Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK —   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar bilan muloqoti doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga sharh 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

#2024_yil_1_maydan

✔️Qonunchilikka muvofiq:

🔹protez moslamalari va reabilitasiya vositalari xaridi uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablag'lar miqdorini bozor kon'yunkturasidan kelib chiqib o'rtacha 3 baravargacha, ayrim vositalarning turlari esa 10 baravargacha oshiriladi;

🔹nogironligi bo'lgan shaxslarning protez moslamalari va reabilitasiya vositalariga muhtojligi alohida tibbiy xulosa rasmiylashtirmasdan nogironlik to'g'risidagi ma'lumotnoma asosida belgilanadi;

🔹nogironlik guruhiga ega bo'lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari va reabilitasiya vositalariga muhtojligi to'g'risidagi tibbiy xulosa “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida rasmiylashtiriladi.
Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda o'rik mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic  #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦗 Oydinlik kiritamiz: chigirtkaga qarshi kurash davom etmoqda

🔹 Respublikamizda 150 dan ortiq chigirtka turi tarqalgan boʻlib, shulardan toʻda hosil qilib yashovchi marokash, italyan prusi, saksovul, osiyo va voha chigirtkalari hamda toʻda hosil qilmaydigan (mahalliy) chigirtkalardir.

📍 Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tarqalgan chigirtka marokash chigirtkasi boʻlib, havo harorati 10 darajadan yuqori boʻlganda tuxumidan yorib chiqadi. Togʻli hududlarda bu muddat biroz kechroq kuzatiladi.

🛡 Toʻda hosil qiluvchi tur hisoblangan marokash chigirtkasi qanot chiqarganda, yaʼni imago davrida xavfli hisoblanadi. Kurash choralari esa hasharot qanot chiqarmasidan ancha oldin olib boriladi.

📈 Xususan, 2024-yil mavsumida respublikada zararli chigirtkalarning 574,8 gektar maydonda kimyoviy ishlov oʻtkazilishi bashorat qilingan.

🫥 Qashqadaryo viloyatida zararli chigirtkalarga qarshi kurash olib boriladigan maydon hajmi 115 ming gektar. Bugungi kunda 31,9 ming gektarda zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlovlar oʻtkazildi. Birgina Kitob tumanining oʻzida 340 gektar maydonda kimyoviy ishlovlar amlaga oshirilgan.

🚜 Kurash choralarini oʻz vaqtida olib borish uchun 25 traktor purkagichlari, 112 ta motorli osma qoʻl purkagichlari, 13 ta avtomashinaga oʻrnatilgan maxsus purkagichlar jalb qilingan.

⭕️ Maʼlumot uchun, chigirtkalar Qashqadaryo viloyatining dengiz sathidan 250 metr balandliklarda boʻlgan deyarli barcha hududlarida uchraydi. Iqlim jihatidan hudud zararli chigirtka rivojlanishi va tarqalishi uchun qulay boʻlganligi sababli Agentlikning Chigirtka va tut parvonasiga qarshi xizmati tomonidan doimiy nazorat ostida.

Yil-yilga oʻxshamaydi. Ob-havo, iqlim oʻzgarishi, yogʻingarchilik va boshqa sabablarga koʻra zararli chigirtkalar tarqalish hududlari ham oʻzgarib boradi. Tabiiy ofatlardan biri sanalgan zararli chigirtkalar “bosqini”dan saqlanish, unga qarshi kurashish uchun zahira yaratilgan. Bu kabi vaziyatlarda aholidan sarosimaga tushmaslikni, oʻz vaqtida O’simliklar karantini va himoyasi agentligining 1288 ishonch raqamlari orqali murojaat qilishini va hamkorlikda kurash choralarini olib borishga chaqirib qolamiz.

#rasmiy_munosabat #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#chigirtkaga_qarshi_kurash

#voqea_joyidan

🦗 Zararli chigirtkaga qarshi kurashni Agentlikning Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash boshqarmasi va boshqarmaning hududlardagi xizmatlari olib boradi.

Vaziyatni joyida oʻrganish maqsadida boshqarma boshligʻi Bahodir Xudoyqulov boshchiligida ishchi guruh Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani Minjir kengliklarida boʻlib, vaziyatni oʻrgandi va aholi bilan suhbatda boʻldi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Navbatdagi manzil: “Olot” chegara oʻtkazish punkti

✍️ Xabar berib borayotganimizdek, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi boshchiligidagi ishchi guruh “Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonunni ijrosi holatini oʻrganish maqsadida hududlarda boʻlib, joylardagi vaziyatni oʻrganmoqda.

📍 Ishchi guruh tomonidan Buxoro viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi  boshqarmasiga qarashli “Olot” chegara oʻtkazish punkti oʻrganildi.

Eʼtibor markazida boʻlgan masalalar — chegara oʻtkazish punktlarida fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-karantin, bojxona va chegara nazorati tartib tamoyillari boʻlib, aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 20:36:41
Back to Top
HTML Embed Code: