Telegram Web Link
🪱 Entomopatogen nematodlar: innovatsion himoya vositasi

Entomopatogen nematodalar, xususan Steinernema feltiae va Steinernema carpocapsae kabi turlari, zararkunandalarga qarshi samarali kurash vositasi hisoblanadi. Nematodalar zararkunandalarning tanasiga kirib, ularni tezda nobud qiladi.

✍️ Ushbu nematodalar ko’sak qurti, kuzgi tunlam, simqurtlar, meva pashshalari va trips kabi zararkunandalarga qarshi samarali kurashadi.

🌿 Biologik kurash usullari kimyoviy pestitsidlarga qaraganda atrof-muhitga zarar yetkazmaydi.
🌱 Entomopatogen nematodalar o‘simliklar uchun zararsiz bo‘lib, faqat zararkunandalarni yo‘q qiladi.
♻️ Biologik kurash usullari uzoq muddatda barqaror qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga yordam beradi.
💰 Nematodalar uzoq muddatli va arzon narxlarda samarali himoya vositasi hisoblanadi.

✍️ 1 gektar maydonga 100 mln. ta nematoda qo‘llaniladi. Entomopatogen nematodlar suvli suspenziya holida dala va bog‘larga purkash yo‘li bilan qo‘llaniladi.

Eng samarali davr zararkunandalarning aktiv bo‘lgan vaqti, odatda kechqurun yoki tongda qo‘llash tavsiya etiladi. Nematodlar uchun optimal sharoitlar tuproqning namligi va haroratiga bog‘liq. Nematodlar namlikni yaxshi ko‘radi, shuning uchun purkashdan keyin yer maydonlarini suv bilan sug‘orish tavsiya etiladi. Eng yaxshi natijalar +20°C dan +30°C gacha bo‘lgan haroratda kuzatiladi.

🟠 Har bir ekin turi uchun aniq dozalar va qo‘llash texnikasi mavjud bo’lib, profilaktika va IZMM dan past bo’lganida 1 gektar maydonga 100 mln. tadan 500 mln. tagacha foydali nematodalar, bir mavsumda 3 martadan 5 martagacha tarqatiladi.

🔴 Kuchli zararlangan hududlarda esa 1 gektar maydonga 500 mln. dan 1 mlrd. gacha miqdorda bir hafta farqi bilan 3 martadan 10 martagacha qo’llash tavsiya qilinadi.

🇺🇿 Mahalliy entomopatogen nematodalar xorijiy kompaniyalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga nisbatan yanada samarali va arzon hisoblanadi.

📌 Entomopatogen nematodalarning onalik mahsulotini O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutidan olishingiz mumkin:
📍Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy,
📞+99871 260-48-53, +99833 136-11-77

👆Bu tavsiyalar nafaqat ekinlarni hosildorligini oshiradi, balki atrof-muhitni ham himoya qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 7-avgust kuni Latviyalik ekspertlar Lauris Leytans va Ayga Mitre ishtirokida O'simliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy tuman bo'limlari boshliqlari va davlat inspektorlari malakasini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

❤️ Seminarda:

🌲 tuproq unumdorligi haqida ma'lumotlarni yig'ish va tuproqni agrokimyoviy tahlil qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

✍️ tuproq qatlamlaridan namunalar olish, monitoring qilish;

🌿 kimyoviy vositalar bozori aylanmasini nazorat qilish, mineral o'g'itlardan o'rnatilgan tartibda namunalar olish, ekspertiza natijalarini baholash yuzasidan ma'ruzalar tinglandi.

📌 Ma'lumot ushun ushbu seminar "O'zbekiston mahsulotlari eksportini ko'paytirish uchun fitosanitariya tizimini takomillashtirish" loyihasi doirasida tashkil etilgan bo'lib, loyiha davomida o'simliklar himoyasi, tuproq va o'g'itlar tahliliga oid chora-tadbirlar, xususan, tajriba almashish uchun Latviyalik ekspertlarning O'zbekistonga hamda O'zbekistonlik mutaxassislarning Latviyaga tashrifi ko'zda tutilgan.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida g'o'za maydonlarida "Dolzarb 40 kunlik" bo'yicha ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

🌱 Seminarda 2024-yil g'o'za maydonlarida olib borilishi kerak bo'lgan agrotexnik tadbirlar, kimyoviy mahsulotlarni o'z vaqtida sifatli qo'llash va shu kabi dolzarb masalalar bo'yicha zarur hamda kerakli tavsiyalar berib o'tildi.

👫 Tadbirda tuman qishloq xo'jaligi vakillari, O'simliklar karantini va himoyasi hodimlari, fermer xo'jalik rahbar va ish boshqaruvchilari ishtirok etishdi.

#dolzarb_40_kunlik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 17:39:13
Back to Top
HTML Embed Code: