🇺🇿 🇷🇺 Shu kunning o‘zida O‘zbekistondan mahsulot olib keladigan yuk haydovchilari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.✅ Muloqotning maqsadi – eksport/import jarayonlarida haydovchilar duch kelayotgan muammolarning yechimiga ko‘maklashishdan iborat. Rossiya Federatsiyasiga tonnalab mahsulot olib keladigan fura haydovchilari mamlakatlararo chegara maskanlarida transport birligining belgilangan muddatdan ortiq ushlanib qolishi, meva-sabzavotlarning yuklanishida yuzaga kelayotgan kamchiliklar, elektron platforma orqali e-navbat tizimining ishga tushirilishi afzalliklari muhokama etildi.
🇺🇿 Davlatimiz rahbari tomonidan eksport\import jarayonlarini raqamlashtirish, ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish, tizimni isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar joriy etilishiga qaramasdan qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksporti hajmida sezilarli o‘zgarishlar qayd etilmagani aytib o‘tildi.
📝 Bundan asosiy muammolardan biri yuklangan mahsulotning barchasi hujjatda aks etmaydi, natijada haqiqiy eksport ko‘rsatgichlari yashirin bo‘lib qolmoqda. Shu sababli mahsulotni yuklashda e’tiborli bo‘lib, qonunbuzilish holatlariga yo'l qo‘ymaslik asosiy talablardan ekanligi eslatib o‘tildi.
🔰 Bunda karantin inspektori ham jalb etilib, yuklanish jarayonlarida qonunbuzilish holatlari yuz bermasligiga ko‘maklashadi.
💬 Shuningdek, haydovchilarga yuk ortayotganda fitosanitar xavfsizlik choralariga rioya etish ahamiyati tushuntirib berildi. Xususan, yuqori fitosanitar xavf guruhiga kiruvchi mahsulotlarni (ko‘chat, piyozbosh, turli xonaki va manzalari gullar, urug‘ va hokazolar) zaruriy hujjatlarsiz yuklash noqonuniy bo‘lib, ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.
#Rossiya #tashrif #xalqaro_hamkorlik #export #1_kun 🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter