Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan asrash

❄️ Yurtimizga sovuq havo oqimlari kirib kelishi va shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligi sohasida yetishtirilayotgan ekin hamda o‘simliklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan asrash va betalafot o’tish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar:

1. O‘rab qo‘yish: Iloji bo‘lsa, daraxtlar va o‘simliklarni sovuq urishi va qordan himoya qilish uchun maxsus materiallar (mato, plyonka, kraft-qog‘oz, spanbond) bilan yopish tavsiya etiladi. Bu gullaydigan kurtaklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan saqlab qolishga yordam beradi;

2. Ozuqa moddalari bilan sug‘orish: Sovuq havo massasi kirib kelishidan oldin daraxtlar yetarli darajada namlik va ozuqa olgan bo‘lishiga ishonch hosil qilish. Odatda suvga va foydali moddalarga to‘yingan daraxtlar past haroratlarga ko‘proq chidamliroq;

3. Mulchalash: Ekinlar ildiz zonasini maxsus ozuqa moddalar bilan qoplash tuproqdagi issiqlik va namlikni saqlab qolishga yordam beradi, bu esa ildizlarni sovuqdan himoya qiladi;

4. Shikastlangan shoxlarni kesib tashlash: Qor og‘irligi ostida ba'zi shoxlarni sinishi yoki sovuq urishi xavfini kamaytirish uchun qurib qolgan yoki shikastlangan novdalarni kesib tashlash mumkin. So‘ng, kesilgan joyni mis sulfatning suvli eritmasi (1 litr suv uchun 1 choy qoshiq modda) bilan ishlov berish mumkin;

5. Shamoldan himoya qilish: Imkoniyat bo‘lsa, daraxtlar va o‘simliklar atrofida vaqtinchalik shamol to‘siqlarini yaratish. Bu to‘siqlar ekinlarni yelvizaklardan asrashga yordam beradi.

#repost #tavsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — Meva-sabzavotchilik: mahsulotlar eksportbopligini ta’minlash👆

#Karantin_yangilik  #export  #Namangan

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan hududlarda mevali bog‘larda zararli organimzlarga qarshi kurash choralarini olib borish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

📍 Andijon viloyatida dala sharoitida bordo suyuqligini tayyorlash usuli ko‘rsatib berildi.

🌿 Turli zararli organizmlarga qarshi samarali kurash vositasi hisoblangan suyuqlikni tayyorlash texnologiyasi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

#karantin_yangilik #mobil_reportaj

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — 2024-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 3,5 milliard dollarga yetkaziladi👆

#Karantin_yangilik  #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni paytda Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
🦗 “Saksovulzorlarda chigirtkalarning asosiy dominant turlari - ularga qarshi kurashning taktikasi va usullari” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Avval xabar berganimizdek, hududlarda Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan “Kavkaz va Markaziy Osiyoda milliy va mintaqaviy darajada chigirtkalarni nazorat qilishni takomillashtirish” loyihasi doirasida treninglar tashkil etilmoqda.

💬 Vohada faoliyati yuritayotgan mutaxassislar uchun ham Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida tadbir o‘tkazildi. O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlikda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) mutaxassislari zamonaviy kurash choralari, bugungi kunda qo‘llanilayotgan yuqori samarali preparatlar, ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar natijasi bo‘yicha ma’lumot berishdi.

‼️ Mazkur o‘quv seminarlari har bir hududdagi mutaxassislarni qamrab olishi rejalashtirilgan. Bundan oldin nazariy va amaliy qismlardan iborat trening Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi Chigirtka va tut parvonasiga qarshi xizmatlari xodimlari uchun o‘tkazilgan edi.

#chigirtka #FAO #hamkorlik #monitoring

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 06:20:45
Back to Top
HTML Embed Code: