Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK —  Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish bo’yicha maxsus-taktik mashg’ulotlar👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
  Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda bodom mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic  #export  #bodom

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilning dastlabki 3 oyida jahon bozoriga qancha mahsulot chiqarildi?

🖋 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 219,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 375,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

✔️ Bu koʻrsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 72,5 % ga yoki 157,7 ming tonnaga koʻpaygan.

🌍 Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari:

🇵🇰 Pokiston (26,2 %)
🇷🇺Rossiya (25,1 %)
🇰🇿Qozogʻiston (10,5 %)
🇨🇳Xitoy (9,2 %) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

➡️ 2024-yilning yanvar-mart oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,4 % ini tashkil etgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot
#2024_yil_1_maydan

📢 Qonunchilikka muvofiq:

🔵Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi;

🔵Vazirlar Mahkamasi tomonidan moratoriy tatbiq etiladigan hududlar chegaralari belgilanadi;

🔵daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallari qazib olish huquqini faqat “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilinadi;

🔵daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallari qazib olishni taqiqlash va togʻli yoki togʻoldi hududlarda (quruqlikda) joylashgan muqobil kon uchastkalarida qazish ishlari tashkil etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ITC tashkiloti bilan hamkorlikda vorkshop tashkil etildi

👫 Shveytsariya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan Xalqaro moliya markazi (ITC) vakillari ishtirokida tadbirkorlar uchun mahorat darsi o'tkazildi

🍒🍎🍇 Ekspertlar quritilgan meva-sabzavot eksporti bilan shug'ullanuvchi ishbilarmonlarga "daladan-eksportgacha" bo'lgan jarayonda e'tibor qaratilishi zarur bo'lgan jihatlarga alohida to'xtalishdi. Mahsulotni jahon bozoriga tayyorlash texnologiyasi, zararli organizmlar, kasallik qo'zg'atuvchi virus va bakteriyalardan, begona o'tlar urug'laridan xoli tarzda saralanishi va qadoqlanishi muhim shartlardan ekanligi ta'kidlandi.

📝 Shuningdek, xalqaro shartnomalarni tuzish, xalqaro me'yor va normalarni inobatga olish zarurligi tushuntirildi.Vorkshop spikerlari xalqaro tahskilotning "Sharqda savdoni rivojlantirish: Bolqon mamlakatlari va Markaziy Osiyo, Albaniya, Serbiya, Tojikiston va O'zbekiston" loyihasi doirasida hududlarda uchrashuvlarni davom ettirishmoqda.

✍️ Bugungi kunga qadar bunday samarali muloqot Samarqand va Namangan viloyatlarida bo'lib o'tdi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Hududlarda oʻrganishlar davom etmoqda

📍 Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi boshchiligidagi ishchi guruh respublikamizning chegara maskanlarida oʻrganishlarni davom ettirmoqda. “Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonunni ijrosi holatini oʻrganish maqsadida ishchi guruh vakillari Toshkent viloyatidagi “Oybek” chegara oʻtkazish punktida ham boʻldilar.

Fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-karantin, bojxona va chegara nazorati tartib tamoyillarini oʻrganish barobarida joylardagi vaziyat, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama etildi, ularning yechimi borasida takliflar bildirildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥 —  Chigirtka xavfi bartaraf etilmoqda👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Yashirin olib o‘tilayotgan pion gul ko‘chatlari to‘xtatib qolindi

📍 Toshkent viloyatidagi "G‘ishtko‘prik" o‘simliklar karantini chegara maskanida navbatdagi karantin ko‘rigi davomida yo‘lovchilardan birining qo‘l yukida fitosanitar xavfi yuqori bo‘lgan karantin osti mahsuloti aniqlandi.

🛂 Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston Respublikasidan kelayotgan fuqaro pion gullari ko‘chatini olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Har qanday turdagi ekish materiallari, jumladan ko‘chatlar ham mamlakatimizning fitosanitar barqarorligiga xavf soluvchi mahsulot hisoblanadi. Bunday turdagi mahsulotlarni bir davlat hududidan ikkinchi davlat hududiga olib o‘tish uchun zararuriy hujjatlar taqdim etilishi lozim.

❗️Eslatib o‘tamiz, gul, ko‘chat, o‘simlik ildizlari, tuganak, urug‘, piyozbosh va boshqa turdagi ekish materiallari yuqori xavfga ega karantin osti mahsuloti hisoblanadi. Laboratoriya sharoitida tekshirilmagan, xavfsizligi haqida dalolat beruvchi fitosanitariya sertifikatiga ega bo‘lmagan bunday mahsulotlar zararli organizmlar tashuvchisi bo‘lib, mamlakatimizning flora olamiga katta xavf tug‘diradi. Shu sababli o‘simlik namunalari va ekish materiallarini qo‘l yukida olib o‘tish, pochta va kuryerlik junatmalari orqali jo‘natish qat’iyan man etiladi.

📝 Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, mahsulot ortga qaytarib yuborildi. Fitosantar xavfi yuqori bo‘lgan mahsulotni qo‘l yukida olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaroga ekish materiallarini eksport/import qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tartib tushuntirib berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 02:37:18
Back to Top
HTML Embed Code: