Telegram Web Link
🟢 Hududlarda oʻrganishlar davom etmoqda

📍 Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi boshchiligidagi ishchi guruh respublikamizning chegara maskanlarida oʻrganishlarni davom ettirmoqda. “Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonunni ijrosi holatini oʻrganish maqsadida ishchi guruh vakillari Toshkent viloyatidagi “Oybek” chegara oʻtkazish punktida ham boʻldilar.

Fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-karantin, bojxona va chegara nazorati tartib tamoyillarini oʻrganish barobarida joylardagi vaziyat, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama etildi, ularning yechimi borasida takliflar bildirildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥 —  Chigirtka xavfi bartaraf etilmoqda👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Yashirin olib o‘tilayotgan pion gul ko‘chatlari to‘xtatib qolindi

📍 Toshkent viloyatidagi "G‘ishtko‘prik" o‘simliklar karantini chegara maskanida navbatdagi karantin ko‘rigi davomida yo‘lovchilardan birining qo‘l yukida fitosanitar xavfi yuqori bo‘lgan karantin osti mahsuloti aniqlandi.

🛂 Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston Respublikasidan kelayotgan fuqaro pion gullari ko‘chatini olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Har qanday turdagi ekish materiallari, jumladan ko‘chatlar ham mamlakatimizning fitosanitar barqarorligiga xavf soluvchi mahsulot hisoblanadi. Bunday turdagi mahsulotlarni bir davlat hududidan ikkinchi davlat hududiga olib o‘tish uchun zararuriy hujjatlar taqdim etilishi lozim.

❗️Eslatib o‘tamiz, gul, ko‘chat, o‘simlik ildizlari, tuganak, urug‘, piyozbosh va boshqa turdagi ekish materiallari yuqori xavfga ega karantin osti mahsuloti hisoblanadi. Laboratoriya sharoitida tekshirilmagan, xavfsizligi haqida dalolat beruvchi fitosanitariya sertifikatiga ega bo‘lmagan bunday mahsulotlar zararli organizmlar tashuvchisi bo‘lib, mamlakatimizning flora olamiga katta xavf tug‘diradi. Shu sababli o‘simlik namunalari va ekish materiallarini qo‘l yukida olib o‘tish, pochta va kuryerlik junatmalari orqali jo‘natish qat’iyan man etiladi.

📝 Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, mahsulot ortga qaytarib yuborildi. Fitosantar xavfi yuqori bo‘lgan mahsulotni qo‘l yukida olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaroga ekish materiallarini eksport/import qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tartib tushuntirib berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Agentlik direktori tadbirkorlar bilan uchrashdi — havo bandargohi orqali amalga oshiriladigan eksport masalalari muhokama etildi

✍️ Tadbirkorlik subyektlari, jumladan eksportyorlar, yuk tashish xizmatlarini ko'rsatuvchi kompaniya vakillari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar ishtirok etgan uchrashuvda bugun eksport hajmini oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so'z bordi. Shu o'rinda «Uzbekistan Airports» AJ va «Uzbekistan Airports Cargo» MCHJda eksportni rivojlantirish uchun ko'rilayotgan choralar muhokama etildi.

💬Davra suhbati doirasida eksport jarayonida tez ayniydigan mahsulotlar uchun aviakargo hududida zarur sharoitlarni yaratish muhimiligi ta’kidlandi. Bu talablar ayniqsa gilos, olxo'ri va boshqa turdagi danakli mevalar hamda sabzavotlarni yuklashdan oldin saqlash uchun kerak.

🛫 Aviakargo hududida yaratilgan sharoitlar o'rganildi, fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash uchun joriy etilishi lozim bo'lgan o'zgarishlar yuzasidan tavsiyalar berildi.

📲Shuningdek, tadbirkorlarga, yer egalariga qulaylik yaratish maqsadida yaratilgan interfaol platforma — «Agroko'makchi» mobil ilovasi haqida ma’lumot berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda kashnich mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#infographic  #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇦🇿Joriy yilning 29 aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi mutaxassislari O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurishdi

🦗🦗 Unda o'simliklarni biologik himoya qilish bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama etilib, O'zbekiston tajribasini Ozarbayjonda joriy qilish bo'yicha kelishuvga erishildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qununchilikdagi_yangiliklar

#Yalpi_majlis

🖊 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

👫 Majlisda “Fitosanitariya talablari yengillashtirilishi munosabati bilan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

➡️ Mazkur qonun loyihasi bilan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunga fitosanitariya mahsulotlarini import qiluvchilarga yengillik berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

➡️ Amaldagi tartibga ko‘ra, xorijiy mamlakatlardan olib kiriladigan karantin ostidagi mahsulotlarni respublikamiz hududiga kiritish uchun O‘simliklar karantini chegara punktlarida tadbirkordan eksport qiluvchi davlatning fitosanitariya sertifikati asl nusxasini ko‘rsatish talab etiladi. Ushbu hujjat taqdim etilmagan taqdirda, mahsulotlar davlat chegarasida turib qolishi, ortiqcha xarajatlarning ko‘payishi importyor-tadbirkorlarimizga qiyinchilik tug‘dirmoqda.

➡️ Yuqoridagi holatlar fitosanitariya mahsulotlarini olib kirish talablarini yanada soddalashtirish hamda milliy qonunchilikni xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, xorijiy mamlakatlarda fitosanitariya sertifikati taqdim etilmaydigan mahsulotlarni mamlakatimizga olib kirishdagi to‘siqlarni olib tashlash maqsadida amaldagi tartib va talablarni qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Majlisda qonun tashabbuskorlari tomonidan mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi fitosanitariya talablarini yengillashtirish orqali tadbirkorlarga yanada qulayliklar yaratish va aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 13:42:22
Back to Top
HTML Embed Code: