahsulotlari ulushini ko‘paytirish masalasi ham muhokama etildi. Mamlakatimiz eksportyorlari uchun alohida kross dok tashkil etish mavzusi ham diqqat markazida bo’ldi. Bunda zarurat tug‘ilganda chegirmali mahsulotlarni e’lon qilish, yarmarkalar o‘tkazish imkoniyati tug‘iladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇩🇪🇺🇿 Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyihasi vakillari bilan Andijon viloyatida uchrashuv tashkil etildi.

Asosiy mavzu O‘zbekistonda eksportni rivojlantirishga qaratilgan istiqboldagi hamkorlik chora-tadbirlari, sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, kimyoviy preparatlardan to‘g‘ri foydalanish va organik mahsulot yetishtirishni keng joriy etish masalasi bo'lib, bu borada mutaxassislarning tavsiya va takliflari, sohani takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuvdan so‘ng хalqaro ekspertlar ishtirokida meva-sabzavot eksportiga oid ma'lumotlar, talablar va standartlarni ommalashtirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥Zararkunandalarga qarshi kurashish choralari

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ Respublikamiz eksportchilari diqqatiga!

☎️ Qishloq xo‘jalik va meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga doimiy ravishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida Markaziy eksport shtabi tashkil etildi.

💬 Tadbirkorlik faoliyatida duch kelayotgan muammo va takliflar bo‘yicha doimiy Markaziy eksport shtabning quyidagi ishonch telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

🔴 Eslatma: har bir viloyat uchun alohida aloqa liniyalari ajratilgan bo'lib, ichki raqamni terish orqali eksport bo'yicha mutaxassis bilan bog'lanishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: +998 71 202 10 00 (ichki raqam)👇

Qoraqalpog'iston Respublikasi — 1506
Andijon — 1507
Buxoro — 1508
Jizzax — 1509
Qashqadaryo — 1510
Navoiy — 1511
Namangan — 1512
Samarqand — 1513
Surxondaryo — 1514
Sirdaryo — 1515
Toshkent viloyati — 1516
Farg'ona — 1517
Xorazm — 1518
Toshkent shahri — 1519

🔰 Ma'lumot uchun har bir viloyatda shtablar tashkil etilgan bo'lib, O'simliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy boshqarmalariga murojaat qilishingiz mumkin.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bokuda “Yashil dunyo sari” deb nomlangan o‘simliklar salomatligi forumi boshlandi

✍️ Ozarbayjon Oziq-ovqat xavfsizligi agentligi (FSA) va Ozarbayjon Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda qator davlat idoralari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, ekspertlar ishtirok etdi.

🔰 Forumda O'simliklar karantini va himoyasi agentligi vakillari ham ishtirok etdilar. Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig'i Ibrohim Shoqosimov mamlakatimizda fitosanitariya sohasini raqamlashtirish yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi. Shuningdek, e-Fito.uz va "Agroko'makchi" mobil ilovasi taqdimoti bo'lib o'tdi, elektron tizimlar forum ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.

🌍 21-22 may kunlari boʻlib oʻtadigan forumning asosiy maqsadi oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlarini zararkunandalardan himoya qilish, zararkunandalarga qarshi kurashish orqali oʻsimliklar salomatligini mustahkamlash va ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha hamkorlik platformasini yaratishdan iborat. Shuningdek, o'simlik mahsulotlarining xavfsiz savdosini ta'minlash, global oziq-ovqat xavfsizligini oshirish va biologik xilma-xillikni saqlashga oid rejalar belgilangan. Ishtirokchilar orasida o‘simliklarni sog‘lomlashtirish milliy institutlaridan vakillar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar, davlat idoralari va ekspertlar ishtirok etdi.

💬 So‘zga chiqqanlar agrar sohadagi islohotlar, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishdagi innovatsiyalar haqida so‘z yuritdilar.

❤️ Tadbir “Iqlim o‘zgarishi sharoitida zararkunandalarga qarshi kurashda barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlarining o‘rni: COP29 kontekstida” va “O‘simliklar salomatligi bo‘yicha tadqiqotlar va inson resurslari salohiyati” mavzulari doirasidagi sessiyalar bilan davom etdi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦 Bojxona postlarida meva-sabzavot eksporti uchun alohida yoʻlaklar tashkil etiladi ➡️

Bojxona qo‘mitasi tomonidan tovar va transport vositalari harakati yuqori bo‘lgan yirik chegara bojxona postlarida meva-sabzavot mahsulotlari eksportini ustuvor tartibda tezkorlik bilan amalga oshirish uchun maxsus belgilar bilan jihozlangan alohida yo‘laklar tashkil etiladi.

🖥🖥🖥 Bunda tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari (piyoz, karam, gilos, o‘rik va boshqalar) ortilgan transport vositalarini ushbu yo‘laklarga yo‘naltirishda ustuvorlik ta’minlanadi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 22:28:38
Back to Top
HTML Embed Code: