Telegram Web Link
Chigit ekish muddatlarini bilasizmi?

🌲 Mamlakatimizning turli hududlarida iqlim turlicha ekanligini inobatga olgan holda tuproq haroratini inobatga olish muhim.

Chigit ekishga tuproqning 0-10 sm chuqurlikdagi oʻrtacha haroratini inobatga olib
✍️ tukli chigitlarni ekishda oʻrtacha harorat 12-14°S
✍️ tuksizlantirilgan chigit ekishda oʻrtacha harorat 14-16°S daraja boʻlgani maqsadga muvofiq.

🗓 Koʻp yillik maʼlumotlarga asoslangan holda chigit ekish mavsumi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi
janubiy tumanlarida 10-25-aprel, shimoliy tumanlarda 15-30-aprel

Xorazm viloyatida 10-25-aprel

Toshkent va Fargʻona viloyatlarida 5-15-aprel

Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida 1-15-aprel

Namangan va Andijon viloyatlarida 1-15-aprel (plyonka ostiga 20-mart-1-aprel)

Samarqand viloyatida 5-20-aprel

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 1-15-aprel

Qashqadaryo viloyatining janubiy tumanlarida 25-martdan-15-aprelgacha, shimoliy tumanlarida 1-15-aprel

Surxondaryo viloyati janubiy tumanlarida 25-mart-10-aprel, shimoliy tumanlarida 1-15-aprel kunlariga toʻgʻri keladi.

🌱 Chigit ekishni birinchi navbatda tez yetilib qiziydigan yengil, oʻrtacha qumoq maydonlarda, keyin esa ogʻir tuproqlarda oʻtkazish maqsadga muvofiqdir.

Tuproq harorati past boʻlganda ekilgan chigitning bir qismi chirib ketadi va nihollar siyrak oʻsib chiqadi, buni ham inobatga olish zarur.

✔️ Chigit mexanik tarkibi ogʻir, sekin qiziydigan tuproqlarda 3-4 sm, boshqa barcha tuproqlarda 4-5 sm chuqurlikda ekiladi.

👍 Chigit ekishda uning meʼyoriga alohida ahamiyat berish darkor. Tukli chigit gektariga 45-55 kg ekilsa, tuksiz chigitlar 25-30 kg miqdorda ekiladi. Chigit qoʻshqator usulida ekilganda yakka qatorlarga nisbatan 20-25 kg koʻproq urugʻlik sarflanadi. Shu meʼyorlarda ekilgan chigitlar dalada maqbul koʻchat qalinligi hosil qilishni taʼminlaydi.

👉 Paxta va gʻalla haqida koʻproq maʼlumotlarni ferer xoʻjaliklari vakillari uchun Agentlikning maxsus tashkil etilgan “Paxta va gʻalla tavsiya” telegram guruhidan bilib olishingiz, o'zingizni qiziqtirgan savollarga ilmiy asoslangan javob olishingiz mumkin!

#tavsiya #chigit #ekish_mavsumi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Beruniy tumanida chigit ekish boʻyicha seminar oʻtkazildi

📍 Beruniy tumanidagi “Reimbay Yuldashev” fermer xoʻjaligida joriy yilning hosili uchun chigit ekish boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

👫 Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, respublikaning janubiy tumanlari hokimlari, sohaga masʼul tashkilotlar, paxta klasterlari korxonalarining rahbarlari, tegishli vakillar qatnashdi.

💬 Seminarda asosiy eʼtibor kelgusida barakalari hosil olish uchun bugun amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarga qaratildi. Shigit ekishni belgilangan muddatlarda optimal usulda olib borish lozimligi taʻkidlandi. Shu bilan birgalikda chigit ekishda dehqon va fermerlar ahamiyat berishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar boʻyicha tavsiyalar berildi.

🌲 Ta'kidlash lozim, Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha hududlarida chigit ekish ishlari boshlab yuborildi.

#chigit #ekish_mavsumi #seminar #agrotexnik_tadbir

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — Eksport imkoniyatlarini kengaytirish choralari👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Kuzgi va bahorgi bugʻdoy, arpa, javdar va boshqa gʻalladosh ekinlarga zarar keltiradigan Bugʻdoy tripsi (Haplothrips tritici Kurd)

Maʼlumki, Agentlik tizimida 12-martdan 21-aprelgacha boshoqli don ekinlarining zararli organizmlariga qarshi “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilindi. Respublikamizda amalaga oshirilayotgan tadbirlar doirasida boshoqli don zarakunandalari haqida maʼlumot berib borishni davom ettiramiz.

🌾 Bugʻdoy tripsi (Haplothrips tritici Kurd)

✍️ Yetuk zot tripsning boʻyi 1,2 mm- 2,2 mm keladi. Yetuk tripsning tanasi qora yoki toʻq qoʻngʻir tusda boʻladi. Tuxumi och binafsha rangda, choʻziq-oval shaklda 0,5-0,6 mm kattalikda boʻladi. Lichinkasining rangi och qizil tusda boʻlib, tanasi ingichka, moʻylovi yetti boʻgʻimli.

‼️ Lichinkalik davrida oʻsimlik qoldiqlarida, tuproq kesaklari ostida va yer yoriqlarida qishlaydi. Harorat 8°S dan oshgach, lichinkalar uygʻona boshlaydi. Yer satxi turlicha qizishi tufayli bu muddat uzoqqa choʻziladi. Lichinkalar qoʻshimcha oziqlanib, pronimfa va nimfa davrlarini oʻtadi. Voyaga yetgan tripslar aprel boshlarida paydo boʻla boshlaydi. Koʻp yetuk trips paydo boʻlishi may oyining oʻrtalariga, bugʻdoyning boshoqlash davriga toʻgʻri keladi.

✍️ Tripslar boshoqqa yopiriladi va uni sanchib shikastlaydi. Baʼzan tripsning koʻpligidan boshoqlar qora boʻlib koʻrinadi. Shundan soʻng tripslar urchib, boshoq bandiga yoki don qobigʻiga tuxum qoʻyishga kirishadi. Har bir zot jami 25 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumlar 6-8 kun rivojlanadi.

‼️ Gʻalla doni qota boshlab, unda namlik miqdori 35-40% gacha kamaygani trips uchun noqulay sharoit boʻlib, hasharot qishlovga tayyorgarlik koʻradi.

🌿 Bugʻdoy tripsi asosan kuzgi va bahorgi bugʻdoy, arpa, javdar va boshqa gʻalladosh ekinlarga zarar keltiradi. Yetuk tripslar oʻsimlik boshoqlay boshlaganida uchki barg ostida toʻplanishadi va boʻlgʻusi boshoq elementlarini zararlay boshlaydi. Buniig natijasida don qobigʻi rangsizlanadi, boshoq esa buralib oʻsadi. Zararlangan donning sifati biroz oʻzgaradi, hosil kamayadi.

🛡 Kurash choralari:

🗣 Agrotexnik tadbirlar. Yer ustki qatlamini agʻdarish usuli bilan shudgorlash katta ahamiyatga ega. Bunda qishlab qolgan lichinka va yetuk tripslarning 80-90% qirilib ketadi.

💧 Kimyoviy usul. Har bir zararlangan poyada trips yetuk zoti 8-10 ta va undan koʻp boʻlsa kimyoviy usul qoʻllaniladi. Imidakloprid 0.07-0.1 l/ga, Deltametrin 2.5% 0.25 l/ga asosidagi taʼsir etuvchi moddalar oʻsimlikni usuv davrida purkaladi.
Kimyoviy preparatlar xosilni yigʻishga 30 kun qolganda ishlov tugallanadi.

📱 Qoʻllashga ruxsat etilgan kimyoviy preparatlar roʻyxati bilan “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasida (📱 Play market va 📱 App store ) tanishishingiz mumkin.

#tavsiya #trips #chora_tadbir

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Farg'ona" MTRK — Chigit ekishda agrotexnik tadbirlar davom etmoqda👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda bodom mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic #export #bodom

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Dolzarb: chigit ekishda qanday agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladi?

#tavsiya  #agrotexnik_tadbir

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍓Qulupnay fobiyasi: mikroskop ostidagi tekshiruv haqiqatdan yiroq👆

#fake #qulupnay #ekspertiza

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥬 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda aysberg salati mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic #export #aysberg_salati

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 “Nurafshon TV”  — Eksport imkoniyatlarini kengaytirish choralari 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Koʻrgazma va yarmarka tadbirlarida ishtirok etish xarajatlari uchun tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi toifasiga mutanosib ravishda subsidiyalar ajratiladi.

🇺🇿 “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-146-son, 01.04.2024-y.) qabul qilindi

🔴 Unga koʻra, Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida 2024-yilda yuqori daromadli va eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, saralash, quritish, qayta ishlash hamda ularni eksport qilish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan jami 1,5 trillion soʻmgacha boʻlgan miqdorda kredit resurslari yoʻnaltiriladi.

🌍 Mahalliy mahsulotlar stendlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda jozibador lokatsiyalarda joylashtirish uchun ariza kiritish va Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga amalda ajratilgan mablagʻlar hisobidan oldindan 100 foiz toʻlab berish tartibi joriy qilinadi.

💵 Bunda, koʻrgazma va yarmarka tadbirlarida ishtirok etish xarajatlari uchun tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi toifasiga mutanosib ravishda, jumladan “AAA” boʻlganda 100 foiz, “AA” – 95 foiz, “A” – 90 foiz, “VVV” – 85 foiz, “VV” – 75 foiz hamda “V” – 65 foiz miqdorida subsidiyalar ajratiladi.

🗓️ 2024-yil 1-apreldan:

✍️ meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 10 foizidan oshmagan taqdirda muddati oʻtgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qoʻllanmaydi;

✍️ 2026-yil 1-yanvargacha mahallalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib, faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat beriladi.

🤝 Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tegishli davlatda mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish va realizatsiya qilishda savdo agentlari faoliyatini yoʻlga qoʻyadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 06:23:19
Back to Top
HTML Embed Code: