Telegram Web Link
🦗 O'zbekiston hamda Turkmaniston hududidagi zararli chigirtkalarga qarshi kurashda muhim qadamlar tashlandi

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Turkmaniston Qishloq xo‘jaligi vazirligi O’simliklarni himoya qilish xizmati mutaxassislari hamkorligida Turkmanistonning Xo‘jambos, Qo‘ytendag va Farob tumanlari hamda O‘zbekistonning Olot, Qorako‘l, G‘uzor, Dehqonobod, Nishon tumanlaridagi transchegaraviy hududlarda zararli chigirtkalarni tarqalishi, rivojlanishi va kurash tadbirlarini olib borilishi bo‘yicha kuzatuvlar o‘tkazildi.

🔍 Kuzatuv davomida O'zbekiston hamda Turkmaniston hududlarining zararli chigirtka qoplagan jami 42,5 ming gektar maydoni o'rganib chiqildi. Ushbu hududdagi chigirtkalarning asosini Marokashdan uchib kelgan hashoratlar tashkil etgan bo'lib, ular har kvadrat metrga 10-15 tadan to'g'ri kelmoqda. Zararli chigirtka tarqalishini oldini olish maqsadida tezkorlik bilan qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.

❤️ Monitoring davomida mas'ullar chegaradosh hududlarda zararli chigirtkalarga qarshi o‘z muddatida kimyoviy ishlov berish ishlarini olib borish hamda doimiy o'zaro axborot almashishga kelishildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda yaylovlarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida kimyoviy dozalarning to'g'ri va sifatli miqdorda yetkazilishini nazorat qilish va chegaradosh hududlarga chigirtkalar uchib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida kelishuvga erishildi.

#️⃣ Ma'lumot uchun, 2024-yilda respublikada zararli chigirtkalarning 574,8 gektar maydonda kimyoviy ishlov oʻtkazilishi bashorat qilingan. Kuzgi va bahorgi kuzatuvlar natijasida hasharot tuxum qo'ygan areallar ham ko'zdan kechirilib, favqulotda vaziyat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida kurash choralari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarini olib borish bepul. Aholi murojaatlari 1288 va 71 202 28 88 raqamlariga qabul qilinadi.

#chigirtka #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Moskva shahridagi eng yirik ulgurji savdo maydoni "Food city"da O'zbekiston mahsulotlari paviloni

#export #Food_city #Moskva

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍓 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda malina mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#Infographic #export #malina

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇷🇺 Moskvaning “Food city” oziq-ovqat tarmog‘i rahbarlari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekistondan kelayotgan yuk mashinalariga qulayliklar yaratish, yetkazilgan mahsulotlarni qabul qilish, saqlash va realizatsiya vaqtida qabul qilish markazlaridagi muzlatkichlardan hamyonbop narxlarda foydalanish takliflari ilgari surildi. Bunda O‘zbekiston tomoni sifatli, sara mahsulotlarni yetkazib berish majburiyatini o‘z zimmasiga olishini ta’kidlandi.

💬 Shuningdek gilosni o‘qlash holatlarini bartaraf etishda karantin xizmatining o‘rni va eksportyorlarga ko‘maklashishiga javobgar ekanligi aytib o‘tildi.

🤝 “Food city” rahbariyati takliflarni qabul qildi va har bir masala yechimi bo‘yicha aniq mexanizm ishlab chiqishni ma’lum qildi.

➡️ Kelgusi bir yarim yil ichida yangi avtoturargoh va saqlash ombori qurilishi boshlanib, bunda 18 gektar maydonda saqlash omborlari va yarmarkalar tashkil etilishi rejalashtirilgani qayd etildi.

🍏🍎 Rossiyaga O‘zbekistondan eksport bo‘layotgan mahsulotlar hajmi ortib borayotganini inobatga olib, mahsulotlarni sifatli qadoqalash va iste’molchiga qulay bo‘lgan ko’rinishda yetkazish muhimligi ta’kidlandi. Misol tariqasida joriy yildan boshlab o‘rik mahsuloti gofra qutilarda eksport qilingan.

🚛 Ma’lumot uchun, 2023-yilning o‘zida O‘zbekistondan “Food city” tarmog‘iga 20 mingdan ortiq yuk mashinasida 440 ming tonna mahsulot olib kelingan.

✍️ Oziq-ovqat tarmog‘ida O‘zbekiston mahsulotlari ulushini ko‘paytirish masalasi ham muhokama etildi. Mamlakatimiz eksportyorlari uchun alohida kross dok tashkil etish mavzusi ham diqqat markazida bo’ldi. Bunda zarurat tug‘ilganda chegirmali mahsulotlarni e’lon qilish, yarmarkalar o‘tkazish imkoniyati tug‘iladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇩🇪🇺🇿 Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyihasi vakillari bilan Andijon viloyatida uchrashuv tashkil etildi.

Asosiy mavzu O‘zbekistonda eksportni rivojlantirishga qaratilgan istiqboldagi hamkorlik chora-tadbirlari, sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, kimyoviy preparatlardan to‘g‘ri foydalanish va organik mahsulot yetishtirishni keng joriy etish masalasi bo'lib, bu borada mutaxassislarning tavsiya va takliflari, sohani takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuvdan so‘ng хalqaro ekspertlar ishtirokida meva-sabzavot eksportiga oid ma'lumotlar, talablar va standartlarni ommalashtirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 16:21:55
Back to Top
HTML Embed Code: