Telegram Web Link
#eksport_dayjest

📢 O'zbekistonning Vengriyadagi elchixonasida shourum ochildi.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish va mahalliy eksportchi korxonalarning jahon bozorlarida salohiyatini namoyish etish maqsadida O'zbekistonning Vengriyadagi echixonasi hududida shourum tashkil etildi.

🛒 Shourumda namoyish etish uchun qadoqlangan, quritilgan, koservalangan meva-sabzovotlar va oziq-ovqat mahsulotlarini yuborish mumkin.

O'z mahsulotlarini namuna sifatida taqdim etish istagida bo’lgan tadbirkorlar quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin :

☎️ +998 71 202 10 00 (ichki raqam 1515)
📞 +99871 202 77 76
☎️ Ma'sul xodim: Nozima Samiyeva

📩 Elektron pochta manzili:
[email protected]

Markaziy eksport shtabi eksportyorlarimizni qo'llab-quvvatlashga tayyor!

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

Qishloq xoʻjaligi subsidiyalariga oʻzgartirishlar kiritildi

🖊 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori (PQ-344-son, 30.09.2024-y.) qabul qilindi.

➡️ 2025-yil 1-yanvardan boshlab intensiv bogʻ va uzumzorlarda tomchilatib sugʻorish tizimlari uchun subsidiya 1 gektar uchun 16 million soʻmdan oshmaydi.

➡️ Suv tejovchi texnologiyalar uchun subsidiya miqdori quvur oʻlchamiga qarab 40 ming soʻmdan 250 ming soʻmgacha belgilanadi.

➡️ “In-vitro” usulida yetishtirilgan mevali koʻchatlar uchun subsidiya xarajatlarning 50 foizini qoplaydi.

➡️ Ekish sxemalari hududlarning tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tavsiyasi asosida belgilanadi.

➡️ Koʻchat payvandtaglari uchun beriladigan barcha subsidiyalar 2024-yil 1-oktyabrdan bekor qilinadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Xorazm viloyatida uzum eksporti davom etmoqda

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eksport_dayjest

Qirg'izistonda 3 turdagi mahsulot importiga qiziqish bildirilmoqda


Qirg'iziston Respublikasining "UMAI GROUP" korxonasi quyidagi yo'nalishlar bo'yicha hamkor izlamoqda:

🍅 issiqxonada yetishtirilgan pomidor;
🥒 issiqxonada yetishtirilgan bodring;
🌶 qizil va yashil yarim achchiq qalampir.

🖋 Hamkorlik qilish istagida bo'lgan korxonalar uchun talablar:
- o'z korxonasi va issiqxonasiga ega bo'lgan korxonalar,
- qayta ishlash va qadoqlash imkoniyatiga ega bo'lgan korxonalar.

✔️ Ma'lumot uchun, "UMAI GROUP" korxonasi Qirg'iz davlatida 300 dan ortiq savdo markazlari hamda do'konlariga ega yirik savdo tarmog'i hisoblanadi.

Murojaat, savol va takliflar uchun:
+99871 202 00 00
+99871 202 77 76
(ichki raqam: 1518)


Mas'ul xodim: Oybek Shonanov

Markaziy eksport shtabi eksportyorlarimizni qo'llab-quvvatlashga tayyor!

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 07:37:54
Back to Top
HTML Embed Code: