✅ “Rim taʼtillari”: fitosanitar choralar boʻyicha Komissiyaning 18-sessiyasi Oʻzbekiston uchun qanchalik manfaatli boʻldi?
🌱🌱 Rimda
Fitosanitariya choralari boʻyicha komissiyaning 18-sessiyasi davom etmoqda, unda davlatlar delegatsiyalari fitosanitariya sohasida muhim masalalarni muhokama qilib, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi ustidan nazoratni mukammallashtirishga qaratilgan qarorlar qabul qiladilar.
🇺🇿 Oʻzbekiston munozaralarning toʻlaqonli ishtirokchisi sifatida xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlashga intilib, muzokaralarda faol ishtirok etmoqda.
🤝 Fitosanitariya choralari boʻyicha komissiya yigʻilishi doirasida
AQSH, Yaponiya, Filippin, Xitoy, Rossiya, Argentina, Chili, Tailand va Vetnamning fitosanitariya xizmatlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazildi.
🇺🇸 AQSH
✍️ oʻsimlik mahsulotlari eksportida radiatsiyaviy zararsizlantirish usulini fitosanitariya chorasi sifatida tan olishga kelishildi,
✍️ qovun eksporti uchun fitosanitariya ruxsatnomasini olish boʻyicha ish rejasi imzolandi.
✍️ xurmo eksporti uchun fitosanitar seritifikat olish bosqichlarini tezlashtirish masalasi muhokama etildi.
✍️ oʻzbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, zararkunandalar xavfini tahlil qilish boʻyicha maxsus treninglar uchun chet ellik mutaxassislarni jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
🇵🇭 Filippin
✍️ gilos, qovun, anor va quritilgan mevalar eksporti yuzasidan Bayonnoma imzolandi
🇨🇳 Xitoy
✍️ oʻrik, olxoʻri va shaftoli eksportiga ruxsat olish boʻyicha Bayonnoma moddama-modda koʻrib chiqildi va kelishildi
✍️ ikki fitosanitar xizmat oʻrtasida axborot tizimlarini integratsiyasini kuchaytirish maqsadida IT-mutaxassislarini Xitoyga tajriba almashishi boʻyicha kelishuvga erishildi
🇯🇵 Yaponiya
✍️ gilos importi uchun ruxsat olishni tezlashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi
🇨🇱 Chili va 🇦🇷Argentina
✍️ eksportchilar va fermerlar hamda karantin xizmati oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida oʻzbekistonlik tadbirkorlarning Chili va Argentinaga tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi
✍️ Argentinaning SENASA karantin xizmati va Agentlik oʻrtasida oʻsimliklar karantini va ni himoyasi boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida Bitim imzolandi
🇨🇷 Tailand
✍️ gilos eksporti uchun fitosanitar ruxsatnomani rasmiylashtirish masalalarida mutaxassislarni Oʻzbekistonga jalb etishga kelishildi.
🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter