Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Tadbirkorlarni faollikka chorlaymiz!

Faoliyatingiz yuzasidan taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa, 📞 1094 va 1100 qisqa raqamlari orqali 24/7 rejimida ish olib borayotgan “Call-markaz”💬 @taklif_2024_bot hamda 🖥 taklif2024.uz elektron platformasi orqali mavjud masalangizni bayon eting.

🔴 Prezidentning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga juda oz vaqt qoldi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️ Eksport bilan bog’liq muammolarga duch kelayapsizmi?

💬 Muammoli vaziyat yuzaga kelganda kimga murojaat qilishni bilmayapsizmi?

Bozor konyukturasi bilan yaxshi tanish mutaxassis kerakmi?

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti bilan bog’liq barcha savollarga Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev javob beradi.

👨‍👩‍👦 Barcha murojaatchilarga qulaylik yaratish maqsadida uchrashuv online tashkillashtirilmoqda.

💬 Dolazarb masalalar va takliflar yuzasidan ZOOM platformasida 12-avgust kuni soat 11-00 da boshlanadigan uchrashuvda murojaat qilishingiz mumkin.

🖥 https://us06web.zoom.us/j/7587151917?pwd=RjwskSZmx9SaVR9NBzbVZavaJVKfIl.1

Konferensiya identifikatori: 758 715 1917
Kod: 712029090


🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — O'simlik zararkunandalariga qarshi kurashish choralari👆

#Karantin_yangilik  #import

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Logistika muammolari, futzal bo‘yicha musobaqada meva-sabzavotlar ko‘rgazmasi, eksportda transport xarajatlarini qoplab berish: tadbirkorlar bilan muloqotda yana qanday masalalar muhokama etildi?

🔰 Bugun O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksporti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan onlayn-uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda eksport bilan shug‘ullanuvchi ishbilarmonlar mavjud muammolar va ularning yechimi borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

💬 Xususan, eksportbop xurmo mahsulotining muddatidan oldin uzilayotgani, bu esa eksportga sifatsiz mahsulot chiqarilishiga olib kelishi mumkinligi qayd etildi. Bu borada karantin inspektorlari nazoratni kuchaytirib, xom mevalarning eksportiga yo‘l qo‘ymasligiga kelishib olindi.

❄️ Yuk mashinalari, jumladan, ref-konteynerlar sonini oshirishga ko‘maklashish yuzasidan murojaat kelib tushdi. Sababi mavsumda yuk mashinalariga talab keskin ortadi. Muammoga yechim topish maqsadida hamkorlikda ish olib borilishi rejalashtirildi.

🤝 Yana bir og‘riqli muammolardan biri - Rossiya savdo tarmoqlaridan yuk qaytayotgani bo‘lib, masala yuzasidan mamlakatning Rosselxoznadzor tashkiloti, xususiy savdo tarmoqlari bilan alohida muloqot olib boriladi.

🌎 Eksportyorlar tomonidan 2024-yilda mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Futzal bo‘yicha Jahon chempionati doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmalarini tashkil etish taklifi ilgari surildi. Bu O‘zbekistonning salohiyatini namoyish etish imkoni bo‘lib, xorijiy hamkorlarni topish uchun qulay platformalardan biri bo‘lishi ta’kidlandi.

💬 Onlayn-uchrashuv doirasida 30 ga yaqin murojaat tinglanib, har bir masala bo‘yicha tegishli boshqarma boshliqlariga topshiriq berildi va muammolarning yechimi nazorat ostiga olindi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Sirdaryo" MTRK — "Sayxunobod tajribasi"👆

#Karantin_yangilik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍑 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda o'rik mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic  #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G‘o‘za maydonlarida uchraydigan xavfli zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlarini uyushqoqlik bilan amalga oshirilishini tashkil qilish ayni kundagi vazifadir.

🛡 Ushbu tadbirlar bo‘yicha nazoratni o‘rnatish maqsadida g‘o‘za maydonlarida uchraydigan xavfli zararkunandalar (shira, trips, ko‘sak qurti, o‘rgimchakkana, qandala va boshqa) kasalliklar va begona o‘tlarlarga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirish uchun “Dolzarb  40 kunlik” e’lon qilingan edi.

✍️ Buxoro viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Jondor tuman bo‘limi tomonidan tumanda 2024-yil paxta hosili uchun parvarish qilinayotgan 12 ming 177 gektar g‘o‘za maydonlarida fitosanitar nazorati davlat inspektorlari tomonidan zararkunandalarga qarshi qo‘yilgan feromon tutqichlar, dala daftarlarining to‘ldirilishi, g‘o‘za maydonlarining kunlik fitosanitar nazoratdan o‘tkazib, 40 kunlik doirasida joylarda amaliy seminarlar tashkil qilinmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍎 Olma va nokda parsha (qo‘tir) kasalligi: u qanday rivojlanadi, kurash choralari mavjudmi?

⚠️ Meva daraxtlari ushbu kasallikka chalinganda avvalo barglar, mevalar, novdalar, barg bandlari, meva bandi, gulkosa barglari zararlanadi. Bunda ko‘proq katta yoshdagi va qalin ekilgan daraxtlar kuchli, ko‘proq jabr ko‘radi.

🍂 Kasallikning dastlabki belgilari gul yaproqlari yoppasiga to‘kila boshlaganda namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda barglarda yumaloq qo‘ng‘ir dog‘lar duxobasimon to‘q yashil g‘ubor bilan qoplangan bo‘ladi.

🍐 Bu g‘ubor olmada bargning ustida, nokda esa ostida ko‘rinadi. Kasallangan barglar quriydi va to‘kilib ketadi. Mevada qora yoki kulrang qora dog‘ paydo bo‘lib, keyinchalik mevaning yorilishiga va qiyshiq bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ladi.

🌡 Kasallikning tarqalish manbai zamburug‘lar qishlab chiqqan barglar hisoblanadi. Ular ba’zan shoxlarda qishlab qolishi mumkin. Kasallikning rivojlanishi uchun eng qulay harorat 18-20°C bo‘lsa-da, sporalar 2-30°C da o‘sa oladi.

🦠 Sporalar shamol va yomg‘ir tomchilari orqali tarqaladi. Ob-havoning kelishiga qarab sporalarning tarqalishi 60 kungacha cho‘zilishi hamda kasallikning yashirin davri 8-12 kun davom etishi mumkin. Yoz mobaynida zamburug‘ 8-10 avlod beradi.

🌿 Kurash choralari qanday?
✍️ me’yorida sug‘orish;
✍️ zararlangan shoxlarni kesib, yo‘qotish;
✍️ kuzda to‘kilgan barglarni chuqur ko‘milishini ta’minlash;
✍️ kuzda barg to‘kilishidan so‘ng va bahorda kurtak yozishdan oldin 1°C li ohak-oltingugurt qaynatmasi purkash.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/05 23:34:05
Back to Top
HTML Embed Code: