Telegram Web Link
“Kapitalbank” ATB: eksport shartnomalarida yangi hamkorlar uchun “akkredetiv” eng maqbul yechim

🔴 Ayni vaqtda Markaziy eksport shtabida yosh mutaxassilar uchun “Kapitalbank” ATB tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘limi rahbari Firuz Maxamatov ishtirokida trening o‘tkazilmoqda.

👫 Maqsad – eksport/import operatsiyalari bo‘yicha yoshlarning bilimlarini oshirishdan iborat. Sababi eksport shtabi mutaxassislari mahalliy tadbirkorlarga yangi hamkorlar topish, eksport hajmini oshirish va shartnomalar tuzishda ham yordamlashadilar.

💬 Muloqotda debitorlik qarzdorlik tushunchasi, “tabiiy zarar”, “oziq-ovqat tizimdagi yo‘qotishlar” haqida ham ma’lumot berildi va bunday holatlarda bank instrumentlaridan foydalanish tartibi tushuntirildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️ Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida o‘tayotgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilari kengashining to‘qqizinchi yillik yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Davlatimiz rahbari Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi mintaqamizda ilk bor o‘tkazilayotganini ta’kidladi:

“Bu nufuzli anjumanning navbatdagi, to‘qqizinchi majlisi uchun aynan O‘zbekiston tanlanganini biz o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan hamkorligimizning yuksak namunasi, deb bilamiz”.

So‘nggi yillarda Yangi O‘zbekiston muhim global va mintaqaviy masalalarni muhokama qilish, ularga samarali yechimlar topish uchun xalqaro muloqot maydoniga aylanib borayotgani qayd etildi.

OBIIning yillik yig‘ilishida ham dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan 2 mingga yaqin vakil qatnashmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌾 🇮🇳 Delegatsiya Sholi tadqiqotlari instituti (Indian Institute of Rice Research)da

O‘zbekiston delegatsiyasi "Indian Institute of Rice Research" (IIRR)ga tashrif buyurib, sholi ekini tadqiqotlari va innovatsion usullar bilan yaqindan tanishdilar. IIRR - Hindistonning guruch yetishtirish borasidagi asosiy tadqiqot markazlaridan biri bo‘lib, u yerda guruchning hosildorligini oshirish, yangi navlarni yaratish va ularni turli kasalliklar va zararkunandalarga chidamliligini ta’minlash borasida keng qamrovli tadqiqotlar olib boriladi.

🖥 IIRR haqida qisqacha ma’lumot:
Indian Institute of Rice Research (IIRR) - Hindistonning Haydarobod shahrida joylashgan bo‘lib, 1965-yilda tashkil etilgan. Institutning asosiy maqsadi - sholi yetishtirishda zamonaviy ilmiy usullarni joriy etish, hosildorlikni oshirish va ekologik xavfsiz qishloq xo‘jaligi usullarini rivojlantirishdir. IIRR Hindiston bo‘ylab va xalqaro miqyosda qator mamlakatlar bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

🔬 Delegatsiyaning asosiy faoliyati:
1. Institut faoliyati bilan tanishuv: Delegatsiya a’zolari IIRR ilmiy xodimlari bilan uchrashib, institutning tadqiqot yutuqlari, yangi yaratilgan guruch navlari, shuningdek, sholining turli kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

2. Ilmiy seminar va ma’ruzalar: Delegatsiya vakillari institutda tashkil etilgan qator ilmiy seminar va ma’ruzalarda ishtirok etishdi. Ushbu tadbirlarda Hindistonda sholi yetishtirish borasidagi ilg‘or texnologiyalar, kasallik va zararkunandalarga qarshi biologik kurash usullari, shuningdek, global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ma’lumot berildi.

3. Ilmiy muloqotlar va tajriba almashish: Delegatsiya vakillari IIRR ilmiy xodimlari bilan sholi yetishtirishda duch kelinayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha qizg‘in muloqotlarda bo‘lishdi. Savol-javoblar davomida o‘zaro tajriba almashildi va O‘zbekiston sharoitida sholi yetishtirish hamda zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurashish uchun mos usullar haqida maslahatlar berildi.

🤝 Kelajakdagi rejalar:
Delegatsiya a’zolari IIRR bilan birgalikda sholining umumiy zararkunandalariga qarshi kurash, jumladan, biologik kurash usullarini joriy etish va turli kasallik va zararkunandalarga chidamli guruch yetishtirish bo‘yicha bir qator ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish va amaliyotda foydalanishga kelishib oldilar.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇪🇺 #BOMCA10 tomonidan navbatdagi texnik ko'mak bosqichi o'tkazildi. Import bo'ladigan mahsulotlarning sanitariya va fitosanitariya nazoratida standart operatsion tartibini (SOP) ishlab chiqishda texnik yordam ko'rsatildi. Tadbirda O'simliklar karantini va himoyasi agentligi vakillari ishtirok etishdi.

🛃 Texnik yordamning maqsadi - Markaziy Osiyo mamlakatlarining sanitariya va fitosanitariya xizmatlari tizimida zamonaviy ish uslublari va boshqa vositalarni takomillashtirishdan iborat. Shuningdek, karantin nazoratini olib boradigan inspektorlar uchun yuklarni amaliy tekshirishda, shuningdek, boshlang‘ich tayyorgarlik jarayonida qo‘llaniladigan umumiy standartlarni ishlab chiqishda ko'maklashish nazarda tutilgan.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/20 10:29:51
Back to Top
HTML Embed Code: